O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


333
17-bob.
 JAHON BOZORI VA XALQARO SAVDO
17.1. Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi
Bozor iqtisodiyoti o‘z tabiatiga ko‘ra, ochiq iqtisodiyotdir.
Shuning uchun u butun jahon mamlakatlari miqyosida tovarlar
va xizmatlar bilan savdo-sotiq, umuman, keng iqtisodiy hamkor-
likni talab qiladi. Bunday hamkorlikning asosiy shaklini xalqaro
tovarlar va xizmatlar savdosi tashkil etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi klassik namoyandalarining, jumladan,
Adam Smit ta’limotiga ko‘ra, butun dunyo mamlakatlari iqtiso-
diyoti, eng avvalo, shu mamlakatlardagi mavjud tabiiy resurslarga
asoslangan holda rivojlanadi. Bu, o‘z navbatida, turli mamlakatlar
xo‘jalik faoliyatining ixtisoslashuviga olib keladi va bu shu mam-
lakat uchun mutlaq ustunlik imkoniyatini beradi, natijada xalqaro
mehnat taqsimoti qonuni degan obyektiv iqtisodiy qonun mavjud
ekanligini bildiradi. Bunday holat ularning o‘zlarida ishlab chiqaril-
maydigan tovarlar va xizmatlarning o‘zaro almashuvi zaruriyatini
keltirib chiqaradi.
Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi ayrim
mamlakatlarning ma’lum turdagi tovarlarni, butlovchi qismlar va
detallarni ishlab chiqarishga chuqur ixtisoslashib ketishiga olib
kelgan. Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti, ishlab
chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaysi
bir mamlakatda qaysi bir tovarlarni kam xarajat bilan sifatli ishlab
chiqara olish imkoniyati bo‘lsa, shu soha rivojlanib boradi. Masa-
lan, o‘rmonzorlari ko‘p bo‘lgan mamlakatda yog‘ochsozlik sanoati
rivojlangan bo‘lsa, paxta yetishtirishga mos bo‘lgan iqlimga ega
mamlakatlarda paxta sanoati rivojlangan. Shu sababli xalqaro
mehnat taqsimoti iqtisodiy qonun sifatida o‘rganiladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti iqtisodiy qonuni talabiga ko‘ra, har
bir mamlakatda qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish
qulay bo‘lsa, shu mahsulotni boshqalarga sotadi. Qaysi mahsulotni


334
mamlakat ichida ishlab chiqarish imkoni bo‘lmasa yoki bu
mahsulot unga qimmatga tushsa, tashqaridan sotib olinadi.
Masalan, Rossiya neftni, yog‘ochni, Yaponiya mashina va zamo-
naviy texnikalarni eksport qilsa, O‘zbekiston uchun paxtani eksport
qilish afzal va foydali hisoblanadi. Rossiya, Yaponiya va Yevropa
mamlakatlari bizdan paxta tolasi va undan tayyorlanadigan
mahsulotlarni sotib olishsa, biz ulardan zamonaviy texnika hamda
texnologiyalarni xarid qilamiz.
Mamlakatlarning ma’lum mahsulotlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvi ularda mehnat unumdorligining oshishiga, bu esa,
o‘z navbatida, mahsulot tannarxining arzonlashuvi, sifatining
yaxshilanishiga olib keladi.
Xalqaro savdoda turli mamlakatlar har xil darajada qatnashadi.
Iqtisodi qoloq, asosan, xomashyo ishlab chiqarayotgan mamlakatlar
boshqalarga xomashyo resurslar yetkazib bersa, iqtisodi qudratli
mamlakatlar tayyor sanoat mahsulotini yetkazib beradi. Mamlakat-
larning xalqaro ixtisoslashuvda qatnashish darajasi uning eksport
va importining yalpi mahsulot tarkibidagi hissasiga qarab
aniqlanadi.
Xalqaro ixtisoslashuv jahon mamlakatlari orasida tobora
chuqurlashib bormoqda. Ayniqsa, bu holat sanoatning yangi soha-
larini qamrab olmoqda. Xalqaro miqyosda aloqalar chuqurlashuvi
mamlakatlarning bir-biriga bog‘liqligini shunchalik kuchaytirib,
ularning hamkorlik doirasini kengaytirib yuborganki, natijada
iqtisodiy globallashuv jarayoni vujudga kelgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston bozorida dunyoning barcha mamla-
katlaridan keltirilgan tovarlarni ko‘rish mumkin. Bu bozor iqtiso-
diyoti uchun tabiiydir, chunki hozirgi iqtisodiy hayotni eksport-
importsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xalqaro savdo, eng avvalo, har
bir mamlakat uchun iqtisodiy manfaatdorlik asosida olib boriladi.
Manfaat, ya’ni foyda ko‘rish savdo-sotiqning asosiy qonunidir.
Bu qonun iqtisodiyotda nisbiy afzallik qonuni deb yuritiladi. Bu
qonunga ko‘ra, tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarining turli
mamlakatlarda farqlanishi natijasida tovar ayirboshlash zaruratga
aylanishini izohlaydi. Bu qonunni ingliz klassik iqtisod nazariyasi
asoschisi David Rikardo asoslab bergan. Nisbiy afzallik qonuniga
ko‘ra, bir mamlakatda boshqa mamlakatga qaraganda qaysi tovarni


335
ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori, xarajatlar past
bo‘lsa, shu tovar eksport qilinadi.
Muayyan tovarning nisbatan arzon yoki qimmatga tushishi
uni eksport yoki import qilishga olib keladi, tovari arzonga tushgan
mamlakat nisbiy afzallikka ega deyiladi. Nisbiy afzallikni turli
omillar yuzaga keltiradi, ular qatoriga quyidagilar kiradi:

birinchidan, tabiiy resursga boy mamlakat undan olingan
tovarlarni arzonga tushirib, afzallikka ega bo‘ladi. Masalan,
O‘zbekiston paxta, meva-sabzavot, Qozog‘iston bug‘doy, chorva
mahsulotlari, Gruziya va Hindiston choy yetishtirishda katta
afzallikka ega, chunki bunga qulay tabiiy hamda iqlim sharoitlari
mavjud;

ikkinchidan, mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyatining
yuqori bo‘lishi iqtisodiy afzallikni ta’minlaydi. Masalan, AQSH,
Xitoy, Yaponiya kabilar;

uchinchidan, turli mamlakatlarda to‘plangan tarixiy tajriba
ustunlik beradi. Masalan, Angliya jun matolar, Xitoy ipak matolari
to‘qish bo‘yicha uzoq yillik tarixiy tajribaga egadirlar;

to‘rtinchidan, resurslarning, eng avvalo, ish kuchining mamla-
katda arzonligi ham afzallik beradi. Bular jumlasiga Xitoy, O‘zbe-
kiston, Vyetnam va boshqalar kiradi.
Lekin shuni aytish kerakki, bu afzallik doimiy bo‘lmay, o‘zgarib
turadi, afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatlar asta-sekin muayyan
sohalarda imtiyozga erishadi. Masalan, hozirgi vaqtda ayrim yangi
rivojlanib kelayotgan mamlakatlar bo‘lmish Singapur, Malayziya,
Koreya Respublikasi so‘nggi yillarda sanoatning muhim sohalarida
afzallikni qo‘lga kiritib, ular sifatli va arzon tovarlarni ishlab chiqa-
rib, jahon bozorlarini egallashmoqda.
Afzallik eksportchilarga ham, importchilarga ham qulay imko-
niyatlar yaratib, katta foyda olishni ta’minlaydi. Natijada muayyan
tovarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega mamlakatlar uni im-
port qilishlari mumkin. Iqtisodiy afzallik katta foyda keltirib, shu
mamlakatda ishlab chiqarishning o‘sishini rag‘batlantiradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston jahon bozorining faol ishtirok-
chisi sifatida, o‘zining eksport-import tarkibini ko‘proq sanoat
mahsulotlari eksportini ko‘paytirish evaziga o‘zgartirib borishga
erishmoqda.


336

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish