O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

8.2. Raqobat strategiyasi
Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib
boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan aso-
siy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy
maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib
foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda
o‘z bozorini kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 92-bet.
2
Sh. ShodmonovR. Alimov, T. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. T., «Moliya»,
2002, 158-bet.


163
siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning
yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi. Strategik rejaga qarab,
firma o‘zining kurash taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda
raqobat olib boradi. Bozordagi holat va shart-sharoitdan kelib
chiqqan holda firma o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin.
Misol uchun, ayrim firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari
mahsulot sifati orqali raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori
bo‘lgan sifatli tovarlarni taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda
aholining daromadlari yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari
ham ancha yuqori. Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda
esa aholining daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati
pastroq bo‘lsa-da, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar.
8.3. Raqobat kurashi shakllari
Raqobat kurashi quyidagi asosiy shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Òarmoq ichidagi raqobat — bunda bir tarmoq korxonalari o‘zaro
raqobatlashadilar. Bu raqobat, eng avvalo, ishlab chiqarishni
rivojlantirish orqali olib boriladi. Korxonalar ishlab chiqarishda yuqori
unumli texnika-texnologiyalar qo‘llash yo‘li bilan mehnat unum-
dorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, uning tannarxini
kamaytirish orqali o‘z tovarlari sotilishining qulayroq sharoitiga ega
bo‘lish va qo‘shimcha foyda olish uchun kurash olib boradilar.
Òarmoq ichidagi raqobat orqali tovarlarning bozor qiymati
aniqlanadi va bu qiymat, odatda, muayyan tarmoqda ishlab chiqarilgan
tovarlarining o‘rtacha qiymatiga mos keladi. Shuning uchun tarmoqlar
ichidagi raqobat natijasida yangi texnika va texnologiyalardan
foydalanayotgan, mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar
qo‘shimcha foyda oladilar. Yangi texnika va texnologiyalardan
foydalanmay, mehnat unumdorligini oshirmay, mahsulot sifatini
yaxshilamagan korxonalar esa zarar ko‘rishib, raqobatda sinadilar.
Òarmoqlararo raqobat — ishlab chiqarishning turli tarmoq-
lariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘rtasida yuqori foyda olish uchun
olib boriladi. Bunday raqobat natijasida ayrim korxonalar foyda
me’yori kam bo‘lgan muayyan bir tarmoqdan foyda me’yori yuqori
bo‘lgan boshqa bir tarmoqqa o‘tib ketadi. Iqtisodiyot nazariyasida
bu holat kapitallarning tarmoqlararo oqib yurishi deyiladi.
Kapitallarning bir tarmoqdan ikkinchi, ko‘proq foyda oluvchi


164
tarmoqqa o‘tib, ishlab chiqarishni tashkil qilishi natijasida bu tarmoq
kengayadi va ularning tovar taklifi ortadi. Bu esa, o‘z navbatida,
bozorda mazkur tarmoqning tovarlari narxlarining pasayishiga olib
keladi va tarmoqning foyda me’yori pasayadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda me’yori past bo‘lgan
tarmoqlardan kapitalning boshqa tarmoqqa o‘tib ketishi uzluksiz sodir
bo‘lib turuvchi obyektiv jarayon hisoblanadi. Bu jarayon bozorning
talab va taklif qonunining ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Natijada foyda
me’yori past bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi qisqaradi va
bozorda ularning tovarlariga bo‘lgan talab oshib ketadi, buning
oqibatida narxlar ko‘tarilib, bu tarmoqda foyda me’yori oshadi. Xulosa
sifatida shuni aytish mumkinki, tarmoqlararo raqobat obyektiv jarayon
sifatida bozorda dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu
muvozanat sarflangan kapitalning qaysi tarmoqqa qo‘yilganligidan
qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishini ta’minlab beradi.
Òarmoqlararo raqobat bozorda tarmoqlararo o‘rtacha foyda me’yorini
keltirib chiqaruvchi omil deb qaraladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish