O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Budjet taqchilligi va uni bartaraf etish yo‘llari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.11. Budjet taqchilligi va uni bartaraf etish yo‘llari
Qoidaga ko‘ra, davlat budjetining daromadlari va xarajatlari
muvozanatda bo‘lishi zarur hisoblanadi. Ammo budjet xarajatlariga
va uning tarkibiga ichki, tashqi, iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Omillarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida
ayrim hollarda budjetlarda belgilangan xarajatlarga mablag‘larning
yetishmay qolishi kelib chiqadi. Bunday holat iqtisodiyot nazariya-
sida budjet taqchilligi deb aytiladi.
Budjet taqchilligining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillardan
biri bu davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining
uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining
kengayishi deb qaralmoqda. Bundan tashqari, budjet taqchilligiga
iqtisodiy hayotdagi tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz
va yuksalishlar ham ta’sir etadi. Jumladan, jahonning ayrim mam-
lakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy inqirozlar davrida davlat budjet mab-
lag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sohalarini ushlab turishga,
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarga katta investi-
tsiyalar qilishga majbur bo‘ladi.
Budjet taqchilligini bartaraf etishning asosiy yo‘li bu davlat
krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat tomonidan o‘z
aholisidan, boshqa davlatlardan qarz olishi tushuniladi. Davlat
qarz olishning asosiy shakli — bu davlat zayomlarini chiqarish
hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar
va boshqa xo‘jalik subyektlarining vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘larini qarz sifatida oladi.


291
Bundan tashqari, davlat o‘z mamlakati markaziy bankidan
ham qarz olishi mumkin. Bunday holatda markaziy bank bozordagi
tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha
pulni muomalaga chiqaradi. Bu bilan davlat budjetining taqchilligi
moliyalashtiriladi. Lekin bozordagi tovar massasi bilan bog‘lanma-
gan muomalaga chiqarilgan pul inflatsiyani kuchaytirishga ta’sir
ko‘rsatadi.
Budjet taqchilligini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy
mablag‘larini davlat boshqa mamlakatlardan yoki turli moliyaviy
institutlardan, jumladan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki
kabilardan olishi mumkin. Buning natijasida davlatning tashqi
qarzi kelib chiqadi. Agar davlat qarzlari ko‘payib borsa, milliy
daromadning foiz to‘lovlari shaklida, qayta taqsimlanishiga to‘g‘ri
keladi. Buning uchun davlat turli usullardan foydalanishi mumkin.
Jumladan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar joriy etishi, yanada
uzoq muddatli zayomlar chiqarishi mumkin.
Budjet taqchilligini bartaraf etishning asosiy va muhim yo‘llari,
bu budjetlarning xarajat qismini ijro etish, budjet hisobidan muayyan
mablag‘larning ajratilishi bilan bog‘liqdir. Budjetni ijro etish
jarayonida uning hisobidan u yoki bu xarajatlarni qoplash maqsadida
mablag‘ ajratilishi budjet krediti deb yuritiladi. Barcha kredit
taqsimlovchilar o‘zlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadga muvofiq
va tasdiqlangan smeta doirasida foydalanishlari lozim. Budjet
mablag‘laridan foydalanish paytida xato va kamchiliklarga yo‘l
qo‘yilmasligi va barcha darajadagi budjetlar ijrosi davlat hokimiyat
organlarining muntazam nazorati ostida bo‘lishi juda muhimdir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish