O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Sug‘urta vazifalari. Ma’lumki, sug‘urtaning iqtisodiy mazmuni
uning vazifalarida ifodalanadi. Sug‘urtaning vazifalari bu iqtisodiy
dastak bajaradigan ishlardir. Vazifani bajarish esa vaqtinchalik


309
xarakterga ega bo‘lib, u bajarilganidan keyin boshqasini bajarishga
o‘tiladi. Funksiya deganda esa doimiy takrorlanib turadigan vazifalar
tushuniladi. Sug‘urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari
bilan bog‘langanligi tufayli ularning taqsimlash va nazorat funk-
siyalari sug‘urtaning ham funksiyalari qatoriga kiradi. Shu bilan
birga sug‘urtaning o‘ziga xos quyidagi funksiyalari bor:
1. Xavf-xatar funksiyasi;
2. Ogohlantirish funksiyasi;
3. Investitsiya funksiyasi;
4. Omonat funksiyasi;
5. Axborot funksiyasi.
Sug‘urtaning xavf-xatar oqibatlarini bartaraf etish funksiyasi 
bu funksiyaning zaruriyligi shundaki, qadim zamonlardan buyon
insoniyat tabiiy ofatlarni favqulodda vayronagarchilik va ulkan
zararlar keltirishni hamda ularni ishlab chiqarishga ko‘rsatgan
ta’sirini boshidan kechirishgan. Mahsulot, mablag‘, urug‘lik,
yoqilg‘i va moddiy ne’matlardan zaxira hosil qilganlar va ular
hisobidan ofat oqibatlarini tugatish uchun muhtojlarga yordam
berishgan. Zilzila, toshqin, yong‘in oqibatlari sug‘urtaning ana
shu funksiyasi amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar asosida
tugatilgan.
Sug‘urtaning ogohlantirish funksiyasi — sug‘urtaning bu
funksiyasi xavf-xatar funksiyasi bilan bog‘langan. Ma’lumki,
irrigatsiya va tabiatni muhofaza qilish kabi tadbirlar ko‘p mablag‘
talab qilgani uchun budjet hisobidan ta’minlanadi. Mahalliy
ahamiyatga ega bo‘lgan ogohlantirish xavfining oldini olish
tadbirlari sug‘urta to‘lovlarining tushumidan ajratma sifatida
beriladigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi. Bu mablag‘lardan,
asosan, uch yo‘nalishda foydalaniladi:
1. Yong‘indan ogohlantirish va yong‘inga qarshi kurash
tadbirlariga.
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi kamayishiga qarshi
tadbirlarga.
3. Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish
va ularning qirilib ketmasligi tadbirlarini bajarishga.
Sug‘urtaning ogohlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratila-
digan mablag‘lar favqulodda zararlarni va uning oqibatlarini
kamaytirishda katta ahamiyatga egadir.
Sug‘urtaning investitsiya funksiyasi — sug‘urtaning bu funksiyasi
shundan iboratki, sug‘urta badallarining yig‘ilishi va ular hisobidan


310
zararning qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir
bo‘lganligi uchun ishlatilmay bo‘sh turgan mablag‘lar hisobidan
zaxira fondlari tashkil etiladi va ularning ma’lum qismidan su-
g‘urta tashkilotlari tijorat maqsadlari uchun foydalanishadi. Ya’ni
bo‘sh turgan mablag‘lardan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli
qog‘ozlar sotib olib, ular hisobidan qo‘shimcha daromad olishadi.
Sug‘urtaning investitsiya funksiyasi bo‘sh turgan mablag‘lardan
samarali foydalanib, sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvolini
yaxshilashga yordam beradi.
Sug‘urtaning omonat funksiyasi. Sug‘urtaning omonat funksiyasining
omonat kassalarining funksiyasidan farqini quyidagilardan ko‘rish
mumkin: omonat kassalarida omonatlarga ma’lum muddatlarda
saqlangan davrga nisbatan shaxsiy sug‘urta va uning boshqa xillarida,
ma’lumki, foiz olish huquqi beriladi, mulk sug‘urtasida esa sug‘urta-
langan ma’lum muddatga badallarni to‘laydi va bu badallar sug‘urta
tashkiloti ixtiyorida bo‘ladi. Agar sug‘urta davrida biror sug‘urta
hodisasi ro‘y bersa, sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zararni o‘z hisobidan
qoplaydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyatlar mavjud emas.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish