O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 231,24 Kb.
bet91/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Eslab qoling. His-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gap deyiladi.


Juda muhim. His-hayajon (undov) gaplarda kesim ko‘­pincha gapning oldida keladi, tarkibida ko‘pincha eh, oh, singari undov so‘zlari ishtirok etadi va kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi. Shuning uchun yozuvda undov gapdan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi.

Agar his-hayajon so‘roq gapga qo‘shilib, uni undov gapga aylantirsa, avval so‘roq belgisi, undan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. Masalan, Qo‘shiqdan kim bahra olmaydi?!


O‘ylang: His-hayajon gaplar his-hayajonsiz gaplardan qanday belgilari bilan farq qiladi?
Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, uni undov gaplarga aylantiring.


Har gapga kulma,
Ota so‘zin bo‘lma.


168-mashq. Quyida berilgan she’riy parcha asosida his-hayajon gaplarni qatnashtirib matn tuzing.


Uch balodin saqlasin:
Charxi balokash bo‘lmasin,
Do‘st mehrsiz, dardsiz ulfat,
Yor jafogar bo‘lmasin. (E. Vohidov)


169-mashq. His-hayajon gaplarni ko‘chirib yozing. Bu gaplarning ohang va mazmuniga e’tibor bering. Har bir gapning hissiy bo‘yog‘i va uslubiy ahamiyatini ayting.


Shukronalik

Тong... Oppoq, nafis va beg‘ubor tong yorishib kelayotir! Quyosh o‘zining zarrin nurlari ila hayot davomiyligini aks etayotgandek ko‘rinadi. Ko‘zlarimni quyosh jilvalariga qadayman. Quloqlarim esa beixtiyor tabiatni, tong musiqasini tinglashga shay. Ko‘hna bu ochunning jamoliga boqib to‘y­mayman! Atrofga yoqimli bo‘y taratayotgan turfa gullarda go‘zallik mujassam.


Darvoqe, bulbulni tonggacha bedor kuylashga majbur etgan mana shu go‘zallik emasmi?! Gullar — yurakning surati. U qalblarni yashnatadi.
Onaginam tabiat! Bunchalar go‘zalsan! Sening osudaligingni, musaffo osmoningni, tongingni, uning ezgu nurlarini sevaman. Kichkintoy ukajonim biyron tili bilan bildirlaydi.
— Opajon, meni bog‘ga olib boying, gullay yonida yasimga tushamiz-a?
Ha, shu murg‘akkina go‘dakka ham ezgulikni sevishni sen hadya etgansan, borlig‘im!
Men qo‘limga shukronalik ila qalam ushladim. Zero, osudaliging boqiy bo‘lsin! Bog‘larda, chamanlarda bolajonlar kulgusi yang­ramoqda. Munisa, pari buvijonlar ularning bo‘ylaridan o‘rgil­moqdalar. Shularning umri uchun sen doim keraksan, Ona za­minim!
(Hamrobonu)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish