118-mashq. She’rni o‘qing, uyushiq bo‘laklarni aniqlang va ularning qanday bog‘lovchilar yordamida bog‘langanini ayting.
Zidlov bog‘lovchilar
Siz katta kemada so‘zsiz, ammo
Sizning kemangizdan qayig‘im avlo.
Siz uchqur buroqda uchyapsiz, lekin
Men manzilga yayov boraman sekin.
Siz eng tekis yo‘ldan kelasiz, biroq
Sizning yo‘lingizdan so‘qmoq yaxshidir.
(Salim Ashur)
119-mashq. Uyushiq bo‘lakli hollarni ko‘chirib yozing.
1. U ko‘chadan kiyimlari yirtilib, titilib kirdi. 2. Bu gapni eshitgach, da’vogarlar bir-birlariga mo‘ltillab, javdirab qarab qolishdi. 3. Bola qo‘rqib, chinqirib uyg‘ondi. 4. Maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda. 5. Yosh yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o‘z o‘rnini topolmaslik holatlari ularning jamiyatda o‘z qadrini yo‘qotishga olib keladi. 6. Shahar ko‘chalarida, bog‘larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. 7. Adang ham, men ham yana o‘n yil yashaymizmi, yuz yilmi, baribir bir kuni o‘tamiz. 8. Jamiyatning moddiy hayoti qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo‘lsa, u ma’naviy madaniyatning boy, sermazmun bo‘lishiga shu darajada ta’sir qiladi. 9. Milliy qadriyatlarimizning mazmuni va mohiyatini chuqur, batafsil o‘rganishga harakat qilaylik. 10. Roziya buvi inqillab, sinqillab, bir amallab yetib keldi. (Gazetadan)
120-mashq. Prezidentimiz asarlaridan olingan gaplarni ko‘chirib yozing. Uyushiq bo‘laklar orasiga zarur o‘rinlarda vergul qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Тeng bog‘lovchilarning tagiga chizing, qanday bo‘laklar uyushib kelganligini ayting.
1. Bu mintaqa jo‘shqin va sobitqadam rivojlanadi. 2. Markaziy Osiyo mintaqasida siyosiy, iqtisodiy, harbiy transportga va ekologiyaga oid muammolar to‘planib qolgan. 3. Afg‘onistondagi qarama-qarshilikning dunyo miqyosida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini cheklashga va tarqatmaslikka bugungi kunda hammamizning ham aql-idrokimiz, tajribamiz va qat’iyatimiz yetadimi? 4. Fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini anglashimiz lozim. 5. Hozirgi vaqtda milliy va boshqa ijtimoiy harakatlar, shu jumladan, yoshlar harakati madaniy, diniy harakatlar qayta jonlanmoqda. 6. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma’naviy uyg‘onishning yana bir davlatning mudofaa qobiliyati uning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlaridan tarkib topadi.
(I.A. Karimov. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobidan)
121-mashq. Siz ham yuqoridagiga o‘xshash asarlardan uyushiq bo‘lakli hollar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib yozing. Ular qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |