122-mashq. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zdan keyin boshqa so‘zlar keltirib, uyushiq bo‘lakli gaplar tuzing, tinish belgilarini qo‘yib yozing.
1. Onasi Hasanni qo‘llaridan o‘pdi. 2. Ular och edilar. 3. Nasrullohning o‘ziga yarasha orzulari bor edi. 4. Bibi Hokimjonga beparvo qarardi. 5. Rustamning tog‘asi jiyanini yedirdi. 6. Majlisga olimlar jam bo‘lishdi. 7. U hayotini sarbadorlar e’tiqodi bilan bog‘lagan. 8. Usta kulol kabi idishlarni mehr bilan parvarishlardi. 9. Nozima ukasini urishdi... 10. Umrining so‘nggi yillarini Samarqandda o‘tkazdi. 11. Hovlilarni suv sepib supurdi.
123-mashq. Akademik G‘. Abdurahmonov haqida berilgan matnni o‘qing. Olimning o‘zbek ilm-faniga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuriting.
G‘. ABDURAHMONOV
(1925)
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi G‘anijon Abdurahmonov o‘zining butun ongli faoliyatini o‘zbek tilshunosligining ravnaqi uchun sarfladi.
1951-yili «O‘zbek tilida sifatlar substantivatsiyasi» mavzusi bo‘yicha nomzodlik, 1960-yili «O‘zbek tilida qo‘shma gap sintaksisi asoslari» mavzusi bo‘yicha doktorlik ishlarini himoya qildi.
G‘anijon Abdurahmonov oliy va o‘rta maktablarda til ta’limini o‘qitish borasida samarali mehnat qildi.
Uning oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili, II qism, Sintaksis», «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» (prof. Sh.Shukurov bilan hamkorlikda), «Qadimgi turkiy til» (akad. A.Rustamov bilan hamkorlikda), o‘rta maktablar uchun yaratilgan «Ona tili» darsliklari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
124-mashq. Ko‘chiring. Uyushgan kesimlarni aniqlang.
1. Bu safar qizlar uzoq kulishdi, chug‘urlashdi, tortishishdi. 2. Saodat buvi qizlarning gapidan iztirob chekdi, kuyindi, baribir bo‘lmadi. 3. Oraga sovuq jimlik va sukunat cho‘kdi. 4. Uning kulgusi ham o‘ziga o‘xshash shiringina edi, qonib, yoyilib kuldi. 5. Senga yalinaman, yolvoraman, meni tashlab ketma! 6. Odina kuyladi, jo‘shqin she’rlar aytdi va yana o‘ynadi. 7. Bu gaplarni senga aytmayman, eshittirmayman, toqatim, bardoshlarim tugagan, adoyi tamom bo‘lgan. 8. Qalbingizga toshqinlarning g‘uborlari qo‘nmasin, gard yuqmasin. 9. Mehri qo‘shnisini hech qachon sevmagan, yaxshi ko‘rmagan. 10. Bu gaplarimdan cho‘chimang, qo‘rqmang, hali boshingizda ne savdolar bordir. 11. Xudoyqul otasini bu dunyodan yulib ketgan o‘sha qora kechada xotinlarning uvvos tortgan ovozlaridan cho‘chib uyg‘ondi, ko‘zini ochdi. (Gazetadan)
125-mashq. 2 guruhga navbat bilan bo‘lining. 1-guruhdagi har bir talaba kesim ishtirok etgan gaplar aytadi, 2-guruh talabalari esa ular aytgan kesimdan uyushiq bo‘laklar hosil qiladilar.
Namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |