212
Har qanday ishlab chiqarishda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida
ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida
sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari esa davlat, xususiy, shaxsiy,
jamoa mulki shaklida bo‘lib, turli mulkchilikka asoslanadi. Shun-
dan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda
hozirgi davrda qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarish korxonalari shakli, asosan, fermer,
dehqon xo‘jaligi kabi shakllarida tashkil qilingan. Ularning asosiy
kapitali turli bino, inshootlar, traktor va boshqa agregatlar, trans-
port vositalari, ko‘p yillik daraxtlar,
mahsuldor chorva mollari,
shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan turli xil
asbob-uskunalardan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining eng asosiy ishlab chiqarish
vositasi bo‘lgan
yer qiymati, kapital qiymati tarkibida hisobga
olinmaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari asosiy kapitalining ayrim
turlari sanoat tarmoqlaridan farq qiladi. Ishlab chiqarish qurol va
vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar
ishlab chiqarish jarayonida faol
qatnashadi va uning pirovard
natijasiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Shunga binoan qishloq xo‘jaligi
korxonalari kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, mexa-
nizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma kapitali quyidagilardan
iborat bo‘ladi: urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati
bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari — asbob-
uskunalar, yoqilg‘i va moylash materiallari, boquvga qo‘yilgan
hayvonlar, yem-xashak kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni mavsumiy
xarakterda bo‘lib, mahsulotlarni ishlab
chiqarish va ularni sotish
davrida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni
pul shaklidan ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari
shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqa-
rilgan mahsulotlarning miqdori, uning sifati ham yerning hosildor-
ligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy-biologik, iqtisodiy
sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan
kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir agrar xo‘jalikning
muhim vazifasi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish
jarayoni mavsumiyligi korxona xo‘jaligida mavjud bo‘lgan qurol-
vositalaridan, ya’ni turli ekish agregatlari, hosilni yig‘ib-terib olish
kombaynlari kabilardan foydalanish ham mavsumiy bo‘ladi, qolgan
vaqtda esa ular bekor turadi.
213
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat jarayonlarining
mavsumiyligi sababli, yil davomida aylanma mablag‘larning sarfi
bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilina-
digan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar bo‘ladi.
Masalan, qishda aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi (urug‘lik,
yem-xashak, turli oziqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida
turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning
butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib
boradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida
sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning
samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. O‘zbe-
kiston aholisining turli hududlar bo‘yicha turlicha joylashganligi,
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlarning cheklan-
ganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi.
Lekin bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar
islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
Buning natijasida hozirgi vaqtda respublikamizda dehqon, fermer
xo‘jaliklari vujudga keldi. 2017-yilning boshida fermer xo‘jalik-
larining umumiy soni 160,4 taga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: