O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 231,24 Kb.
bet54/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

104-mashq. She’rni ifodali o‘qing. Uni og‘zaki nasriy bayon qiling. Sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarni topib, qaratqichni qaralmish bilan, sifatlovchini sifatlanmish bilan birga ko‘chirib yozing.

KO‘KLAM KELADIR!

Ko‘klamoyim yo‘lga chiqqan. Ko‘klamoyim qo‘zg‘algan,
Ko‘k ko‘ylakning bitishiga, uncha ko‘p ham qolmagan!

Тiniq havo... ko‘k yuzinda oppoq, harir pardadek


Oq bulutlar, unda-munda yopilganlar parishon.

Shu’lalarning aksi bilan, yiltillagan, yongandek,


Kun tig‘lari, qarashlarga o‘tkir-o‘tkir sanchilgan...

Qip-yalong‘och daraxtlar ham quchoq ochib, ko‘z tutib,


Ko‘k ko‘ylakning bitishini chidamasdan kutalar.

Qarg‘alar ham qishda qilgan gunohlarni unutib,


Uzr aytmasdan, indamasdan uchib-uchib ketalar.

Sezgilarni uyg‘otuvchi hidli gullar to‘planib:


«Biz ham yo‘lga chiqdik!» deya yuborganlar bir chopar.

Gul hididan rizq emguvchi jonivorlar uyg‘onib,


Erta-indin bog‘chalarga, chamanlarga oralar.
Ko‘klamoyning ipak ko‘ylak etaklari sudralib,
Qora yerning boshlarini silab-siypab keladir.

U silashdan, u siypashdan quvvat olib, kuch olib,


Qora yer ham ko‘ksidagi oltinlarni beradir.

Ko‘klam bilan yurtimga ham bir ko‘karish keladir,


Ko‘ngillar ham havolardek ko‘klam hidi beradir,

Dillarga ham havolardek ko‘klam ruhi kiradir!..


(Abdulhamid Cho‘lpon)


Izohlovchi aniqlovchi


1-topshiriq. Quyidagi atoqli otlarga kasb, unvon, amal bildiruvchi so‘zlarni qo‘shib gap ichida keltiring. Erkin Vohidov, Pirimqul Qodirov, Jo‘ra.

Ayrim otlar, hatto atoqli otlar ham ba’zan bir necha shaxslarni ifodalashi mumkin. Bunday vaqtda ko‘pincha qaysi Ahmad, qaysi Karim singari so‘roqlar yordamida gap kim haqida ketayotganligini aniqlash­ti­rib olamiz. Ana shu vaqtlarda izohlovchilarga ehtiyoj tug‘iladi.



Esda saqlang. Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlay­di­gan bo‘lakka izohlovchi aniqlovchi deyiladi.

Masalan, akademik Habib Abdullayev, Jo‘ra soatsoz, dutorchi qizlar kabi.



Esda saqlang. Izohlovchi bog‘langan hokim bo‘lak izohlan­mish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlov­chili birikma sanaladi.

Izohlovchi-izohlanmish munosabati sifatlovchi-sifatlanmish munosa­batiga o‘xshaydi, lekin ular qanday so‘zlar bilan ifodalanishi bilan farq qiladi. Sifatlovchi-sifatlanmish munosabatida sifatlovchi, asosan, sifat va sifatlashgan so‘zlardan ifodalanadi. Sifat+ot ko‘rinishida bo‘ladi. Solishtiring: qizil gul (sifatlovchi-sifatlanmish); professor G‘ozi Olim Yunusov (izohlovchi-izohlanmish).


Izohlovchi taxallus va o‘xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasiga tire qo‘yiladi. Masalan, Erk kuychisi — Abdulhamid Cho‘lpon she’rlarini sevib o‘qiyman.


Hayotning poyonsiz ummoni ichra
Bor shunday g‘ariblar — temirlar hissiz. (A. Oripov)


O‘ylang: Qaratqich bilan qaralmishning, sifatlovchi bilan sifatlanmish­ning, izohlovchi bilan izohlan­mishning o‘xshash va farqli tomonlari bormi?

Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish