O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Iqtisodiyotni tartibga solishning Keynscha modeli



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

10.6. Iqtisodiyotni tartibga solishning Keynscha modeli
Biz yuqorida bozor iqtisodiyotining o‘zini o‘zi tartibga solish
to‘g‘risida to‘xtalib, J.B. Seyning tovar taklifi o‘z-o‘zidan tovarga
talab yaratadi qoidasiga amal qilishini ko‘rsatib o‘tgan edik. Keyns
esa Sey qonuniga tanqidiy yondashib, bozorni tartibga soluvchi
«asosiy psixologik qonun» mavjud degan fikrni olg‘a surgan. Uning
fikricha, bozor rivojlanib borgan sari, aholi daromadlari ham o‘sib
boradi. Natijada odamlar daromadlarining bir qismini jamg‘arishga
ajrata boshlaydilar. Jamiyatda topilgan daromadidan ishlatilmay
qolgan kattagina qismini jamg‘arishga moyillik hissi paydo bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, bozorda jami talab jami taklifga mos kelmay
qoladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchilarning resurslarga tala-
bining kamayishiga olib keladi. Chunki tovar ishlab chiqaruvchilar
foydasi pasaygani uchun ularda kelajakda oladigan foydalariga
ishonchlari yo‘qoladi. Bunday holatda ular o‘z mablag‘larini endi
ishlab chiqarishga emas, banklarga qo‘yib yoki qarzga berib, barqaror,
yuqori foiz olish evaziga ham yashayverishlari mumkin bo‘ladi.
Bunday holatda J.M. Keynsning fikricha, davlatning markaziy
vazifasi aholi daromadlarining o‘sishiga olib keluvchi «samarali
talab»ni ta’minlash zarur bo‘ladi. Agar davlat shunday qilsa, buning
oqibatida aholining ish bilan bandligi va, o‘z navbatida, daromadlari
oshadi, bu ishlab chiqaruvchilarning foydasi oshishiga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Keyns bozor iqtisodiyoti
yalpi taklif bilan yalpi talab o‘rtasida mustahkam muvozanatni
ta’minlashga qodir emasligini asoslab beradi. Shuning uchun
bunday muvozanatni davlat iqtisodiyotda samarali talabni ta’min-
lash vazifasini o‘z zimmasiga olishi kerak, degan nazariy modelni
yaratadi. Bu makroiqtisodiyotni tartibga solishning tamomila yangi
modeli hisoblanib, iqtisodiyot nazariyasida u neoklassik yo‘na-
lishida yangi inqilobiy burilish deb aytiladi.
Jon Maynard Keynsning bu nazariyasi uning 1936-yil bosma-
dan chiqqan «Ish bilan bandlik, protsent va pulning umumiy naza-
riyasi» nomli mashhur asarida o‘z ifodasini topgan. Bu asarning


204
asosiy masalasini Iste’mol xarajatlari + Investitsiya + Davlat
xaridlari Yalpi talab tashkil etadi.
J.M. Keyns iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda
eng muhim masala, bu aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni
bartaraf etish iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir deb qaraydi. Uning
fikricha, ish bilan band bo‘lish samarali taklif bilan, taklifning
o‘zi esa aholining va tadbirkorlarning ishlab chiqarish xarajatlari
bilan belgilanadi. Bandlik, iste’mol va investitsiya bir-biri bilan
bog‘liq. Bandlik iste’molni kuchaytiradi, iste’mol va investitsiya
o‘zgarsa bandlik ham o‘zgaradi, deydi. Keyns fikricha, iste’mol
funksiyasi nisbatan barqaror, shuning uchun davlat investitsiyani
rag‘batlantirib turishi kerak.
J.M. Keyns davlat xarajatlari masalasida mamlakatdagi ayrim
samarasiz tarmoqlarni, kommunal xo‘jalik korxonalarini budjetdan
moliyalashtirish, ayniqsa, aholining ma’lum qatlamiga yordam
berish kabilarni tavsiya etadi. Budjet orqali talabni kengaytirish
ishsizlikni, oqibatda esa, ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinligini
kamaytiradi. Davlat xarajatlarining zarurligi va samaradorligini
ularni ishlab chiqarish hajmi, daromadlar, bandlikka ta’siri nuqtayi
nazaridan asoslab berish uchun J. M. Keyns «multiplikator» naza-
riyasini ishlab chiqadi.
Uning fikricha, investitsiyaning o‘sishi ishlab chiqarishga qo‘shim-
cha ish kuchini jalb qiladi, u, o‘z navbatida, qo‘shimcha daromad
va iste’molni yuzaga keltiradi. Natijada sarflangan investitsiyaga
qaraganda ishlab chiqarish hajmi va daromad bir necha barobar ko‘p
o‘sadi. Bu natija esa multiplikator effekti deb ataladi. Chunki
investitsiyalar iqtisodiyotda o‘zgarish sodir qiladi va u xuddi zanjir-
simon reaksiya bo‘lib, har bir keyingi bosqichda so‘nib borayotgan
tarzda bo‘lsa ham YIMning bir necha marta o‘zgarishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda iste’mol bilan jamg‘arishning mutanosibligi
saqlanishiga davlat tomonidan muhim e’tibor qaratiladi, chunki
birining ortishi ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Agar
mamlakatda ko‘proq jamg‘arilsa, iste’mol kamaytiriladi, bu, o‘z
navbatida, daromadning ham qisqarishiga olib keladi. Chunki
iqtisodiyotda bir subyektning xarajati ikkinchisining daromadi
bo‘ladi. Daromadning pasayishi, o‘z navbatida, jamg‘arishning
pasayishiga olib keladi, kapitallashgan tovarlarga bo‘lgan talab
qisqaradi. Bu esa investitsiyaning qisqarishiga olib keladi. Demak,
multiplikator ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Investitsiyaning
o‘sishi milliy daromadning multiplikativ ko‘payishiga olib keladi.


205
Ikkinchi tomondan, investitsiyaning uncha ko‘p bo‘lmagan qisqa-
rishi keskin ravishda milliy daromadning kamayishiga olib keladi.
Shu bilan bir qatorda investitsiya kam bo‘lsa, ishsizlikning ko‘payi-
shiga, jamg‘arishdan ortishi esa inflatsiyaning o‘sishiga olib keladi.
Investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo‘lsa, pulni inves-
titsiya qilgandan ko‘ra, jamg‘arish qulay bo‘ladi. Agar investi-
tsiyadan olinadigan daromad pasaysa, investitsion faollik ham susayadi.
Aksincha bo‘lsa, faollik ham kuchayadi. Demak, davlat ana shu
faollikni ta’minlash uchun doimo sharoit yaratib turishi kerak bo‘ladi.
J.M. Keynsning bu nazariy modeli davlatning iqtisodiyotni
uzoq muddatga asoslangan tartibga solishiga qaratilgan. Uning
parametrlari va yo‘nalishlari har bir mamlakatning xususiyatidan
kelib chiqib, milliy iqtisodga moslashtirilishi kerak bo‘ladi. Hozirgi
vaqtda bozor tizimida yashayotgan davlatlar o‘zining fiskal
siyosatini Keyns nazariyasiga asoslanib olib borishmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, iqtisodiyotni tartibga solishning
Keyns modelining asosiy xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:

davlat budjeti orqali milliy daromadning qayta taqsimlana-
digan ulushi yuqori bo‘ladi;

davlat va aralash korxonalar tashkil qilinishi, davlat tadbirkor-
ligini keng rivojlantirishga olib keladi;

iqtisodiyotning moliya-budjet va pul-kredit mexanizmlaridan
foydalanib vaziyatni barqarorlashtirish, siklli tebranishlarni tartibga
solish, bandlik darajasini ko‘tarish, iqtisodiy o‘sish sur’atini qo‘llash
uchun keng foydalaniladi.
J.M. Keyns tomonidan taklif etilgan iqtisodiyotni tartibga solish
modeli hozirgi vaqtda ko‘p mamlakatlarda, ayniqsa, AQSH,
Angliya va boshqa g‘arb mamlakatlarida keng qo‘llaniladi va iqtiso-
diyotni tanglikdan olib chiqishga yordam bermoqda.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish