O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Ikkinchi qoida — «ko‘rinmas qo‘l» haqida bo‘lib, u butun xususiy
tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni jamiyat
manfaatiga xizmat qilishga undaydi. A. Smitning fikricha, o‘z
manfaati uchun qayg‘uruvchi tadbirkorni «ko‘rinmas qo‘l», umuman,
uning niyatiga kirmagan maqsadga yo‘naltirishi mumkin. «Ko‘zga
ko‘rinmas qo‘l» — bu bozor, undagi talab va taklif, raqobat. Ular
asosida narx tashkil topadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi aniq
to‘lovga qodir talabni qondirishga intilar ekan, bu bilan jamiyatning
yalpi ehtiyojini qondirishdan manfaatdor bo‘ladi. U ishlab chiqargan
tovarni sotishi kerak. Shuning uchun foyda olish maqsadida
xohlaydimi-xohlamaydimi iste’molchi talabiga moslashishga majbur.
Bunga davlat aralashuvining keragi yo‘q deb aytadi.


189
Uchinchi qoida — bozorning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risidagi
qoida hisoblanadi. Bu mexanizm tovar taklifi bilan bozor talabi
o‘rtasidagi to‘g‘ri va qarama-qarshi iqtisodiy aloqalarni mujassam-
lashtiradi, deb yozadi.
Ma’lumki, 8-bobda bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
kuch — bu raqobat ekanligini va uni bozorni o‘zini o‘zi tartiblash-
ning eng asosiy vositasi deb ko‘rsatib o‘tgan edik. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida har bir korxona o‘z tovarining sotilishi yoki sotilmasligini
oldindan bilmay ishlashi mumkin emas. Hozir korxona bozor
talabini o‘rganib, aniq maqsadni ko‘zlab, xarajatlarni hisob-kitob
qilib, ishlab chiqarmaydigan bo‘lsa, u o‘z tovarini sota olmay zarar
ko‘rib qoladi. Korxonaning bozor talabiga rioya qilishining o‘zi
iqtisodiyotning mikroiqtisodiy darajada tartibga solinishini bildiradi.
Bozor mexanizmining asosiy unsuri bo‘lgan ayirboshlash, ishlab
chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydigan hamda uyg‘unlashtiradigan
vosita hisoblanadi. Shuning uchun har bir korxona raqobatda
qatnashar ekan, xarajatlarni pasaytirish yo‘llarini qidiradi. Ishlab
chiqarayotgan tovarlarini, ko‘rsatayotgan xizmatlarini doimo tako-
millashtirib borishga, innovatsion yondashuv asosida tovar va
xizmatlarning yangi-yangi turlarini bozorga taklif qilishga harakat
qiladi. Ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor
talabini qondirmayotgan bo‘lsa, mutlaqo yangilarini yaratishga
o‘tadilar. Ishlab chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi firma-
larning faoliyati bozordagi o‘zgarayotgan talab tomonga moslashib
borishi orqali iqtisodiyotni tartibga solish bozor mexanizmining
namoyon bo‘lishini ifodalaydi.
Korxonalar, firmalarning tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsa-
tishning bozor talabiga qarab moslashib borishi jarayonida mamlakat-
dagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishi ta’minlanadi. Nati-
jada bozor mexanizmining qiymatlar yaratishda qilinadigan xarajat-
larni kamaytirib borish bilan ishlab chiqarish zarurligini belgilashi
bozorning o‘zini o‘zi tartiblashining bir usuli sifatida ko‘rinadi.
Bozor uchun ishlayotgan har bir tadbirkor o‘z iste’molchilari-
ning talabiga muvofiq nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va
kim uchun ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Narxni esa
bozor stixiyali tarzda talab va taklif qonuniga asosan belgilaydi.
Bu bozordan ishlab chiqarishga doimiy yuboriladigan narx — sig-
nal sifatida xizmat qiladi. Bu signalga asosan, bozordagi narxlar,
talab va taklif nisbatiga qarab, tadbirkorlar o‘z ishlab chiqarish
faoliyatlariga o‘zgarishlar kiritishadi, xaridorgir tovarlar ishlab


190
chiqarishga harakat qiladilar. Xuddi shu holatni o‘rganib chiqqan
J.B. Sey bozor qonunini ta’riflab, tovarni tovarga ayirboshlash
bozorda talab bilan taklif muvozanatini o‘rnatadi deydi. Uning
fikricha, taklif o‘z talabini vujudga keltiradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini
bo‘lgan korxona va firmalar faoliyatining bir-biri bilan bozor orqali
chambarchas bog‘langanligini va bozor talabi orqali moslashib,
tartiblashtirilib borilishini bildiradi. Iqtisodiy faoliyat bozor
mexanizmi orqali tartiblanishi, asosan, mikroiqtisodiy miqyosda
yuz beradi.
Ma’lumki, bozorda turli-tuman mulkchilikka asoslangan xo‘ja-
lik subyektlari bir-biri bilan bog‘liq, shu bilan birga ularning har
biri o‘z manfaatidan kelib chiqib, o‘zaro raqobatlashadilar. Bozor-
dagi raqobat korxona va firmalar oldiga sifatli mahsulotlarini iste’-
molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun qattiq talab qo‘yadi.
Òovarni iste’molchiga yetkazishda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa
firmalarni jalb etadilar. Bu esa, unda qatnashuvchilar faoliyati
bir-biriga uyg‘unlashtirilishini talab etadi. Bunda individual talab-
ehtiyojlar o‘zaro uyg‘unlashib, yalpi talabni hosil etsa, individual
ishlab chiqarishlar ham birgalikda ijtimoiy ishlab chiqarish —
yalpi taklifni vujudga keltiradi.
Bu, o‘z navbatida, mikroiqtisodiy tartiblash uyg‘unlashib,
makroiqtisodiy darajaga ko‘tarilganligini bildiradi. Lekin yuqorida
ko‘rsatilganlarga umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, bozor
mexanizmi iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada to‘la tartibga sola
olmaydi, chunki butun mamlakat miqyosida turli korxona, firmalar
faoliyatini to‘la muvofiqlashtira olmaydi. Natijada vaqt-vaqti bilan
iqtisodiy inqirozlar bo‘lib turadi. Bozor mexanizmi iqtisodiyotni
to‘la tartiblashni ta’minlay olmaganligi sababli, bu jarayonga davlat
aralashuvi zaruriyati kelib chiqadi. Natijada iqtisodiyotni davlat
mexanizmi orqali tartiblash amalga oshiriladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish