O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Iqtisodiyotni tartibga solishda fiskal siyosat



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

10.5. Iqtisodiyotni tartibga solishda fiskal siyosat
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi mamlakat-
dagi moliyaviy resurslarning davlat va jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan
maqsad va vazifalarni amalga oshirishi uchun yetarli darajada taqsim-
lanishini hamda qayta taqsimlanishini ta’minlab bera olmaydi.
Shuning uchun davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi obyektiv zarur
bo‘lib qoladi. Bu davlatning fiskal siyosati orqali amalga oshiriladi.
Fiskal siyosat davlatning budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Bu
siyosatni davlat soliq, budjet, sarmoya, amortizatsiya siyosati kabilar
orqali turli davlat organlari yordamida amalga oshiradi.
Fiskal siyosatning eng asosiy vazifasi — davlat pul fondlarini
markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy-
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Fiskal siyosat
ikki xil bo‘ladi — avtomatik va diskretsion.
Avtomatik fiskal siyosat deganda, hukumat tomonidan ilgari
kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy barqarorlashtiruvchi
vositalar (stabilizatorlarni) qo‘llashni davom ettirish tushuniladi,
ya’ni davlat qonun yo‘li bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga
binoan, moliyaviy me’yorlar joriy etiladi va ular sharoit o‘zgarishiga
qarab avtomatik ravishda amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq
stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning inflatsiyaga
qarab indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi
me’yorlarni kiritish mumkin. Bu mexanizmning asosini soliq tashkil
etadi. Misol uchun, soliqlar summasi daromadlar miqdoriga bog‘liq
ravishda avtomatik tarzda kamayishi yoki ko‘payishi mumkin.
Soliqqa tortishning progressiv stavkalari asosida YIM o‘sishi bilan
avtomatik tarzda soliq tushumlari ko‘payadi. Aksincha, inqirozlar
davrida soliq tushumlari avtomatik tarzda qisqaradi.
Diskretsion fiskal siyosat deganda, sharoitga qarab yangi norma-
tivlarni kiritish yo‘lidan borishga aytiladi. Bu siyosat shaklida davlat
yangi soliq stavkalari joriy qilinadi, budjet mablag‘larini sarflash
normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‘zgargan sharoitga


202
moslashish siyosati hisoblanadi. Odatda, iqtisodiyot barqaror o‘sib
borayotganda avtomatik inqirozlar davrida undan chiqish uchun
diskretsion siyosat ustuvor bo‘ladi.
Fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiyotga budjet hisobidan davlat
ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘zgartirish uchun katta sarmoyalar
qiladi. Iqtisodiyotning ayrim ahamiyatli soha va tarmoqlariga sub-
sidiyalar beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib
olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib korxonalar foydasi
ko‘payadi.
Budjet siyosati, eng avvalo, ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini
kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Investitsiya siyosati — bu iqtisodiyotning kerakli sohalarga inves-
titsiya resurslari yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir.
Davlat bu siyosat orqali mamlakatda investitsion faollikni oshirishga
yoki kamaytirishga harakat qiladi. Natijada milliy iqtisodiyotning
tarkibini o‘zgartirish orqali ishlab chiqarishni, eksportga mo‘ljallan-
gan sohalarini rivojlantiradi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda fiskal
siyosatning har ikki shaklidan ham foydalanilmoqda.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishni budjet xarajatlari
orqali amalga oshirishi quyidagilarga:

xarajatlarning miqdoriga, ya’ni ularning YMMga nisbatan
ulushiga;

xarajatlar tarkibiga;

xarajat qilingan mablag‘larning samaradorligiga bog‘liq bo‘lar
ekan.
Hozirgi zamon jahon mamlakatlarining barchasida davlat
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda har ikki siyosatdan
birgalikda foydalaniladi. Bu amaliyotni ta’riflab taniqli iqtisodchi
Pol Xeynening yozishicha, so‘nggi yillarda davlatning pul-kredit
siyosati bilan fiskal siyosati teng ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan-
ligini ko‘rsatadi. Chunki so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan iqtisodiy
inqirozlar unchalik og‘ir kechmayapti, lekin inflatsiya doimiy
xarakterga ega bo‘lib qolmoqda. Inflatsiyani pul muomalasiga ta’sir
etish orqali samaraliroq davolash mumkin deydi.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llaridan yana biri —
boj olish va eksport uchun litsenziyalar berish orqali amalga
oshiriladi.
Hozirgi davrda davlatning iqtisodiyotni tartibga solish amaliyo-
tida muhim rolni uning valuta siyosati o‘ynaydi. Davlat bu siyosatni
valuta munosabatlarining qonun-qoidalarini ishlab chiqish orqali


203
amalga oshiradi. Bu qonunlarda valutalarni sotib olish yoki sotish,
valuta kursini belgilash yo‘llari bilan olib boradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytsak, davlat o‘zining iqtisodiy
siyosati orqali bozor subyektlarining faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatish
yo‘li bilan iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshiradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish