145
sabatlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy-huquqiy
masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Davlat ish beruvchilar va ishchilar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga mehnat qonunchiligi orqali ta’sir
ko‘rsatadi.
Jahonning deyarli barcha mamlakatlarida bosh masala ishsizlik,
undan aholini ijtimoiy muhofaza qilish,
ishchilarning mehnat
sharoitlarini yaxshilash va ish haqini oshirish bilan bog‘liq muam-
molari hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda ishchilar, asosan,
o‘z kasaba uyushmalari orqali harakat qilishadi. Kasaba uyush-
malari ishchilar nomidan ish beruvchilar va hukumat idoralari bilan
muzokaralar olib borib, shartnomalar tuzish yo‘llari
orqali ish
haqlarini oshirish hamda ish sharoitlarini yaxshilashga erishadilar.
Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning eng qulay usuli
sifatida mehnatga bo‘lgan talabni kengaytirish deb qaraydilar. Chunki
ish kuchiga talabning ortishi natijasida ish beruvchilar ish haqi
stavkasini oshirishga majbur bo‘ladilar. Ish kuchiga talab esa ish
o‘rinlarining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Shuning uchun kasaba
uyushmalari davlat miqyosida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va
ishchilarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash talabini qo‘yadilar.
Ularning bu talablari esa bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li
bilan amalga oshishi mumkin. Jumladan, eng avvalo, ishlab chiqa-
riladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar turini ko‘paytirish,
mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir.
Kasaba uyushmalari ish haqi stavkasini oshirishning asosiy yo‘li
sifatida ishchi kuchi taklifini kamaytirishdir, deb hisoblaydilar va
buning uchun immigratsiyani cheklash,
bolalar mehnatidan
foydalanishni cheklash, pensiya yoshini va ish haftasini qisqartirish
kerak deb biladilar. Bundan tashqari, kasaba uyushmalari ishchi kuchi
taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish siyosati orqali, jumladan,
ishchilarni o‘qitish orqali ularning malakalarini oshirish bilan ishchi
kuchi taklifini qisqartirish, oxir-oqibatda bu ish haqi stavkasining
ortishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozoriga davlatning
ijtimoiy dasturlar orqali ta’siri ham muhim ahamiyatga ega, chunki
aholining kam ta’minlangan qismiga yordam, ishsizlik bo‘yicha
nafaqa va boshqa har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti kabilar
ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Davlatning ish kuchi bozoridagi mehnat
birjalari va boshqa turli yo‘llar orqali vositachilik roli ham mehnat
munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yangi
ish o‘rinlarini yaratish, mehnat birjalari orqali ishga joylashtirish
146
bo‘yicha umummilliy dastur ishlab chiqilishi va uning amalga
oshirilishi kabilardan iborat. Bundan tashqari, mamlakat yoshlarini
kasb-hunar kollejlari va boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish,
ishchilarni qayta tayyorlash kabi davlat tomonidan olib borilayotgan
ishlar hozirgi mehnat bozorining o‘zgaruvchan shafqatsiz talablarini
biroz yumshatish imkonini bermoqda.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, mehnat munosa-
batlari davlatning faol ta’sirisiz rivojlanishi va takomillashuvi mu-
rakkab hisoblanadi. Mehnat munosabatlarining davlat tomonidan
qabul qilingan qonunlar orqali tartibga solinishi bu munosabatlarda
qatnashayotgan har ikki taraflar: ishchilar hamda ish beruvchilar
manfaatlariga mos kelishini ta’minlaydi, umuman olganda, milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: