325
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, pul va u bilan bog‘liq
munosabatlarni tahlil qilish iqtisodiyot nazariyasi fanining eng
muhim sohasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul to‘xtovsiz harakatda bo‘lib,
tovarlar va xizmatlarni oldi-sotdi
qilish jarayonida ular uchun
to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyat-
larni to‘lashda pul muomala vositasi sifatida harakat qilib aylanib
turadi. Bu pul muomalasi deyiladi.
Pul muomalasi naqd va naqd bo‘lmagan pullar yordamida
amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga banknotlar va metall
tangalar davlat markaziy banki tomonidan kiritiladi. Naqd pulsiz
hisob-kitoblar plastik kartochkalar, cheklar, kredit kartochkalari,
veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabi
turli pul agregat-
lari orqali amalga oshiriladi.
Muomalaga chiqariladigan pulning miqdori har bir mamlakat
iqtisodiyotining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, taraqqiy etgan
mamlakatlarda, jumladan, AQSH va Yaponiyada katta, iqtisodiyoti
kichik mamlakatlarda kam miqdorda pul talab qilinadi. Ammo
pul muomalasi qonuniga ko‘ra, iqtisodiyotning talabi aniq ilmiy
asoslangan hisob-kitoblar formulasiga tayangan holda tashkil
qilinishi kerak. Pul emissiyasi bilan davlat shug‘ullanadi. Pul
emissiyasini mamlakat iqtisodiyotining pulga bo‘lgan
talabi
belgilaydi. Iqtisodiyot uchun zarur pul miqdori ikki holatga bog‘liq:
1. Sotish uchun bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning
pulga chaqilgan miqdori.
2. Pulning aylanish tezligi. Bu pul birligining yil davomida necha
marta oldi-sotdiga xizmat qilganini va «qo‘ldan qo‘lga» o‘tib
banklarga tushib qaytib yana aholiga chiqarilganligini bildiradi.
Iqtisodiyotga kerakli pul miqdori ma’lum omillar ta’sirida bo‘lib,
uni maxsus iqtisodiy qonun, ya’ni pul muomalasi qonuni belgilaydi.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, muomalada bo‘lgan pul
miqdori sotiladigan tovarlar
va xizmatlar narxining jami
summasiga to‘g‘ri mutanosib, pul harakatining tezligiga esa teskari
mutanosibdir. Boshqacha aytganda, tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa
va ularning narxi yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p pul talab qilinadi
va, aksincha, qanchalik pul tez harakat qilsa, tovarlar ko‘paygan
chog‘da ham, ular narxi past bo‘lsa, shunchalik pul kam talab
qilinadi, chunki oz miqdordagi pul bilan ham ko‘p ishni bajarish
326
mumkin bo‘ladi. Bunday bog‘liqlikni quyidagi formulada ifoda
etish mumkin:
,
V Q
Z
O
bu yerda,
Z — muomala uchun zarur pul miqdori;
V — tovarlar
va xizmatlarning o‘rtacha narxi;
Q — sotiladigan barcha tovarlar
va xizmatlar miqdori;
O — pulning aylanib turish tezligi.
Pul aylanishini tezlatish pul operatsiyalarini o‘tkazish texnika-
siga bog‘liq. Bu operatsiyalar banklarda amalga oshiriladi. Shuning
uchun respublikamizda plastik kartochkalarning joriy etilishi juda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: