311
Sug‘urta fondi. Sug‘urta fondi shunday pul fondiki, u kutil-
magan holatlardan ko‘rilgan zararni jismoniy va yuridik shaxs-
larga to‘la yoki qisman qoplash imkonini beradi. Sug‘urta fondi,
asosan, sug‘urta badallari hisobidan shakllanadi. Sug‘urtalanish
uchun sug‘urta badali to‘lanishi kerak. Sug‘urta badali milliy daroma-
dini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida ajralib chiqib, maxsus
fond bo‘lib shakllanadi. Yuridik shaxslar, fuqarolar o‘z daromad-
larining bor qismini sug‘urta to‘lovi sifatida sug‘urta tashkilotlari
ixtiyoriga o‘tkazadilar. Sug‘urtalanganlar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta
fondiga tushadigan mablag‘larning umumiy miqdori shuncha oshadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar to‘lagan badallardan sug‘urta fondi
paydo bo‘ladi, so‘ng bu fondlar hisobidan ko‘rilgan zararlar qopla-
nadi. Ya’ni sug‘urta tashkilotlari zarar miqdoriga qarab mablag‘
ajratadi. Sug‘urtalanuvchi bu mablag‘lar hisobidan zararlarni va
uning oqibatlarini tugatishga harakat qiladi. Undan tashqari,
sug‘urta fondi faqat zarar oqibatini tugatish emas, balki ularning
oldini olish, aniqrog‘i ogohlantirish tadbirlariga ham sarflanadi.
Buning uchun sug‘urta badallari tushumlaridan ma’lum foizi
ogohlantirish fondini tashkil qilishga ajratiladi va bu fond hisobidan
har yili qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Respublika hududida har yili majburiy va ixtiyoriy sug‘urta
badallari hisobidan ulkan sug‘urta fondlari shakllanadi. Bu fondlarning
sarflanishi, avvalo, xavf-xatarga bog‘liq. Agar sug‘urta hodisasi ro‘y
bermasa, zararni qoplashga sarflanadigan mablag‘
kam miqdorni
tashkil qiladi. Yirik miqyosda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lsa, yetkazilgan
zararni qoplash uchun sug‘urta fondidan mablag‘ sarflashga to‘g‘ri
keladi.
Sug‘urta bozori. Sug‘urta bozori bir necha sug‘urta tashkiloti
tashabbusi bilan shakllanadi. Undagi har bir sug‘urta tashkilotining
vakili o‘z ish xonasining faoliyati taklif qiladigan sug‘urta xillari
va shartlari haqida bo‘lajak sug‘urtalanuvchilarni tanishtiradi va
shulardan birortasini tanlashga yordam beradi, lozim bo‘lib qolsa,
shu yerning o‘zida sug‘urta shartnomasini rasmiylashtiradi. Sug‘urta
bozori bir shahar, mamlakat miqyosidagina emas, balki bir necha
mamlakat doirasida xalqaro sug‘urta bozori sifatida shakllanadi
va qayta sug‘urtalash tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Mustaqillikka erishganimizga qadar O‘zbekistonda sug‘urta
bozori bir tomonlama rivojlanib keldi,
chunki u davrda inson
hayoti va alohida shaxslarning mol-mulki sug‘urta qilinardi, xolos.
Undan tashqari, sug‘urta ishida davlat sug‘urta tashkilotlari mono-
312
polist bo‘lganligi tufayli bu sohada raqobat umuman bo‘lmagan.
Respublikamiz mustaqillikka erishib, jahon xo‘jaligiga
integra-
tsiyalashib borganligi tufayli mamlakatimiz bozoriga kirib kelgan
chet el kompaniya va firmalariga turli-tuman sug‘urta xizmatlari
zarur bo‘lib qoldi va bunday xizmatlar rivojlangan g‘arb mamlakatlari
darajasiga muvofiq kelishi kerak edi. 1997-yilda sug‘urta qonun-
chiligidagi muhim o‘zgarishlar tufayli davlat,
hissadorlik va
xususiy sug‘urta tashkilotlari vujudga keldi. Bu esa O‘zbekistonda
sug‘urta bozori jonlanib ketishiga asos bo‘ldi. Hozirda esa
yuqorida keltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar sababli O‘zbekiston
sug‘urta bozorida turli qo‘shma sug‘urta tashkilotlari va xususiy
sug‘urta tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: