O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

16.4. Sug‘urta kompaniyasi
Sug‘urta kompaniyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy turini amalga oshirish,
sug‘urtalanuvchilarning manfaatlarini to‘laroq qondira oladigan
sug‘urtaning yangi xillarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etib borish;
2. Ogohlantirish vazifasini bajargan holda sug‘urta obyektlarini
zararlanishi va nobud bo‘lishdan asrash tadbirlarini amalga oshirish;
3. O‘z mablag‘larini investitsiya va tijorat faoliyatining muhim
tarmoqlariga joylashtirishga harakat qilish va shu bilan birga kredit
berish asosida o‘ziga tegishli qoidalarini to‘ldirib borish;


316
4. O‘z faoliyatini amalga oshirishda respublika vazirliklari, idoralari
va boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
5. Sug‘urtaning axborot funksiyasi asosida reklama va maslahat
xizmatlarini ko‘rsatish.
Kompaniya, asosan, quyidagi sug‘urta turlarini amalga oshiradi:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari va aholisini majburiy sug‘urtalash,
ya’ni:
a) tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga
ajratiladigan kreditlarning qaytarilishi uchun qishloq xo‘jaligi
korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish;
b) mahsulotlarni yetishirish uchun avans tariqasida beriladigan
va fyuchers kontraktlari bo‘yicha mablag‘lar qaytarilishini sug‘urta
qilish;
d) qishloq aholisiga tegishli mol-mulklarni sug‘urta qilish;
e) garovga qarzga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish;
f) transport egalarining fuqarolik javobgarliklarini sug‘urta qilish.
2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini ixtiyoriy sug‘urta qilish, ya’ni:
a) ekinlar hosilini sug‘urta qilish;
b) ekinlarni qayta ekishni va ola chiqqan ekinlarni butlashni
sug‘urta qilish;
d) chorva mollarini sug‘urta qilish;
e) asosiy vositalarni sug‘urta qilish;
f) tabiiy pichanzorni, yaylovlarni va tut bargini sug‘urta qilish;
g) pillani sug‘urta qilish;
h) bog‘lar va uzumzorlar hosilini do‘l urishidan sug‘urta qilish;
i) korxonalar, dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklarining mol-
mulkini sug‘urta qilish;
j) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
jo‘natiladigan yuklarni sug‘urta qilish.
Sug‘urta kompaniyalari naqd pulsiz shakllardan oddiy va egasi
yozilmagan aksiya chiqaradigan cheklanmagan miqdorda sug‘urta
fondlari tashkil qilish huquqiga ega. Nizom fondining 25 % i
zaxira fondlari daromadi hisobidan tashkil qilinadi. Bundan
tashqari, kompaniya o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa
fondlar ham tashkil qiladi.
O‘zbekistonda shunday kompaniyalardan biri — bu «Kafolat»
davlat hissadorlik sug‘urta kompaniyasidir. Bu sug‘urta kompaniyasi
1997-yil 14-martda tashkil etilgan bo‘lib, dastlabki ustav kapitali
500 mln so‘m qilib belgilangan. Asosan, shahardagi yuridik va jismoniy
shaxslarga majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmati ko‘rsatadi.


317
Kompaniya vazifalari quyidagilardan iborat:
a) shaharlarda aholi hayotini, salomatligini va mol-mulkini
sug‘urta qilish;
b) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sug‘urta
qilish;
d) yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy va tadbirkorlik
tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish;
e) qonunda ko‘zda tutilgan sug‘urtaning majburiy turlarini
amalga oshirish;
f) qo‘shimcha sug‘urtalash va qayta sug‘urta operatsiyalarini
amalga oshirish, sug‘urtaviy maslahat xizmatini ko‘rsatish;
g) mahalliy sharoitni hisobga olib sug‘urtaning yangi turlarini
joriy qilish.
1. Korxonalar javobgarligi va mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilish.
Shaharlarda joylashgan davlat, xususiy, qo‘shma va kichik korxona
hamda tashkilotlarning javobgarligi va mol-mulkini sug‘urta qilish.
2. Sug‘urtaning qonunchilik hujjatlarida va hukumat qarorlarida
nazarda tutilgan majburiy turlarini sug‘urta qilish.
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi
1997-yil fevraldan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu kompa-
niya 1994-yil 21-yanvarda «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompa-
niyasining mulkiy va nomulkiy huquq hamda majburiyatlari
bo‘yicha haqiqiy vorisidir. Dastlabki ustav kapitali 60 mln AQSH
dollari etib belgilangan. Uning asosiy vazifasi respublikada eksport
o‘sishini yanada rag‘batlantirish, o‘zbekistonlik eksportchilarni
sug‘urtaviy himoyalash, xorijiy mamlakat investorlari bilan aloqa
qiluvchi o‘zbek investorlarining faoliyatini kuchaytirish, iqtiso-
diyotning ustuvor tarmoqlariga jalb etilayotgan chet el investorlarini
kompleks sug‘urtaviy himoya qilish. Ushbu kompaniyaning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri shuki, u investorlarni faqat iqtisodiy
xatardangina emas, balki siyosiy xavf-xatardan ham himoya qiladi.
«Madad» sug‘urta agentligi. «Madad» sug‘urta tashkiloti ixtisos-
lashgan sug‘urta tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi xususiy
tartibda ish olib boruvchi kichik va xususiy biznesni qo‘llab-
quvvatlash, tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish bilan aloqador
va sug‘urtaning boshqa xillarini amalga oshirishdan iboratdir.
Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
2. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish;
3. Binokorlik va binokorlik industriyasi, mahalliy sanoat,
turizm, xizmat ko‘rsatish doiralari taqdim qilinadigan investitsiya


318
loyihalarini baholash va ekspertizadan o‘tkazib, biznes fond
hisobidan xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga yengil shartlar
bilan kredit berishga tavsiya qilish kabilar.
Shu bilan birga bu agentlik yengil shartlar asosida tadbirkorlikni
sug‘urta qiladi, o‘z vaqtida qaytarilmaydigan kreditlarni undirishga
yordam beradi. Xorijiy investorlarni sug‘urta jihatidan himoya
qilishni va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. «Madad» sug‘urta
agentligi taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish va xaridorlarga
qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 10 dan ortiq konsalting
firmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Agentlik respublikada
13 ta firmasiga egadir.
Xususiy sug‘urta tizimi. Jahon sug‘urta tizimida faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlariga e’tibor bersak, ularni quyi-
dagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) barcha tabaqadagi fuqarolarga xizmat qiluvchi, aksiyalari birja
va boshqa yo‘llar bilan sotiladigan erkin sug‘urta kompaniyalari;
2) xususiy hissadorlik sug‘urta kompaniyalari;
3) davlat sug‘urta kompaniyalari;
4) o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari;
5) ayrim sanoat va savdo tarmoqlariga xizmat qiluvchi
ixtisoslashgan sug‘urta tashkilotlari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan O‘zbekistonda
davlat sug‘urta tashkilotlari bilan birga qator xususiy hissadorlik
sug‘urta tashkilotlari ish boshladi. Ularning faoliyati sug‘urtalash
shartlari va sug‘urtani tashkil qilish yo‘llari bo‘yicha davlat sug‘urta
tashkilotlaridan farq qiladi. Ularning bu yo‘nalishlari va xususiyat-
lari bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘proq javob beradi.
Bunday xususiy sug‘urta tashkilotlarini barpo qilish uchun
ta’sischilar ixtiyorida bir necha o‘n million so‘m mablag‘ bo‘lishi
va bu haqda alohida ruxsatnoma olinishi kerak. Ular davlat sug‘urta
tashkilotlaridan alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan,
agar davlat sug‘urta tashkilotlari sug‘urta obyektlari asosida chegara-
langan bo‘lsa, xususiy sug‘urta tashkilotlari o‘z sug‘urta obyektlarini
o‘zida belgilaydilar va uni o‘z nizomlarida ko‘rsatadilar.
Undan tashqari, sug‘urta mablag‘larining manbalari faqat sug‘ur-
talanuvchilar badallaridan iborat bo‘lib qolmay, ta’sischilarning
mablag‘lari bo‘lishi yoki sug‘urta tashkiloti ixtiyorida bo‘sh turgan
mablag‘lardan xo‘jalik ishlarida ishlatish asosida olingan foyda,
aksiyalarini sotishdan daromad va boshqa sug‘urta tashkilotlarining
qayta sug‘urtalash bo‘yicha to‘planadigan mablag‘laridan iborat
bo‘lishi mumkin.


319
Sug‘urta tashkilotlari davlat tomonidan belgilangan tartibda
nazorat qilinadi. Bundan maqsad sug‘urta bozoriga firibgarlarning
kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Ya’ni bunda sug‘urta tashkilot-
larini ro‘yxatga olish, ruxsatnoma berish, chet el kapitalining sug‘urta
faoliyatida qatnashishlarini amalga oshirish ustidan nazorat qilish
kabilar nazarda tutiladi. Hozirda respublikamizda 80 dan ortiq
nodavlat sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish