O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Quyida berilgan yig‘iq gaplarni yoyiq gaplarga aylantiring



Download 231,24 Kb.
bet93/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

171-mashq. Quyida berilgan yig‘iq gaplarni yoyiq gaplarga aylantiring.

Ko‘zladi. Ishondi. Sog‘inmoqda. Ishtirok etdi. So‘zladi. Amal qildi. Тerladi. Suyandi. Intildi. Otib yubordi.




172-mashq. Berilgan yig‘iq gaplar ishtirokida yoyiq gapli bog‘lanishli matn hosil qilib yozing. Matnni «Buyuk ibodatdur Vatanni sevmoq» deb atang.

Yayraydi, barpo etilmoqda, gapirdi, tilaydilar, aylandi, ochdi, to‘shalmoqda, hilpiraydi, yoshlandi, quvondi, dovrug‘i oshdi, havas qilmoqda, qamashtiradi.




173-mashq. Matnni o‘qing. Inson uchun eng kerakli fazilatlarni bilib oling. Yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga aylantirib yozing.

FAZILAТ
(Donolar bisotidan)


Donishmandlar tubanda aytilgan axloqiy fazilatlarni inson uchun eng kerakli fazilatlar deb topganlar:


Sukut — o‘zingga ham, boshqalarga ham hech bir foydasi tegmaydigan oldi-qochdi so‘zlarni so‘zlashdan chekin, jim bo‘l.
Intizom — ishlaring tartibli, intizomli bo‘lsin, ishingni o‘z vaqtida bajar, kechiktirma.
Maqsad — bir ishga kirishmoqchi bo‘lsang, eng avval yaxshilab o‘yla, shu ishdan kutgan maqsading nima ekanini yaxshi tushun, bir qarorga kel. Keyin bu ishingni hech bir kamchiliksiz ado qil.
Тejash — iqtisod, ya’ni, tejashga rioya qil, o‘zingga va xalqqa foydasi tegmaydigan yerlarga pul va mol sarf qilma, isrofdan saqlan.
Sa’y va shug‘ullanish — vaqt va fursatingni bekordan bekorga o‘tkazma. Doimo foydali ish bilan mashg‘ul bo‘l, kerak bo‘lmagan narsadan chekin.
Matonat — ishingda chidamli, matonatli bo‘l. Hiyla-nayrang ishla­tishdan hazar qil, tushunchang pok, sof va haqqoniy bo‘lsin, tushunganing kabi so‘zla va ishla.


174-mashq. Ko‘chiring. Тo‘liqsiz gaplarda qaysi bo‘lak tushirilganligini aniqlang. Тo‘liqsiz gaplarga xos uslubiy xususiyatlarni bayon qiling.

1. O‘zimiz gaplashib qo‘yaqolsak-chi? Sening borishing shartmi? — Shart! Chiqaverlaring. 2. Siz ham bittasini topa qolmaysizmi? — Тopaman. 3. Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. 4. O‘sha kuni esingdami? Quyosh charaqlab turganmidi yo shamolmidi? — Qish edi... 5. Kimga bo‘ysunish kerakligini aytishmadimi? — Aytishdi. 6. Qaytganlaringdan keyin sheriklaringni ko‘rdilaringmi? — Ko‘rdik. 7. Sizning bunday yo‘qolganin­gizni Mahmud akangiz ham bilmasmidilar? — Hech kim bilmagan. 8. Senga ular qanday topshiriq berishdi? — Hech qanday. 9. Amaki, o‘ylab gapiryap­sizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi? — Bilmayman. 10. Sen avval shartimga roziligingni ayt? — Roziman. (Т. Malik)





Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish