O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda milliy pul tizimini shakllantirish va uni



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

16.11. O‘zbekistonda milliy pul tizimini shakllantirish va uni
mustahkamlash bosqichlari
Pul har qanday davlat va jamiyat hayotida, uning taraqqiy
topishida juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Pul — insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot-
lardan biri sifatida ming yillardan buyon insonlar, davlatlar,
mintaqalarni bir-biri bilan bog‘lab kelmoqda, ular o‘rtasida nafaqat
iqtisodiy munosabatlar, balki madaniy-ijtimoiy aloqalarning avj
olishiga xizmat qilmoqda. Òarixda dastlabki pulning uch ming
yilga yaqin avval Xitoyda muomalaga kiritilgani haqida ma’lu-
motlar mavjud, qadimgi Hindistonda esa VIII asrlarda pul muoma-
laga kiritilgan
1
.
Sohibqiron Amir Òemur davrida pul muomalasi davlat tomo-
nidan muntazam tarzda tartibga solingan. Bu davrda puldan dav-
latni boshqarishdagi siyosiy murvat, xalqaro savdo-iqtisodiy aloqa-
larni rivojlantirish vositasi, davlatni moliyaviy ta’minlash manbayi
sifatida foydalanilgan, pul zarb qilish tizimlari keng rivojlangan
holda bo‘lgan
2
.
Hozirgi zamonda uning mavqeyi tobora mustahkamlanib bor-
moqda. Jahondagi barcha davlatlar o‘z iqtisodiy vaziyati, oldiga
qo‘yilgan vazifalarga mos keluvchi pul tizimini tashkil etishga hara-
kat qiladi. Zero, faqat ilmiy asoslangan, davlat va jamiyat manfaatlarini
yetarli hisobga oladigan pul tizimigina mamlakat iqtisodiy taraq-
qiyotiga xizmat qilishi, aholi turmush darajasining yuksalishiga
ko‘maklashuvi, moliyaviy jarayonlardagi salbiy holatlarning oldini
olishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 122-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
o‘z moliya va pul-kredit tizimiga egadir deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasida milliy valutani joriy etish va muo-
malaga kiritish bir necha yilni o‘z ichiga oldi hamda bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mus-
1
Ñåðåáðî îãðàíè÷åííîé êîíâåðòàöèè. ÍÒÂ, 2001, ¹ 31.
2
Ôèíàíñîâàÿ è ìîíåòàðíàÿ ñèñòåìà èìïåðèè Òåìóðà. ÍÒÂ, 2001, ¹ 28.


330
taqilligi e’lon qilingan dastlabki yillarda mamlakat hududida sobiq
SSSRning 1961-yilgi pul birliklari hamda 1992-yildan boshlab,
Rossiya Federatsiyasi tomonidan joriy etilgan rubl va uning
modifikatsiyalari muomalada bo‘lib keldi. O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-qarori
bilan O‘zbekiston hududida Rossiya banki banknotlari bilan
muomala qilish taqiqlandi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi pul birligining chet el valutasiga nisbati valuta
birjalaridagi savdo paytidagi narx-navoga asosan belgilanishi ko‘zda
tutildi va bu tadbir respublikada pul muomalasi barqarorligining
ta’minlanishida muayyan ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi
«O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish
to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, 1994-yil 1-iyuldan boshlab
100 so‘m-kuponga 1 so‘m nisbati bilan O‘zbekiston Respublika-
sining milliy valutasi «so‘m» muomalaga kiritildi. So‘m dastavval
1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 so‘mlik qog‘oz pullar hamda 1, 3, 5, 10,
20, 50 tiyinlik tanga chaqalar shaklida muomalaga chiqarilgan
bo‘lsa, keyinchalik 200, 500, 1000 va 2013-yilga kelib, 5000 so‘mlik
qog‘oz pul va 1, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik tanga pullar shaklida
to‘ldirildi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan milliy
valuta — «so‘m» xarid quvvatini va barqarorligini saqlab turish
maqsadida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Pul-kredit
siyosati sohasida tuzilgan doimiy hukumat komissiyasi pul
emissiyasini cheklash, naqd pul massasining banklarga qaytib
kelishini ta’minlash, pul muomalasini izdan chiqarishi mumkin
bo‘lgan omillarni bartaraf etish sohalarida izchil tadbirlarni amalga
oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini pul-kredit vositalari
orqali tartibga solish O‘zbekiston Markaziy banki zimmasiga yuk-
langan. Ana shu maqsadda tijorat banklari uchun majburiy zaxira
fondlari, hisob stavkalari miqdorini belgilash, iqtisodiy normativlar
joriy etish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish
kabi ishlarni bajaradi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
Qonunning 3-moddasiga muvofiq, Markaziy bankning bosh maq-
sadi milliy valuta so‘mning barqarorligini ta’minlashdan iborat
deyilgan. Qonunning 33-moddasiga muvofiq pul emissiyasi bilan


331
mutlaq tarzda Markaziy bank shug‘ullanishi, yangi banknotlar
uning tomonidan muomalaga kiritilishi va chiqarib olinishi belgilab
qo‘yilgan.
Naqd pul tushumlarini nazorat qilish va ularning o‘z vaqtida
bank muassasalariga topshirilishini ta’minlash yuzasidan bir qator
zarur choralar ko‘rilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi naqd pul
emissiyasini cheklash, muomaladagi naqd pul massasi hajmini
kamaytirish va shu orqali pul qadrsizlanishi jarayonlarini sekinlash-
tirishdan iborat. Shu maqsadda 1998-yil 10-dekabrda 564-tartib
raqami bilan «O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida pul
muomalasi yuzasidan ishlarni tashkil qilish yo‘riqnomasi» O‘zbe-
kiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan bo‘lib,
naqd pul bilan bog‘liq bank operatsiyalarining amalga oshirilish
asoslari, shartlari, tartiblari ushbu yo‘riqnomada belgilab qo‘yilgan
(2000-yil 31-iyulda 564-2-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan
¹ 7; 2000-yil 30-dekabrda 564-3-tartib raqami bilan ro‘yxatga
olingan ¹ 3; 2001-yil 27-oktabrda 564-4-tartib raqami bilan
ro‘yxatga olingan ¹ 4 qo‘shimchalari bilan).
Korxona va tashkilotlarda pul muomalasining tartibga solini-
shida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-mart-
dagi «Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya
etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni
muhim ahamiyat kasb etdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda mahsulot, ish, xizmat uchun
haq to‘lashning rivojlangan mamlakatlarda keng rusum bo‘lgan
va fuqarolar o‘rtasida keng qo‘llaniladigan shakli — plastik kartoch-
kalar orqali hisob-kitob qilish keng targ‘ib qilinmoqda hamda
tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Uning mohiyati tijorat banklari
tomonidan emissiya qilinadigan elektron magnit kartochkalarga
kodlangan bank mijozi mablag‘lari hisobiga naqd pulsiz hisob-
kitobni yo‘lga qo‘yishdan iborat va maqsad-mohiyati bilan
muomaladagi naqd («tirik») pul massasini kamaytirish, shu yo‘l
bilan emissiyani, pul qadrsizlanishining oldini olish, pul muomalasi
barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Pul tizimlarining bir maromda ishlashini ta’minlashga qaratil-
gan moliyaviy-texnik mazmundagi masalalar (pul belgilarini
tayyorlash, tashish, saqlash, inkassatsiya qilish, pul birliklari zaxira
fondlarini tashkil etish, zararlangan va yaroqsiz holga kelib qolgan


332
pul birliklarini almashtirish, yo‘qotib yuborish va boshq.) O‘zbe-
kiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonunchilik aktlari
asosida chiqariladigan me’yoriy hujjatlar vositasida tartibga solinadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
1995-yil 25-yanvarda «Bank muassasalarida pul tushumlarini
inkassatsiyalash yuzasidan emissiya-kassa ishlarini amalga oshirish
va qimmatbaho buyumlarni tashish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma»
tasdiqlangan.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR

Kredit;

kredit berish tamoyillari;

kredit berish muddatlari;

qisqa muddatli 

kreditlar;

o‘rta muddatli kreditlar;

uzoq muddatli kreditlar;

sug‘urta;
1. Bo‘sh pullar va ularning qanday manbalarini bilasiz?
2. Kreditning qanday turlari bor?
4. Kreditning vazifalarini sanab o‘ting.
5. Bank nima?
6. Banklarning vazifalari nimalardan iborat?
7. Markaziy bankning funksiyalarini ayting.
8. Bank faoliyatining huquqiy asoslarini bayon eting.
9. Òibbiyot sug‘urtasi nima maqsadda tuziladi?
10. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalashda, avvalo, qaysi ko‘rsatkichlarni
aniqlash talab etiladi?
11. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini qaysi sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalaydi?
12. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng qaysi vaqtdan boshlab amalga
kiradi?
13. Iqtisodiyotda pul qanday vazifalarni bajaradi?
14. Pul agregati deganda nimani tushunasiz?
15. Pul muomalasi qonuni qanday aloqadorlikni bildiradi?
16. Pulning qadri nimalar bilan belgilanadi?
17. Inflatsiyaning qanday sabablarini bilasiz?
18. Inflatsiyaning salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
19. Pul muomalasining davlat tomonidan tashkil etilishining zarurligi va
huquqiy asoslarini aytib bering.
20. Pulning funksiyalarini sanab o‘ting.
21. Pul muomalasini tashkil etishda Markaziy bankning vakolatlari nimalardan
iborat?

sug‘urta summasi;

sug‘urta fondi;

pul qiymat o‘lchovi;

pul muomala vositasi;

pul jamg‘arish vositasi;

pul muomalasi qonuni.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish