10.3. Davlatning iqtisodiy roli va vazifalari
Kishilik jamiyati taraqqiy etib borgan sari tabiiy va iqtisodiy
jarayonlarni tartiblash, boshqarish zaruriyati tobora kuchayib
boryapti. Jamiyat hayoti ham murakkablashib borib, iqtisodiy
faoliyatda band bo‘lganlar soni mislsiz ko‘paymoqda. Bunga sabab
shuki, davrlar o‘tib borgani sari, mamlakatlar va dunyo aholisi
ko‘payib, har bir kishining va umuman, dunyo aholisining
ehtiyojlari uzluksiz o‘sib boryapti. Aholi ehtiyojlarining cheksiz
o‘sib borishi va ularni qondirish uchun tobora ko‘proq moddiy-
ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish talab qilinadi.
Bunday talabni qondirish maqsadida kishilik jamiyati tabiiy-
iqtisodiy jarayonlarga o‘z ta’sirini kuchaytirib kelmoqda. Yangi-
yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, yirik suv inshootlarining barpo
etilishi, sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi,
transport va aloqa sohalarining, savdo-sotiqning va xo‘jalikning
boshqa sohalari kengayib, murakkablashib borishi, shahar va
194
qishloqlarning vujudga kelishi va obod bo‘lishi — bu jarayonlarni
tartiblash, boshqarib borishni talab qiladi.
XXI asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi asri, sanoat
asri, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish,
robotlashtirish, kompyuterlashtirish va axborot asri kabi nomlar
bilan kirib keldi. Xuddi shu asrda boshqa asrlarda yuz bermagan,
o‘ziga xos voqelik yuz berdi, dunyo aholisining soni so‘nggi yuz
yillik davomida to‘rt barobarga yaqin ko‘paydi. Insonning cheksiz
ehtiyojlarini cheklangan resurslar asosida qondirish muammosi —
olamshumul muammolardan biriga aylandi.
Insonning cheksiz ehtiyojlarini qondirishning birdan bir vositasi
insonlarning ongli faoliyati asosida amalga oshiriladigan ishlab
chiqarish va turli xizmatlar ko‘rsatishdir. Ishlab chiqarish xodim-
larning moddiy manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Ishlab
chiqarishning har bir qatnashchisi o‘z mehnat faoliyati natijasidan
ko‘proq naf ko‘rishga intiladi. Ko‘proq naf ko‘rishga intilish va
bu maqsadga erishuv haqqoniy ravishda odamlarning tabaqala-
shuviga olib keladi. Jamiyat a’zolari orasidan ko‘plab ishbilar-
monlar, tadbirkorlar, mohir boshqaruvchilar yetishib chiqib, mam-
lakat iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqlar farovonligini oshirishga
katta hissa qo‘shdilar, o‘zlari esa yirik mulkdorlarga aylandilar.
Bu jarayon, ayniqsa, XX asrning 20—30-yillarida jadal kechdi.
Bu davrga kelib, dunyoning qator mamlakatlarida ulkan iqtisodiy
ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, texnologiya imkoniyatlariga, butun
bir davlatning kuch-qudratiga teng keladigan kuch-qudratga ega
bo‘lgan ulkan korporatsiyalar vujudga keldi. Bunday ulkan
korxonalar, birlashmalar, banklar millatlarning kuch-qudratiga
aylandi. Davlat siyosatining taqdiri, xalq taqdiri ko‘p jihatdan
xuddi shu korxonalarning faoliyati natijasiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Qolaversa, bunday ulkan korporatsiyalar dunyo mamlakatlariaro
o‘zlarining ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, servis va
axborot turini to‘qib, transmilliy xarakterga ega bo‘lib qoldilar.
Binobarin, dunyodagi ko‘p mamlakatlar va xalqlar taqdiri ham u
yoki bu darajada transmilliy korporatsiyalar faoliyatiga aloqador.
XX asr ishlab chiqarishidagi yana bir xususiyat shuki, muayyan
mamlakat korxonalarining eng katta qismini tashkil etgan kichik
va o‘rta korxonalar aksariyat ko‘pchiligining faoliyati ulkan korpo-
ratsiyalar faoliyati bilan integrallashib ketgan. Ular ulkan korpo-
195
ratsiyalar uchun ma’lum qismlar, detallar yetkazib beruvchi korxo-
nachalarga aylanib ketgan.
Qayd etib o‘tilganlardan kelib chiquvchi xulosa shuki, hozirgi
davrga kelib, dunyo miqyosida, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda
xalq xo‘jaligi nihoyatda kengayib, murakkablashib ketdi. Mam-
lakatlar ichidagi va tashqarisidagi necha o‘nlab, necha yuzlab
korxonalarning iqtisodiy faoliyatlari bir-birlari bilan kirishib,
chirmashib, bir mexanizmga aylangan. Ishlab chiqarish jarayonida
bir necha millionlab, milliardlab qiymatga ega bo‘lgan asosiy ishlab
chiqarish fondlari qatnashadi. Korxonalar ko‘rishi mumkin bo‘lgan
foyda ham, zarar ham juda katta raqamlarda ifodalanadi.
Mabodo, qaysidir korxona tanazzulga yuz tutadigan bo‘lsa, u
keltirishi mumkin bo‘lgan zarar mamlakat iqtisodiyotining katta
qismini o‘pirib ketadi. Binobarin, hozirgi davrga kelib, iqtisodiyotni
tartibga solish, boshqarishning ahamiyati nihoyatda oshdi, uning
faoliyat doirasi o‘ta kengayib boryapti. Shuning uchun iqtisodiyot-
ning muhim tarmoqlari bir-biriga mutanosib ravishda rivojlanishini,
aholining kundan kunga uzluksiz o‘sib borayotgan ehtiyojlarini
ta’minlash kabi vazifalarni, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartib-
lashdagi rolini o‘ta dolzarb va obyektiv zarurat qilib qo‘ygan.
Davlatning quyidagi uch vazifani bajarishdagi faoliyati bozor
tizimi mustahkamlanishi va kengayishini ta’minlaydi:
1. Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.
2. Milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar
taqsimotini tartibga keltirish.
3. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotdagi tebra-
nishlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish natijasida kelib chiqa-
digan ishda bandlik hamda inflatsiya darajasini nazorat qilish.
Òovarlar dunyosida individual iste’molga mo‘ljallangan tovarlar
bor. Oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, uy-joy anjomlari,
transport vositalari, zeb-ziynat buyumlari kabilar individual iste’-
mol tovarlaridir. Bu tovarlarni har kim, xohlagan paytda, xohlagan
miqdorda sotib olib, iste’mol qilishi mumkin. Òadbirkorlar har
doim individual iste’mol tovarlari ishlab chiqarib foyda olishga
intiladi. Lekin shunday tovarlar borki, ularni har kim xohlagan
paytda, xohlagan maqsadda sotib olib iste’mol qila olmaydi. Ammo
bu tovarlar insonlarning yashashlari va faoliyat ko‘rsatishlari uchun
juda zarurdir.
Òemiryo‘l va avtomobil yo‘llari, havo va suv yo‘llari, milliy
bog‘lar, ko‘chalar va ularni bezab turgan gulzorlar, elektr liniyalari,
196
umumta’lim maktablari, kollejlar, suv inshootlari ijtimoiy tovar-
lardir. Ularni hech kim sotmaydi va hech kim sotib olmaydi.
Ammo hamma ulardan bepul foydalanadi. Òezroq foyda ko‘rish
ilinjida yurgan tadbirkorlar bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan
manfaatdor emaslar. Bunday tovarlarni ishlab chiqarishga qo‘yilgan
mablag‘ tadbirkor uchun foyda keltirmaydi, keltirgan chog‘da ham
vaqtni talab qiladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, jamiyat uchun
juda zarur bo‘lgan ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi davlat
gardaniga yuklanadi.
Iqtisodiyot jabhasida davlat iste’molchi sifatida ham bozorga
chiqadi. Davlat buyurtma berib, kerakli tovarlarni qat’iy bahoda
sotib oladi, bu bilan tovar va xizmatlar bozori hajmiga ta’sir etadi.
Davlat buyurtmasini bajarish firmalar uchun qulay ishga aylanadi,
chunki tovarlar sotilishi, binobarin, kafolatlangan, tadbirkorlik
xatari kam bo‘ladi. Davlatning bu tadbiri bozorni kengaytiradi,
chunki qo‘shimcha pul xarid vositasi sifatida bozorga tashlanadi.
Davlat ma’lum iqtisodiy vositalar: moliya, kredit, soliq, valuta
siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazish
choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi.
Davlat iqtisodiyotga o‘zining ijtimoiy siyosati bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Bu, asosan, ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, davlat
o‘z mablag‘lari bilan malakali ishchi kuchini tayyorlashda
qatnashadi. Davlat hisobidan hamma uchun bepul ta’lim beriladi,
ma’lum toifa bepul oliy ta’lim oladi, bepul tibbiy xizmatlardan
foydalanadi, imtiyozli uy-joyga ega bo‘ladi. Davlat hisobidan
aholini yangi kasblarga o‘rgatish joriy etiladi.
Ikkinchidan, davlat o‘z budjeti doirasida shaxsiy daromadlarni
qayta taqsimlab, boy toifa hisobidan kambag‘allarni ta’minlab turadi.
Bu bilan sinfiy kurash bartaraf etiladi, ijtimoiy totuvlik — murosa
qaror topadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishga qulay sharoit yaratadi.
Iste’molchilar manfaatlarini himoyalash, tovarlar va xizmatlar
sifatini nazorat qilib borish, tabiiy resurslardan foydalanishni
tartiblash va atrof-muhitni muhofaza qilish, tashqi savdo opera-
tsiyalarini nazorat qilish hamda xalqaro munosabatlarda mamlakat
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish davlatning iqtisodiy vazifalari
hisoblanadi. Qayd etib o‘tilgan barcha iqtisodiy vazifalar to‘laligicha
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hozirgi kunga qadar
O‘zbekistonda amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga
O‘zbekiston o‘zi tanlab olgan yo‘lning talablaridan kelib chiquvchi
boshqa iqtisodiy vazifalarni ham amalga oshirib kelayotir.
197
Davlatning o‘z
vazifalarini
ado etish uchun
zarur bo‘lgan
tovarlar va
xizmatlarni
sotib olish
Tabiat resurs-
laridan samarali
foydalanishni
tartibga
solish va atrof-
muhitni
muhofaza qilish
Mamlakat pul muo-
malasini tartibga
keltirish, banklar va
mamlakat pul bozo-
ridagi holatga ta’sir eta
oluvchi boshqa tash-
kilotlar faoliyatini
nazorat qilish
Mamlakatdagi mehnat
munosabatlarini bosh-
qarish va ijtimoiy moja-
rolarning siyosiy tus
olishining oldini olish
Aholining kambag‘al
qatlamiga yordam
berish, kambag‘allik
muammosini ijtimoiy
himoyalash va siyosiy
mojaroga aylanib
ketishining oldini
olish
Iste’molchilar man-
faatini himoyalash,
tovarlar va xizmatlar
bozorini nazorat qilib
borish
Raqobat mexaniz-
mini himoyalash va
yakka hokimiyat
salbiy oqibatlarining
oldini olish
Fuqarolar va firmalar
mulkini jinoyatchi
unsurlar hujumidan
himoyalashni tashkil
etish
Iqtisodiy rivojlanish
to‘g‘risida iqtisodiy
axborotlarni to‘plash
va e’lon qilib turish.
Bu fuqarolar va
firmalarga o‘zlarining
xo‘jalik faoliyatlarini
to‘g‘ri tashkil etishga
yordam beradi
Iqtisodiy faoliyat
qonun asoslarini
shakllantirish va
chegaralash, firmalar
mulkiy manfaatla-
rining sud orqali
himoyalanishini
kafolatlash
Tashqi savdo va ope-
ratsiyalarni nazorat
qilish hamda xalqaro
munosabatlar va
mamlakat manfaatini
himoya qilish
Davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |