O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘rТA MAXSUS, KASb-HUNAR ТA’LIMI MARKAZI
A. NURMONOV, N. MAHMUDOV,
A. SOBIROV, SH. YUSUPOVA
HOZIRGI O‘ZBEK
ADABIY ТILI
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining
3-bosqich talabalari uchun darslik
Qayta ishlangan, to‘ldirilgan uchinchi nashri
TOSHKENT – «ILM ZIYO» – 2010
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: M. Saidxonov — filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
O. Tojiyev — filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
SO‘ZBOSHI
Aziz o‘quvchilar!
Obod va ozod yurtimizning ertangi kuni, suyangan tog‘i, ishonchi sanalgan baxtiyor yoshlar!
Bu yil ilm o‘rganish, ma’naviy yetuk va barkamol avlod bo‘lib millatimizni dunyoga tanitish yo‘lidagi ikki davonni bosib o‘tib, uchinchi davonni egallash taraddudida turibsizlar.
Sizga ma’lumki, olamni bilish, bilimdon va raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishda barcha fanlarning o‘z o‘rni bor, lekin bu borada ona tili Sizning hayotingizda alohida ahamiyat kasb etadi, chunki «jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir, o‘z tilini yo‘qotgan har qanday millatning o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrardir».
Shu bois, Siz ona tilining barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz, uning kamalakdek serjilo jozibasidan rohatlanishingiz tabiiy va ayni chog‘da, ona tilimizning go‘zal ifodalarini ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrash, uning sha’ni uchun hamisha kurashishga burchli ekanligingizni sira unutmang.
Siz 1-va 2-bosqichlarda o‘zbek tilshunosligining fonetika, grafika, punktuatsiya, leksikologiya, leksikografiya, morfologiya va uslubiyat kabi bo‘limlari bilan tanishdingiz. Ular haqida Sizda muayyan bilim va ko‘nikmalar paydo bo‘ldi.
3-bosqichda so‘zlarning bir-biriga bog‘lanish usullari, so‘z birikmasi, gap va uning qurilishi, gap bo‘laklari, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap kabilar haqida bilim va ko‘nikmalar olasiz, ularning ishlatilish o‘rinlari, uslubiyati bilan yaqindan tanishasiz. Shuningdek, bu bosqichda matn va uning turlari, matn tuzish yo‘llari haqida ham tushunchalar hosil qilasiz.
Ilm o‘rganish va uni o‘zlashtirish yo‘lida sizlarga faqat omad tilaymiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |