Okoz: 07. 00. 00. 00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 05. 00. 00 Respublika budjeti / 07. 05. 11. 00 Davlat budjetining kassa ijrosi] [tsz
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2771-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-mart,
20-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-mart,
2016-14-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-mart,
01-02/8-10-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qaroriga
ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar — qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalarni (bundan buyon matnda to‘lovlar deb yuritiladi) undirilishini amalga oshiruvchi organlar;
Yagona g‘azna hisobvarag‘i (bundan buyon matnda YaG‘H deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan boshqariladigan, budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladigan hamda xarajatlari to‘lanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan maxsus bank hisobvarag‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimi (bundan buyon matnda “O‘RMV” AT deb yuritiladi) — budjet tizimi budjetlarining budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;
daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari — budjet tizimi budjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi jarayonida tegishli budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdori, daromadlarning kassa tushumlari hajmi va tegishli budjetlarga va budjetlardan daromadlar turi va manbasi bo‘yicha amalga oshirilgan qaytarish (hisobga olish) summalari bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan analitik hisob registrlari.
Oldingi tahrirga qarang.
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
2. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi “O‘RMV” ATda YaG‘Hni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
3. Jismoniy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslardan milliy valyutadagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi va YaG‘Hga o‘tkaziladi.
4. Budjet tizimi budjetlariga to‘lovlar tushumi bo‘yicha operatsiyalar hisobini yuritish va keyinchalik ularni budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlash uchun Moliya vazirligi tomonidan “O‘RMV” ATda har bir tuman, shahar uchun har bir to‘lov turi bo‘yicha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar kesimida daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. Bunda daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilgan to‘lovlar, ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq To‘lovlar turi tasnifidagi 08201 — 08203, 08301 — 08303 to‘lov kodlari bilan ko‘rsatilgan to‘lovlardan tashqari, budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlanguniga qadar budjet tizimi budjetlariga to‘lovlar kontingenti (bundan buyon matnda to‘lovlar kontingenti deb yuritiladi) hisoblanadi.
5. Budjet tizimi budjetlariga to‘lovlar to‘lovchilar tomonidan har bir to‘lov turi bo‘yicha alohida to‘lov hujjatlari bilan to‘lanadi va tegishli daromadlar turlari bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda to‘liq YaG‘Hga o‘tkaziladi.
6. Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari “O‘RMV” ATda ochilgan kundan boshlab, shuningdek kelgusida ularga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda hududiy moliya organlari bir ish kuni mobaynida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarga bu haqda xabar beradi.
“O‘RMV” AT bilan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar va Markaziy bank axborot tizimlari o‘rtasida idoralararo o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilganida daromadlar bo‘yicha ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar va kelgusida ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumot (bundan buyon matnda daromadlar bo‘yicha ShG‘H ma’lumotnomasi deb yuritiladi) “O‘RMV” ATdan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar va Markaziy bank axborot tizimlariga avtomatik tarzda berilishi mumkin.
7. Banklar Markaziy bankning axborot tizimi orqali olingan daromadlar bo‘yicha ShG‘H ma’lumotnomasi ma’lumotidan budjet tizimi budjetlari daromadlariga jismoniy va yuridik shaxslardan to‘lovlarni qabul qilishda foydalanadilar.
8. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar to‘lovchilar e’tiboriga hududiy moliya organlaridan olingan ma’lumotni va unga kelgusi o‘zgarishlarni yetkazadi.
9. Kelib tushayotgan to‘lovlar Markaziy bankdan YaG‘Hga to‘lovlar summasi kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushganidan so‘ng “O‘RMV” AT orqali avtomatik rejimda taqsimlanadi.
2-bob. To‘lovlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar me’yorlari
10. To‘lovlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar me’yorlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘rnatiladi.
11. To‘lovlardan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) budjetlariga ajratmalar me’yorlarining miqdorlari ular o‘rnatilganidan so‘ng 3 ish kuni mobaynida Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarga, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga yetkaziladi.
12. To‘lovlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlarining miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga, tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlariga, tuman va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalariga yetkaziladi.
13. To‘lovlardan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va DMJ budjetlariga ajratmalar me’yorlari “O‘RMV” ATga Moliya vazirligi G‘aznachiligining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
14. To‘lovlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga ajratmalar me’yorlari “O‘RMV” ATga mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalarining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
15. Moliya yili mobaynida o‘rnatilgan me’yorlar o‘zgarsa yoki yangidan kiritilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha ajratmalar me’yori o‘rnatilsa, yangidan o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlari miqdorlari ular o‘rnatilganidan so‘ng 3 ish kuni mobaynida ushbu Yo‘riqnomaning 11 va 12-bandlarida o‘rnatilgan tartibda tegishli manfaatdor organlarga yetkaziladi. Bunda yangidan o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlarining amal qilish sanasining boshlanishi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
16. To‘lovlardan budjet tizimi budjetlariga aniqlashtirilgan ajratmalar me’yorlari ushbu Yo‘riqnomaning 13 va 14-bandlarida belgilangan tartibda “O‘RMV” ATga kiritiladi.
3-bob. To‘lovlar kontingentini “O‘RMV” ATda aks ettirish orqali YaG‘Hga kiritish va ortiqcha to‘langan to‘lovlarni qaytarish
1-§. To‘lovlar kontingentini YaG‘Hga o‘tkazish, ularni “O‘RMV” ATning “Tushumlarni boshqarish” modulida aks ettirish
17. Budjet tizimi budjetlari daromadlariga jismoniy (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari) va yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar ushbu Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomasiga asosan YaG‘Hga o‘tkaziladi.
18. To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov topshiriqnomasida to‘lovchi tomonidan:
“Daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i” grafasida – tegishli daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i;
“To‘lov maqsadi” grafasida — ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq to‘lov turining kodi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Bunda to‘lov maqsadida birinchi navbatda to‘lov turining kodi ko‘rsatiladi.
19. Bank xodimlari to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalarini qabul qilganlaridan so‘ng, “Daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i” grafasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqamini budjetga o‘tkazilayotgan to‘lovga muvofiqligini va to‘g‘riligini, “To‘lov maqsadi” grafasida esa ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ko‘rsatilgan to‘lov turi kodining muvofiqligini tekshiradilar.
20. To‘lovchilarning bank hisob raqamlaridan YaG‘Hga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti summalari “O‘RMV” ATda tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida, shuningdek “O‘RMV” ATning “Tushumlarni boshqarish” modulida yuritiladigan To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettiriladi.
21. Bojxona to‘lovlari, ularni bojxona organlarining “O‘RMV” ATda ochilgan depozit shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirgan holda ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomasiga asosan YaG‘Hga o‘tkaziladi.
22. Bojxona to‘lovlarini bojxona organlarining depozit shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi bojxona organlari tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan g‘azna memorial orderlariga asosan amalga oshiriladi.
23. “O‘RMV” ATda daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida va To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida kelib tushayotgan to‘lovlar kontingentining hisobi quyidagi talablarga rioya etgan holda yuritiladi:
kelib tushayotgan mablag‘larni to‘lov turlari bo‘yicha majburiy tartibda aks etish va guruhlash;
banklar tomonidan to‘lovchilarning bank hisob raqamlaridan YaG‘Hga o‘tkazib berilayotgan har bir summani kelib tushish sanasini majburiy tartibda ko‘rsatish;
har bir to‘lov turini hududiy belgisi va soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bo‘yicha majburiy tartibda guruhlash;
kelib tushgan to‘lovlarni kunlar, oylar, choraklar va birinchi yarim yil, to‘qqiz oylik va yillik ortib boruvchi yakun bilan majburiy tartibda hisobini yuritish.
24. Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari kelib tushgan to‘lovlar kontingentini tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq budjet tizimining tegishli budjetlari o‘rtasida amaliyot kuni mobaynida har soatda taqsimlash yo‘li bilan “nol” holatiga keltiriladi. Zarurat tug‘ilganda kelib tushgan to‘lovlar kontingentini budjet tizimining tegishli budjetlari o‘rtasida taqsimlash real vaqt rejimida amalga oshirilishi mumkin.
25. To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobi har bir moliya yili uchun alohida yuritiladi.
26. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra tavsiflanishi va tegishli budjetga kiritilishi imkoniyati yo‘q bo‘lgan to‘lovlar tushumi summalari, aniqlanmagan tushumlar sifatida idensifikatsiya qilinadi va YaG‘Hga qaysi bank hisob raqamlaridan o‘tkazib berilgan bo‘lsa, shu bank hisob raqamlariga g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 3 ish kuni mobaynida qaytariladi.
27. Aniqlanmagan tushumlar To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida hududiy mansubligi bo‘yicha, ya’ni YaG‘Hga mablag‘ o‘tkazilgan hisob raqami bankining joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi.
28. Budjet tashkilotlari tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan to‘lovlar tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ushbu Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi g‘azna memorial orderiga asosan o‘tkazib beriladi.
Bunda, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga to‘lovlarni to‘lashning ushbu Yo‘riqnomaning 18-bandida nazarda tutilgan tartibi qo‘llaniladi.
29. YaG‘Hga to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumot Moliya vazirligi tomonidan har kuni elektron shaklda “O‘RMV” ATdan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarning axborot tizimlariga taqdim etiladi.
30. To‘lovlar jismoniy shaxs tomonidan:
naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirilganida mablag‘lar to‘lovi ushbu Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov hujjatini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. To‘lov hujjati uch qismdan, e’lon, kvitansiya va kirim orderidan iborat. Kirim orderi bank kuni hujjatlariga tikiladi, kvitansiya to‘lovni to‘lab bergan jismoniy shaxsga beriladi, e’lon esa tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organi xodimlariga taqdim etiladi;
bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirilganida mablag‘lar to‘lovi ushbu Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov hujjatini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
o‘zining omonat hisobvarag‘idan tegishli daromad bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga amalga oshirilganida mablag‘larni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi. Bunda ko‘rsatilgan to‘lov summasi bank tomonidan memorial order orqali, unda tegishli daromad turi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Hga o‘tkaziladi.
2-§. To‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
31. To‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish mazkur to‘lovlar ortiqcha, shu jumladan noto‘g‘ri to‘langanida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslarida hamda to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur paragrafda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, ushbu normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
32. To‘lovlar jismoniy shaxs tomonidan naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirilganida qaytarish jismoniy shaxsning “20206-jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha depozitlari” hisobvarag‘iga, bank plastik kartasi orqali amalga oshirilganida esa jismoniy shaxsning “231XX-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari” hisobvarag‘iga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasiga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini hisobga olishda soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur bo‘lganda, mazkur ariza ushbu Yo‘riqnomaning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarishda soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur bo‘lganda, mazkur ariza ushbu Yo‘riqnomaning 8-ilovasidagi shaklga muvofiq bo‘lishi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
331. Muayyan ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati bo‘yicha ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, boshqa ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas.
332. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56 va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron xulosa tayyorlaydi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali “O‘RMV” ATga elektron tarzda yuboradi.
Elektron xulosada quyidagilar albatta ko‘rsatiladi:
xulosa raqami;
xulosa taqdim etuvchi davlat soliq xizmati organining nomi;
to‘lovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki to‘lovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR;
ortiqcha to‘langan soliq yoki to‘lov turi;
summasi;
to‘lovchining mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i;
oluvchining bank rekvizitlari;
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “O‘RMV” ATga elektron yuborilgan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron tarzda xulosa tegishli tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq xulosada ko‘rsatilgan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olishga e’tirozlari bo‘lmaganida “O‘RMV” ATda xulosani tasdiqlaydi, e’tirozlar bo‘lganida esa, sababini ko‘rsatgan holda qaytaradi.
Zarur hollarda, tegishli tuman (shahar) moliya bo‘limi davlat soliq xizmati organidan qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron xulosani maqsadga muvofiqligini tekshirish uchun:
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni ortiqcha to‘lagan yuridik shaxs va davlat soliq xizmati organi o‘rtasida eng so‘nggi sanaga tuzilgan o‘zaro solishtirma dalolatnomalar shaklidagi elektron ma’lumotlarni;
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni ortiqcha to‘lagan jismoniy shaxs bo‘yicha davlat soliq organi xizmatining mazkur shaxsning soliq qarzi holati to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomalarini talab qilib olishlari mumkin.
334. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari tomonidan “O‘RMV” ATda tasdiqlangan xulosalar tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xulosada ko‘rsatilgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun bir ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi.
(331 — 334-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Soliqlardan tashqari ortiqcha to‘langan summalarini qaytarish yoki hisobga olish to‘lovchining qaytarish yoki hisobga olish rekvizitlari to‘liq ko‘rsatilgan arizasi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organning ushbu Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi xulosasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga xulosa taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish uchun xulosani elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda elektron ravishda tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga yuborishlari mumkin.
Elektron xulosada quyidagilar albatta ko‘rsatiladi:
xulosa raqami;
xulosa taqdim etuvchi organ nomi;
to‘lovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR raqami yoki to‘lovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR raqami;
ortiqcha to‘langan to‘lov nomi;
summasi;
to‘lovchining mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i;
oluvchining bank rekvizitlari;
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
341. Soliq bo‘lmagan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha mablag‘larni boshqa to‘lov turiga hisobga olish (o‘tkazish) faqat soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan undiriladigan to‘lovlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
342. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan davlat bojini qaytarish bo‘yicha sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) mavjud bo‘lganda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga vakolatli organ tomonidan xulosa o‘rniga sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) taqdim qilinadi.
343. Tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari mazkur Yo‘riqnomaning 34, 341 va 342-bandlariga muvofiq xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) taqdim qilinganidan so‘ng bir ish kuni muddatida ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan to‘lovchining rekvizitlari va summalarni “O‘RMV” ATdagi ma’lumotlar bilan solishtiradilar. Barcha ma’lumotlar o‘zaro muvofiq bo‘lganida taqdim etilgan xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) mablag‘larni ularda ko‘rsatilgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ijroga qabul qilinadi.
(341 — 343-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
35. Qaytarish yoki hisobga olish bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshiriladi. Bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar summasi etmaganda qaytarish yoki hisobga olish keyingi bank kunining tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ortiqcha to‘langan bojxona to‘lovlarining qaytarilishi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Alohida hollarda, agar 10 ish kuni mobaynida joriy tushumlarning etishmasligi yoki mavjud bo‘lmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati bo‘lmasa, ortiqcha to‘langan mablag‘ni qaytarish yoki hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi mumkin.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
371. Mazkur Yo‘riqnomaning 37-bandida belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng mablag‘ni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risidagi elektron xulosani ijro etish “O‘RMV” ATda avtomatik tarzda to‘xtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha qoldiq summa:
eng kam oylik ish haqining 10 000 (o‘n ming) baravaridan yuqori bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “O‘RMV” ATda ma’qullangach;
eng kam oylik ish haqining 10 000 (o‘n ming) baravaridan kam bo‘lgan hollarda avtomatik tarzda tegishli budjet mablag‘laridan (tegishli daromad turini kamaytirgan holda) qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati shakllantiriladi.
Bunda to‘lov hujjati tegishli daromad turi uchun belgilangan ajratmalar me’yoriga mutanosib ravishda har bir budjet uchun alohida shakllantiriladi.
372. Tegishli budjet mablag‘laridan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati mablag‘lar:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
tuman va shahar budjetlaridan qaytarilishi lozim bo‘lsa — tuman va shahar moliya bo‘limlari tomonidan;
DMJ budjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — DMJ taqsimlovchisi tomonidan bir ish kuni muddatida “O‘RMV” ATda ma’qullanadi.
373. Moliya vazirligi G‘aznachiligi, hududiy moliya organlari va DMJ taqsimlovchilari tomonidan “O‘RMV” ATda ma’qullangan to‘lov hujjati g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shu kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi va mablag‘lar tegishli budjetdan mavjud qoldiqlar doirasida qaytariladi.
374. Qaytarilgan va hisobga olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar g‘aznachilik bo‘linmalaridan oladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashish tartibi mavjud bo‘lganida ma’lumotlar soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarga “O‘RMV” ATdan elektron hujjat ko‘rinishida yuboriladi va qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi.
375. Soliqlardan tashqari ortiqcha to‘langan summalarini qaytarish mazkur Yo‘riqnomaning 37-bandiga muvofiq tegishli budjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilganida mablag‘ning soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarning tegishli jamg‘armasiga o‘tkazilgan qismi mazkur jamg‘armadan qaytariladi.
376. Alohida hollarda agar 10 ish kun mobaynida mablag‘lar ortiqcha kelib tushgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy tushumlar kelib tushishi kutilmayotgan bo‘lsa (asoslangan holda) soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan xulosalar ijrosi istisno tariqasida, bir ish kuni mobaynida tegishli budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda mablag‘lar mazkur Yo‘riqnomaning 371, 372 va 373-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
(371 — 376-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ortiqcha to‘langan to‘lovlarni tegishli budjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan qaytarish yoki hisobga olishda qaytarilgan yoki hisobga olingan summalar xarajatlarda aks ettirilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoki DMJ daromadlari ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan daromad turi bo‘yicha qaytarish yoki hisobga olish summasiga kamaytiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
39. Budjet tashkilotlarining joriy moliya yilida budjet yoki budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga to‘langan to‘lovlari summasi budjet tashkilotining to‘lov amalga oshirilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi. Bunda budjet tashkilotining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida joriy moliya yilining kassa xarajatlarining tiklanishi bo‘yicha operatsiya aks ettiriladi.
40. Agar budjet tashkiloti tomonidan o‘tgan moliya yilida budjet mablag‘lari hisobiga to‘langan to‘lov summasi qaytarilayotgan bo‘lsa, u holda mablag‘lar budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha (4004 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, kelgusida qaytarilgan to‘lov summasini tegishli daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish hamda tushgan to‘lov summasini tegishli budjet daromadiga taqsimlash orqali qaytariladi.
41. Agar budjet tashkiloti tomonidan o‘tgan moliya yilida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga to‘langan to‘lov summasi qaytarilayotgan bo‘lsa, u holda mablag‘lar budjet tashkilotining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi. Bunday holatda, qaytarilgan to‘lov summasi budjet tashkilotining joriy yildagi budjetdan tashqari jamg‘armasi tushumi manbasi sifatida aks ettiriladi, budjet tashkilotining o‘tgan moliya yilidagi kassa xarajatlari esa tiklanmaydi.
42. To‘lovchilarga to‘lovlar qaytarilganligi yoki hisobga olinganligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasi, g‘azna memorial orderi va boshqa to‘lov hujjatlari har kuni elektron tarzda “O‘RMV” ATdan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarning tegishli axborot tizimlariga taqdim etiladi.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga kelib tushgan to‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobini yuritish
43. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shahar budjetlari, DMJ budjetlariga ajratma qilingan to‘lovlar hisobini yuritish uchun “O‘RMV” ATning “Daromadlarni boshqarish” modulida har yili To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi yuritiladi.
44. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi Davlat budjeti hamda DMJ budjetlari tarkibiga kiruvchi har bir budjet uchun alohida ochiladi va yuritiladi.
45. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida to‘lovlar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq yuritiladi.
46. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida YaG‘Hga kelib tushgan, To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettirilgan, budjet tizimining tegishli budjetiga taalluqliligini aniqlash va budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlash tartib-taomillaridan o‘tgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shahar budjetlari, DMJ budjetlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
47. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitoblarida kelib tushgan to‘lovlarning hisobi to‘lovlar turi va budjet tizimi budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan sanalari bo‘yicha yuritiladi.
5-bob. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlarining daromad qismi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va hisobini yuritish
1-§. To‘lovlar kontingenti tushumi hisobini yuritish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga to‘lovlar kontingenti prognozining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish
48. To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida jamlanadigan ma’lumotlar asosida “O‘RMV” ATda:
tumanlar va shaharlar bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchilar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot;
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchilar kesimida to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risida tezkor jamlanma ma’lumot;
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risida hisobot shakllantiriladi.
49. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi ma’lumot davlat soliq xizmati va bojxona organlari bilan taqqoslangandan so‘ng moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni shakllantiradilar va yuqori turuvchi organlariga taqdim etadilar.
50. Tuman, shahar moliya organlari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga taqdim qiladilar.
51. Tumanlar va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari hisobotni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga taqdim qiladilar.
52. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni Moliya vazirligiga taqdim qiladilar.
53. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim qiladilar.
2-§. Daromadlar tushumi hisobini yuritish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlari daromadlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish
54. “O‘RMV” ATda:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot;
tumanlar va shaharlar budjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot;
DMJ budjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot.
55. Ushbu Yo‘riqnomaning 54-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot asosida “O‘RMV” ATda budjet tizimining tegishli budjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risidagi hisobot shakllantiriladi.
56. Daromadlar tushumi to‘g‘risidagi hisobot to‘lovlar turlari kesimida:
tumanlar va shaharlar budjetlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti;
DMJ budjetlari bo‘yicha shakllantiriladi.
57. Daromadlar tushumi to‘g‘risidagi jamlanma hisobot to‘lovlar turlari kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlari bo‘yicha shakllantiriladi.
6-bob. To‘lovlar kontingenti tushishi va ulardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar ustidan nazorat, shuningdek yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash
1-§. To‘lovlar kontingenti tushishi va ulardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar ustidan nazorat yuritish
58. To‘lovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan tegishli budjetlarga ushlanmalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi va bir xilligini ta’minlash maqsadida moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari o‘rtasida to‘lovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan budjet tizimining tegishli budjetlariga ajratmalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining majburiy ravishda taqqoslanishi o‘tkaziladi.
59. YaG‘Hga to‘lovlar kontingenti kelib tushishi va budjet tizimi budjetlari o‘rtasida to‘lovlarni taqsimlash jarayoni ustidan nazorat g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
60. Kelib tushayotgan to‘lovlar kontingentini “O‘RMV” ATda tegishli tuman, shahar xududiy kodlari bilan ochilgan daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirish, to‘lovlardan ajratmalar me’yorlariga majburiy tartibda amal qilinishini ta’minlash, shuningdek kelib tushgan, qaytarilgan, hisobga olingan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va birxilliligini ta’minlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha choralar ko‘rish nazoratning vazifasi hisoblanadi.
61. G‘aznachilik bo‘linmalari har kuni YaG‘Hga mablag‘lar tushishi va ularni budjet tizimi tegishli budjetlari o‘rtasida taqsimlash jarayonini nazorat qiladi.
2-§. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash
62. YaG‘Hga pul mablag‘larini o‘tkazishda, shuningdek to‘langan to‘lovlar summasidan budjet tizimi budjetlariga ajratishda yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘g‘rilanishi shart.
63. Banklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar banklar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalari hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda to‘g‘rilanadi.
64. Moliya organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar moliya organlari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalari hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda to‘g‘rilanadi.
65. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan moliya organlari hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda to‘g‘rilanadi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
66. Ushbu Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
67. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 24-mart
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA
To‘lovlar turlari
TASNIFI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r
To‘lov
turi
Nomi
Tarkibi
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
1.
08101
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha oldindan to‘lov
Soliq bo‘yicha majburiyatni muddatdan oldin ijrosi
2.
08102
Hisob-kitobga muvofiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlar
Soliq hisoboti bo‘yicha vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi, shuningdek soliq bo‘lmagan boshqa majburiy to‘lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar
3.
08103
Qayta hisoblashga asosan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovi
Kameral tekshiruvga asosan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovi
Kameral tekshiruv natijasida vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi
5.
08105
Soliq tekshiruvi natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar to‘lovi
Soliq tekshiruvi natijasida vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi
6.
08106
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisob raqamlariga o‘tkazib berilgan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar to‘lovi
Tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisob raqamlariga o‘tkazib berilgan qo‘shimcha hisoblangan soliq summasi hisobidan soliq majburiyati ijrosi
7.
08107
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan undirib olinadigan soliq to‘lovlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan undirib olingan soliq summasi hisobidan soliq bo‘yicha majburiyatlari ijrosi
8.
08108
Penyalar
Soliq to‘lovlari muddatlarini buzganligi uchun hisoblangan penya bo‘yicha soliq majburiyatlari ijrosi
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga to‘lovlar
9.
08201
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga asosiy to‘lov
10.
08202
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga to‘lov bo‘yicha penya
11.
08203
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga to‘lov bo‘yicha moliyaviy sanksiya
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga to‘lovlar
12.
08301
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga asosiy to‘lov
13.
08302
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga to‘lov bo‘yicha penya
14.
08303
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga to‘lov bo‘yicha moliyaviy sanksiya