O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Sug‘urta tushunchasi, sug‘urta turlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

16.3. Sug‘urta tushunchasi, sug‘urta turlari
Sug‘urta moliya munosabatlarining o‘ziga xos alohida shakli
bo‘lib, u yuz beradigan turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar,
oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan hodisa va voqealar natijasida
yetkazilgan zarar va talafotlarni bartaraf etishga qaratilgan maxsus
pul resurslaridir.
«Sug‘urta» tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining 1993-
yil 6-mayda qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonunida
quyidagicha ta’rif berilgan: «Sug‘urta — inson faoliyatining turli
sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va
boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni
jismoniy va yuridik shaxslar to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta
puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq va qisman
qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari
sug‘urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar demakdir».
Ko‘plab adabiyotlarda sug‘urta so‘zi xavf-xatar, dahshat,
vahima ma’nosida ishlatiladi, chunki ko‘rilgan tabiiy ofatlar va
baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zararlar
yetkaziladi. Lekin sug‘urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas,
balki ular orasida vujudga keladigan va paydo bo‘lishi mumkin
bo‘lgan favqulodda zararlar, ularning kuchini qirqishga qaratilgan
tadbirlar, zarar nati-jasida vujudga kelgan kamomadning o‘rnini
to‘ldirish, bu yo‘nalishda yuzaga keladigan sug‘urtalovchi tashki-
lotlar va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘zda
tutiladi. Bu munosabatlarning barcha yig‘indisi sug‘urta tushun-
chasini hosil qiladi.
Sug‘urtaning zarurligi. Inson yashashi uchun moddiy ne’mat-
larni uzluksiz yaratib borishi lozim. Lekin ishlab chiqarishning
barqaror rivojlanishiga tabiiy ofatlar, ko‘zda tutilmagan favqulodda
hodisalar salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsu-
lotning son-sifati darajasini pasaytirib yuboradi. Ishlab chiqarish-


308
ning doimiyligini ta’minlash uchun yetkazilgan talafot o‘rnini tezda
to‘ldirish, korxonalar va fuqarolarga zarar oqibatlarini tugatishda
yordam berish kerak. Buning uchun tashqaridan, birinchi navbatda,
pulli yordam uyushtirish zarur. Zararlar esa turli xil bo‘ladi. Katta
miqdordagi zararlarni qoplash uchun shunga yetarli miqdorda
jamg‘arma (fond) shakllantirish talab etiladi. Bu jamg‘arma,
asosan, sug‘urtalanuvchining badallari asosida shakllanib, to‘p-
lanib, uning hisobidan qoplanadi.
Sug‘urta uzoq tarixga ega bo‘lib, miloddan ancha oldin hukm-
ronlik qilib, Bobil podsholigi davrida ishlab chiqilgan va Hammurapi
joriy qilgan qoidada o‘z ifodasini topgan. Unda yirik savdo karvonlari
jamoasi uzoq safarga chiqqanda talafot ko‘rsa, zararni jamoa a’zolari
o‘rtasida barobar taqsimlash yo‘li bilan kamomadni qoplash ko‘zda
tutilgan va shu orqali hamkorlikda yordam uyushtirilgan. Ko‘zda
tutilgan bu qoida sug‘urta fondi tashkil qilingunga qadar kelib
chiqqan. Òo‘satdan yuz bergan hodisalar — qaroqchilar hujumi,
betob bo‘lib qolish kabilar natijasida kelib chiqqan zararni qoplash
usuli bir mamlakatda o‘rganilib, ikkinchi mamlakat savdogarlari
o‘rtasida ham qo‘llanila boshlangan va Markaziy Osiyo shaharlari
bo‘ylab keng tarqalgan. Keyinchalik bu qoida rivojlanib, karvonlar
safarga otlana boshlaganlarida «sug‘urta fondi»ni shakllantirish rusum
bo‘la boshlagan. Sug‘urtalash hayotiy, tarixiy zarurat tufayli kelib
chiqqan deyish mumkin.
Bu borada O‘zbekistonda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 1997-yilda Prezident Farmoni asosida «O‘zagrosug‘urta»,
«Kafolat», «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyalari vujudga keldi.
Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanadigan bu
fondlarni hosil qilishda sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urtalanuvchilar
o‘rtasida munosabat yuzaga keladi. O‘zbekiston sharoitida bu
munosabat yuzlab sug‘urta tashkilotlari bilan minglab korxona va
tashkilotlar, millionlab fuqarolar o‘rtasida shakllanadi.
Ko‘rsatilgan jismoniy va huquqiy shaxslar to‘lagan badallaridan
yuzaga keladigan pul fondlari ulkan miqdorni tashkil qiladi. Fond
paydo bo‘lgandan keyin uning hisobidan ko‘rilgan zararlar qopla-
nadi. Sug‘urta tashkiloti zarar miqdoriga qarab mablag‘ ajratadi.
Sug‘urtalanuvchi bu mablag‘lar hisobidan zararlarni va ularning
oqibatlarini tugatishga harakat qiladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish