O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Buyruq gaplar qanday ma’no angla­tayotganini ayting



Download 231,24 Kb.
bet87/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

160-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Buyruq gaplar qanday ma’no angla­tayotganini ayting.

1. Moziy va istiqbolga munosib bo‘lish uchun, keling, Siz ham mana shu tabarruk ayyomlarning totini teran his qilib shuk­ro­nalik bilan hayot kechiraylik. 2. Ey Navoiy, boda birlan xurram et ko‘ngil uyin... (A. Navoiy) 3. Olamning farzandi bo‘lmish har bir odam ixtiyorsiz ravishda o‘z ulug‘ volidasiga taqlid qilib yashasin. 4. Тadbirlarga ko‘ra, harbiy qismlarda jangchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari uyushtirilsin. 5. Opaning ko‘z­lariga yana bir bora boq, horg‘inligiga e’tibor ber. 6. Bu gaplarimni ukangga aslo ayta ko‘rma. 7. Yer yuzini munavvar etaylik. 8. Тabarruk boshingiz doimo omon bo‘lsin. 9. Siz o‘g‘limga ozor bermang. (Gazetadan)




161-mashq. Rasm asosida «Bolalar — bizning kelajagimiz» mavzusida matn tuzing. Unda buyruq-so‘roq, darak-so‘roq mazmunini ifodalovchi gaplarga misol­lar topib yozing.
162-mashq. Darak, so‘roq va buyruq gaplarga xos turli uslubiy bo‘­yoqni aniqlang. Bunday gaplarning nutqda qo‘llanishini tushuntiring.

1. Nega? Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysanmi? Dadam ishdan kech keldi, oyim betob yotipti degin! 2. Qo‘ysangiz-chi! Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman. Mening borishimdan nima foyda? Foyda bo‘lmasa ziyon ham yo‘q-ku! 3. Urush boshlangan haftalari allanima degan shahardan xat kelgan edi, o‘shandan beri... 4. Shaytonning gapiga kirib yengillik qilish kerak emas. 5. Тuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r, deyishadi. 6. Sen shunaqa qilib o‘tirsang, yosh-yalanglar nima qiladi? Xudo ko‘rsatmasin, biron xunuk xabar kelganda ham sen yosh-yalanglarni bosishing kerak. 7. Kampir sochini yulib yig‘iga tushdi. Chol sira eplay olmadi. 8. Hali shunaqa xat kelganmi? Obbo!... 9. Тanidim. Faqat ko‘zingdan tanidim-a?! 10. Ha, nima qilib yuribsiz? Chiroqni ko‘tarsangiz-chi!?


163-mashq. Matnni o‘qing. Darak, so‘roq, istak va buyruq gaplarga xos turli uslubiy bo‘yoqni aniqlang.

ONA HAQIDA


Ey farzand, qara, agar kishi qo‘lida arzimas yukni biror soat ko‘tarib tursa, qanchalik qiynaladi. Endi esa, tasavvur qil, agar u shu yukni to‘qqiz soat ko‘tarib yursa nima bo‘ladi?! Agar to‘qqiz kun ko‘tarib yursa-chi? Shundan xulosa chiqarib olaverki, seni onang to‘qqiz soat yoki to‘qqiz kun emas, to‘qqiz oy ko‘tarib yurgan.


Agar sen go‘daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot kechir­ganini, o‘zingning esa osmon bilan yerning farqini bilmay­digan bir chaqaloq bo‘lganingni bilishni istasang, atrofingdagi onalarga qara, ularning qo‘llaridagi chaqaloqlarga nazar sol, shunda o‘z go‘dakligingni yorqin tasavvur qilasan, bundan esa o‘zingga yarasha xulosa chiqarib olasan.
Aqlli, ziyrak, zehnli har bir farzand onaning haq-huquqini joyi­ga qo‘yadi, qo‘lidan qanday yaxshiliklar kelsa, onasi uchun ado qiladi, rizoligi yo‘lida esa barcha imkoniyatini ishga soladi. Hech bir narsada onaning jahlini chiqarmaydi, onaning quvvati yetmaydigan narsalarni talab qilmaydi.
Onaning shafqatiga jafo bilan, mehribonligi evaziga xafa qilish bilan javob qaytaruvchi farzand naqadar razil farzand! Ona aytganlariga quloq solmaydigan, buyurganining aksini qiladigan, har bir ishda onaning jig‘iga tegadigan farzandni ota yomon ko‘rishidan tashqari, odamlar ham yomon ko‘rishi, shubhasizdir.
Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog‘i bilan eshitishi, to‘g‘ri yo‘lga targ‘ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyurganda shu buyurilgan ishda xatolik borligini bilsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko‘n­dirishi lozim.
(Abdulqodir Nuriy al-Barzanjiy)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish