O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Markaziy bank va uning vazifalari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

16.6. Markaziy bank va uning vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida ikki pog‘onali bank tizimi mavjud:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki — birinchi pog‘onasi;

O‘zbekiston Respublikasidagi hissadorlik tijorat banklari —
ikkinchi pog‘ona hisoblanadi.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat
qilishda juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli uning faoliyati
maxsus qonun bilan tartibga solinadi.
Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

monetar siyosat va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni samarali tashkil
etish va ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta zaxiralarini,
shuningdek, hukumat zaxiralarini kelishuvga ko‘ra saqlash va
boshqarish;

Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa
ijrosini tashkil etish;

emissiya faoliyati bilan shug‘ullanish, bu eng qadimgi va eng
muhim vazifalardan biridir;

tijorat banklari kassa zaxiralarini joylashtirish va saqlab berish;

rasmiy oltin, valutalarni saqlash;

hisob-kitoblarni va pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirish;

nazorat qilish vazifasi.
Demak, Markaziy bank mamlakat moliya-kredit tizimining
barqaror ishlashini ta’minlovchi, davlat iqtisodiy siyosatining
moliya-pul sohasi bo‘yicha mas’ul moliyaviy muassasadir.


323
16.7. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda
banklarning roli beqiyosdir. Chunki banklarning iqtisodiyot barcha
subyektlari o‘rtasidagi vositachilik vazifasi alohida ahamiyatlidir.
Iqtisodiyot subyektlari faoliyatlari bozor munosabatlari sharoitida
tavakkalchilik va noaniqliklar darajalarining yuqoriligi bilan bog‘liq.
Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimiz banklarining muhim
vazifalaridan biri kreditda vositachilik qilishdir. Bu vazifani banklar
korxonalar fondlarining aylanishi jarayonida vaqtincha bo‘sh qol-
gan mablag‘larni taqsimlash yo‘li orqali bajaradi.
Banklarning ikkinchi muhim vazifasi — xo‘jalikda jamg‘ar-
malarni rag‘batlantirishdir. Banklar moliya bozorlarida kreditlarga
talab bilan chiqish orqali xo‘jalikda mavjud bo‘lgan jamg‘armalarni
yuqori darajada joylashtirib qolmay, balki joriy iste’molni chegara-
lash asosida mablag‘larni jamg‘arishga samarali rag‘batlar yaratadi.
Jamg‘armalarga bo‘lgan rag‘batlar tijorat banklarining izchil depozit
siyosati asosida jamlanadi. Jamg‘armalarga yuqori foizlardan
tashqari bank yana o‘z kreditorlariga bankka qo‘ygan mablag‘larni
ishonchli kafolatlash uchun xizmat qiladi. Depozitlarni sug‘urtalash
bilan birga mijozlar uchun bank faoliyati va u bera oladigan
kafolatlar haqida axborotlarga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Banklarning yana bir muhim vazifasi alohida mustaqil subyekt-
lar o‘rtasidagi to‘lovlarda vositachilik qilishdir. Xalq mulkiga davlat
monopoliyasi sharoitida barcha subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar
faqat yagona davlat banki orqali amalga oshiriladi.
Fond bozorining shakllanishi munosabati bilan tijorat banklari-
ning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarida vositachilik qilish
vazifasi rivojlanib bormoqda. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida
vositachi sifatida faoliyat yurgizadigan investitsiya institutlari sifa-
tida, investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi va investi-
tsiya fondi sifatida ishtirok etishi mumkin. Banklar moliyaviy bro-
ker sifatida faoliyat qilish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotish va
sotib olishda vositachi vazifalarni bajaradi.
Investitsiya maslahatchisi sifatida bank o‘z mijozlariga qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishi yuzasidan maslahat
xizmatlarini ko‘rsatadi. Agar bank investitsiya kompaniyasi rolini


324
bajarsa, u holda bank qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish
va uchinchi shaxs foydasiga ularni joylashtirish bo‘yicha kafolatlar
berish, qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotish
va sotib olishni amalga oshiradi. Agar bank o‘z resurslarini o‘z
nomidan qimmatli qog‘ozlarga joylashtirsa va bu bilan bog‘liq
holda kelib chiqadigan daromadlar va zararlarni bank hissadorlari
hisobiga yuklatsa, u holda investitsiya fondi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Shunday qilib, banklar xalq xo‘jaligi bo‘g‘inlarining takror ishlab
chiqarish jarayoni bir maromda borishi uchun moliyaviy shart-
sharoitlar yaratadilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida banklarning
faoliyati, ayniqsa, kuchayishi, takomillashib borishi darkor.
Bugungi kunda respublikamiz bank tizimini isloh qilish, ularga
yanada ko‘proq mustaqillik berish, banklarning o‘z aktivlarini va
ustav fondini ko‘paytirish, sarmoyalash imkoniyatlarini oshirish
muammolariga katta e’tibor berilyapti. Òijorat banklari kapitalini
yanada oshirish va aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish
jarayoni faollashdi.
Mamlakatimizda chet el sarmoyalari ishtirokidagi qo‘shma
banklar tarmog‘i keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yurti-
mizda Osiyo taraqqiyoti banki, «Doychebank», «Cheyzmanxetten-
bank», «Kredit servis» kabi 16 ta xalqaro va xorijiy banklarning
vakolatxonalari ochilib, respublikamiz bank tizimi bilan mustahkam
hamkorlik asosida ish olib borilmoqda.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish