O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Daromadlar, ularning mohiyati va turlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

7.9. Daromadlar, ularning mohiyati va turlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining
vujudga kelish sabablari
Daromad so‘zi o‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan bo‘lib, u
kirim, ya’ni insonning biror iqtisodiy faoliyati tufayli ko‘rgan
manfaati, olgan puli, o‘zlashtirgan mablag‘i kabi ma’noni anglatadi.
Talab qonunining harakati
Y
100
80
60
40
20
0
20
60
80
100
40
X
B
A
Ishlovchilar soni, nafar
S
o
a
tb
a
y
 is
h
 h
a
q
i,
 s
o
‘m


148
Iqtisodiyot nazariyasida aholining daromadi mamlakatda yaratilgan
yalpi milliy mahsulot (YMM)ning taqsimlanishi va qaytadan
taqsimlanishi tufayli shakllanadi, deb asoslab berilgan.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanib borishi nati-
jasida iqtisodiy erkinlik, turli mulkchilik sharoitida fuqarolar turli-
tuman faoliyat bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik sirlarini o‘rganib
daromad topishga erishmoqdalar.
Masalan, xususiy firma, ishlab chiqarish korxonasi yoki pul
egasi foyda, ish kuchi sohibi ish haqi, aksiya egasi dividend, sohib-
kor bozor foydasi, tijoratchi tijorat yoki savdo foydasi shaklida
daromad oladilar va h.k. Shu bilan bir qatorda bozor sharoitida
aholining ma’lum tabaqalari uchun dehqon, fermer, uy yoki ijara
xo‘jaliklaridan, dala-hovli va ijtimoiy himoya fondlaridan (nafaqa,
bepul davolanish, xayriya jamg‘armalaridan manfaatdor bo‘lish
va h.k.) foydalanishlar ham daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat a’zolari bir vaqtning
o‘zida turlicha daromad olishlari ham mumkin. Masalan, bir
shaxsning o‘zi ish kuchi sohibi sifatida ish haqi bilan birga aksiya
egasi sifatida — dividend, yakka faoliyat daromadi, nafaqa, tijorat
foydasi kabilarga ega bo‘ladi. Ijtimoiy adolatga asoslangan bozor
iqtisodiyoti tamoyillari daromad shakli va miqdorini cheklamaydi —
daromadlar faoliyat turlari va harakatiga qarab o‘sib boraveradi.
Milliy qadriyatlar, insonparvarlik tamoyillariga asoslanib,
jamiyatda daromadning nobozor manbalari ham amal qiladi.
Jumladan, nogironlar, yolg‘iz onalar, boquvchisini yo‘qotganlar
aholining boshqa nochor tabaqalariga davlat, jamiyat va xayriya
tashkilotlari tomonidan ham ijtimoiy yordam tashkil etiladi.
Aholi daromadlari manbalari jihatdan farqlanadi. O‘zbekistonda
hozir aholi daromadlari bozor islohotlarining ta’siri va iqtisodiyot-
ning umumiy ahvoliga qarab shakllanmoqda. Jamiyat taraqqiyo-
tining hozirgi bosqichida bozor daromadlari degan daromad turi
paydo bo‘ldi. U tadbirkorlik daromadidan, dehqon xo‘jaligi daro-
madidan, mulkdan kelgan daromaddan, yollanib ishlashdan
olingan ish haqidan iborat bo‘ladi. Bozor daromadi, ish kuchi,
yer yoki boshqa mulklarning o‘z egasi tomonidan naqadar samarali
ishlatilishiga qarab topiladigan daromaddir. Qayerda tadbirkorlik,
ishbilarmonlik, kichik biznes rivojlangan bo‘lsa, shu yerda bozor
daromadlari tez o‘sadi.
Òadbirkorlik bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning
asosiy tayanchi bo‘lganligi uchun mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga


149
erishgan davrdan boshlaboq, uni rivojlantirishga katta e’tibor berib
kelmoqda. Shu sababdan davlat tadbirkorlikni har tomonlama qo‘l-
lab-quvvatlab, unga keng yo‘l ochib beryapti. Bu masalaga davlatimiz
tomonidan berilayotgan e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni
rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmonidan boshlangan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar davlatimiz
tomonidan 20 dan ortiq Qonun, Farmon, Qarorlar qabul qilingan
bo‘lib, ular xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish,
tegishli institutsional tuzilmalarni barpo etish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslari hamda chet
el sarmoyalarini keng jalb etish asosida tadbirkorlar sinfini shakl-
lantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilib kelinmoqda.
Hozirga kelib tadbirkorlik harakati aholining turli qatlamlarini
qamrab olgan va undan kelayotgan daromad aholi daromadida
salmoqli o‘rin tutadi. Hozir respublikada 436 mingdan ziyod
xususiy va kichik korxonalar, 30 mingga yaqin dehqon va fermer
xo‘jaliklari mavjud. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida band
bo‘lganlar (tadbirkorlar, yollanib ishlovchilar) salmog‘i ortib
bormoqda va ular 1998-yil iqtisodiyotda band bo‘lganlarning
71,3 % ini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 10510 ming kishini,
ya’ni umumiy bandlarning 86 % ini tashkil etdi.
Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda tadbir-
korlik daromadi o‘tgan davrda muttasil ortib borishi bilan birga,
u tadbirkorlik turlariga qarab ham farqlanadi. Bunday daromadlar
joylarda bu sohaga beriladigan e’tiborga ham bog‘liq bo‘ladi.
Òadbirkorlikni rivojlantirish aholi daromadini oshirishdek ijtimoiy
muammoni yechishga ulkan hissa qo‘shadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham aholining daromadlari ichida
ish haqining daromad sifatida hissasi salmoqli darajada saqlanib
qolmoqda. Buning asosiy sababi, davlat tasarrufida hozircha ayrim
yirik sanoat korxonalari saqlanib qolayotganligi hamda davlat
muassasalarida ham aholining ma’lum qismining ishlayotganliklari
bilan izohlanadi. Masalan, tog‘-kon sanoati, ko‘plab og‘ir sanoat
korxonalari, mudofaa korxonalari, davlat tashkilotlari va maorif,
sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalar va boshqalarda ishchilar
ish haqi sifatida daromad olayotirlar. Bunday davlatga qarashli
korxonalarda aholining mulksiz qismi yollanib ishlaydi, ularning
ish kuchi qiymati ekvivalenti esa ish haqida gavdalandi. Bozor
iqtisodiyotiga qadam-baqadam o‘tib borayotgan O‘zbekistonda


150
islohotlarning izchillik bilan o‘tkazilishi tufayli asta-sekin nodavlat
sektori mustahkamlanib bormoqda. Bu esa umumiy ishlovchilar
sonida yollanib ishlovchilar hissasining kamayib borishida (ko‘p-
chilik tadbirkorlikning turli shakllariga, fermer va dehqon xo‘jalik-
lariga o‘tishi) o‘z ifodasini topmoqda, binobarin, ish haqi ulushi
shunga muvofiq kamayib boradi.
Sohibkorlik (dehqon xo‘jaligi) daromadi sohibkorlik bilan
shug‘ullangan aholi uchun daromad manbayiga aylanib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida qishloqda
yangi xo‘jalik shakllari — dehqon va fermer xo‘jaliklari vujudga
keldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda tadbirkorlik
shakllaridan biriga aylanib boryapti. Mamlakatimizda qabul
qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunda «Dehqon xo‘jali-
gining o‘ziga tegishli mulkka egalik huquqi davlat tomonidan
himoya qilinadi» deyilgan. Bu, o‘z navbatida, respublikamizda
fermerlik harakati keng rivojlanishiga, qishloq aholisi daromadlarini
ko‘paytirishning, aholini ish bilan band etishning, qishloqni ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlantirishning tayanch xo‘jaligi bo‘lib qolishiga
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti ta’sirida odamlar iste’molchilik, boqiman-
dalik kayfiyatidan xalos bo‘lishib, yaratuvchanlik, sohibkorlik fao-
liyati bilan shug‘ullanishga kirishishmoqda. Sohibkorlik faoliyati-
ning kuchayishi bilan odamlar bozorning faol ishtirokchisiga, ya’ni
tovar va xizmatlar taklif etuvchisiga aylanishdi. Natijada aholi
daromadlarida dehqon xo‘jaliklari daromadi alohida o‘rin tutadi.
Ayniqsa, qishloq aholisi turmushida u salmoqli ahamiyat kasb
etadi. O‘zbekistonda 59 % aholining qishloqlarda yashashi va
dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari e’tiborga olinsa, uning aha-
miyati nechog‘liq ulkan bo‘lishi ayon bo‘ladi.
Dehqon xo‘jaligi daromad manbayi sifatida yaqin orada o‘z
ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki u o‘z mohiyatiga ko‘ra bozor
unsuridir. Uning jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi ham bebaho.
Hozirda dehqon xo‘jaligi mahalliy bozorni yangi mahsulotlar bilan
to‘ldirishda, oilani natural mahsulot bilan ta’minlashda, pul daromadi
olishda, ish bilan bandlikka erishishda, bolalarga mehnat tarbiyasi
berishda, nafaqaxo‘rlarning ham ma’lum darajada ijtimoiy foydali
mehnat bilan band bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish