O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.16. Soliq stavkasi
Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan
belgilab qo‘yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka
qat’iy summalarda yoki foizlarda obyektga nisbatan qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul inflatsiyaga uchrab turganligi
uchun qat’iy summalardagi soliq stavkalarini qo‘llash ancha
qiyinlashib boradi. Shuning uchun ham soliq stavkalarining
aksariyati foizlarda belgilangan.
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bir xil proporsiyada (ulushda)
soliq to‘laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy o‘rnatilgan bo‘lib,
proporsional ravishda olinadi. Agar daromad yoki foyda ortib
borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa,
bunday soliq stavkasi progressiv soliq stavkasi deyiladi.
Regressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot
ishlab chiqarishni ko‘paytirish yoki o‘z foydasidan biror turdagi
xarajatni (masalan, investitsiyani) ko‘paytirishni rag‘batlantirish
maqsadida qo‘llaniladi. Ya’ni regressiv soliq stavkasi usulida
daromad ortib borishi bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi
ko‘payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish ko‘payishi
bilan soliq stavkasi ham kamayib boradi.
Soliq obyekti. Nimaga soliq solinsa, shu soliq obyekti hisoblanadi.
Soliq obyekti uch guruhga bo‘linadi: oborot, daromad va mulk.
Ya’ni sotilayotgan mahsulot oboroti, olingan foyda (yoki daromad),
yer maydoni, transport vositalarining quvvati va boshqalar soliq
obyekti bo‘lib hisoblanadi. Obyekt qancha ko‘p, keng va katta bo‘lsa,


300
bir xil soliq stavkasi sharoitida mamlakat soliq yuki soliq to‘lovchilar
o‘rtasida shuncha pasayadi. Soliqqa tortilgan obyekt, asosan, soliq
nomini ifoda etadi va ko‘p hollarda soliq manbayiga mos keladi.
Masalan, korxona foydasiga soliq solishda soliq obyekti ham,
manbayi ham foydadir. Fuqarolar daromadi solig‘ining ham, soliq
obyektining ham manbayi fuqaro olgan yalpi daromaddir. Soliq
obyekti xilma-xil bo‘lib, u bevosita davlatning iqtisodiy siyosatiga
bog‘liq.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish