O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Ko‘chiring. Kirish so‘zlarni toping. Ular qaysi uslubda ko‘proq qo‘llanilishini ayting



Download 231,24 Kb.
bet80/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

150-mashq. Ko‘chiring. Kirish so‘zlarni toping. Ular qaysi uslubda ko‘proq qo‘llanilishini ayting.

1. Modomiki, siz halokatdan gap ochibsiz, yuqoridagi muloha­zalarimiz uchun e’tirozga o‘rin qolmaydi. 2. Demak, yashash ma’nosining zamirida xalq xizmatini qilish, Vatanni sharaflash burchi ham bor. 3. Ajabo, armonga yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘lgan holda bu azobni, bu gumrohlikni nechun o‘zingizga ravo ko‘rdingiz. 4. Тavba, shunchalik bag‘ritosh, bemehr, bemuruvvat bola bo‘ladimi! 5. Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham bo‘ldik avval, lekin satqayi gazeta ketsin senga, deb yozmadik. 6. Hayotning eng og‘ir, eng shafqatsiz kunlarida ham yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, o‘zini mehnatga urdi. 7. Qisqasi, yaxshi onaning pesha­nasi­da ne xil baxt bo‘lsa, hammasi Saodat buvida mo‘l-ko‘l. 8. Bu so‘zdan hamma qari­lar aqlli-yu, hamma yoshlar nodon ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak! Aslo! Yoshlar orasida ham aql-hushi joyida, ziyrak, tadbirkorlari ko‘p. 9. Xo‘p, bugungi gapim tamom qizim. 10. Aksincha, dami ichiga tushib ketgan odamday churq etmay, hatto, nafas ham olmayotganday o‘tirib qolar edi.


(M.Ismoiliy)


151-mashq. «Nutq madaniyati» haqida bahs yuriting. Kirish so‘zlardan foydalaning.


25-dars. KIRIТMALAR VA ULARNING
USLUBIY XOSSALARI


Darsning maqsadi: Kiritmalardan yozma nutq jarayonida o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.


R E J A:

1. Kiritma haqida ma’lumot.


2. Kiritmalarda tinish belgilarining qo‘llanilishi.


1-topshiriq. Quyidagi matndan qavs ichiga olingan qism­ning ohangi va ma’nosiga e’tibor bering. Gapning asosiy qismi bilan qanday ma’no munosabati borligini ayting.


Biz (bu safar menga Maktuba ham hamroh bo‘ldi) qishloqqa ertasiga kechqurun bordik. (O. Yoqubov)
Nutq jarayonida so‘zlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot bergisi kelishi mumkin. Ana shu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapning asosiy qismidan to‘xtam va pastroq ohang bilan talaffuz qilinadi.
Masalan, Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimay­digan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. (O‘. Umarbekov)
Yuqoridagi gapda asosiy axborot uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi. Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam yo‘q qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo‘lagi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lu­motni ifodalaydi.


Juda muhim. Bu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma’nosiga ziyon yetmaydi. Qo‘shimcha ma’lumot beruvchi qism gapning asosiy qismlaridan past ohang bilan ajralib turibdi.


Eslab qoling. Gapning asosiy mazmuniga qo‘shimcha axborot qo‘shuvchi va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritmalar deyiladi.
Kiritmalar asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo‘­shim­cha ma’lumot berganligi uchun, asosan, gap o‘rtasida keladi va yozuvda doimo gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.

Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish