O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.15. Soliq turlari
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan
bo‘lib
1
, umumdavlat soliqlaridan hamda mahalliy soliqlar va
yig‘imlardan iborat.
Umuman olganda, soliq tizimining tarkibi va tuzilishi jahon
amaliyotida keng qo‘llanib kelinayotgan soliq tizimlariga mos
keladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda turli ko‘rinishdagi soliqlar
hamda majburiy yig‘imlar olinadi va ular muayyan vazifalarni
bajarishga xizmat qiladi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq
solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining
yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va
soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliqlar deganda qonunda belgilangan, muayyan miqdorlarda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz
xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul
to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona
to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxs-
lar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga
nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan, muayyan huquq-
larni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish
uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar hamda davlat boji tushu-
niladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi quyidagicha tasnifla-
nishi mumkin:
Soliq obyekti, soliq to‘lovchi va davlat o‘rtasidagi munosabat-
lariga ko‘ra, to‘g‘ri soliqlar va egri soliqlar mavjud.
Òo‘g‘ri soliqlar shaxslarning daromadlaridan, mol-mulklaridan
olinadi.
Egri soliqlar tovar yoki xizmat narxiga qo‘shiladi va soliq
to‘lovchi bu soliqni iste’molchi (xaridor, buyurtmachi)dan tovarni
sotgan paytida uning bahosiga qo‘shib qaytarib oladi. Egri
soliqlarning to‘lovchilari aslida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar
hisoblanadilar. Bunday soliqlar qatoriga aksiz, qo‘shilgan qiymat
solig‘i, bojxona to‘lovlari kiradi.
1
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. T., 2009, ¹ 52 (1).


298
Foydalanish maqsadiga ko‘ra, soliqlar umumiy soliqlar (masalan,
daromad solig‘i, aksiz, QQS) va maxsus soliqlarga (masalan,
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i,
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi
va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq va boshq.) bo‘linadi.
Soliq oluvchilar bo‘lgan davlat organlari turiga ko‘ra,
respublika soliqlari va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ko‘ra, soliqlarga
quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

yagona ijtimoiy to‘lov;

fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
sug‘urta badallari;

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Qonunda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning
soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llani-
lishi mumkin:

yagona soliq to‘lovi;

yagona yer solig‘i;


299

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilan-
gan soliq.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli
jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjat-
larida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Soliqlar joriy etilishi paytida soliq to‘lovchilar doirasi belgila-
nadi. Yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanishadi.
Korxonalarning filiallari va boshqa alohida bo‘laklari faoliyat
yuritayotgan hududda o‘z korxonalari nomidan soliq to‘lovchi
vazifasini bajaradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish