O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Òovar narxining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Òovar narxining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
Chizmada tovarning narxi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
ko‘rsatilgan bo‘lib, undan ko‘rinib turibdiki, narx ishlab chiqaruv-
chilarning har bir tovar birligiga individual xarajatlari yoki alohida
olingan shaxslarning o‘z didi va talabi asosida uning naflilik daraja-
siga bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan
ijtimoiy xarajatlar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va
sifatda yaratilgan hamda tan olingan ijtimoiy naflilik (ijtimoiy
iste’mol qiymat)da o‘z ifodasini topar ekan. Narx darajasiga bir
qator boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillar quyidagi chiz-
mada ifodalangan:
Qiymat
Ijtimoiy
qiymati
Qiymatning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy zaruriy
xarajatlar
Tovar
Narxi
Naflilikning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy
nafliligi
Nafliligi


181
Narxga ta’sir qiluvchi omillar
Bundan xulosa shuki, tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijti-
moiy xarajatlarning o‘sishi yoki tovar va xizmatlar sifatining
yaxshilanishi ushbu tovar va xizmatlar narxining o‘sishiga olib keladi.
9.5. O‘zbekistonda amaldagi narx tizimi va turlari
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotida amal qilib turgan
barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narx tizimi va
ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha tavsiflab
chiqamiz.
Ulgurji (ko‘tara) narxlar. Bu narxlardan, asosan, ishlab chiqa-
ruvchilar foydalanadi. Bunda katta miqdorda tovarlar xaridorlarga
taklif etilib, o‘zaro kelishilgan holda sotiladi. Ulgurji narxlar ishlab
chiqaruvchilar va ta’minot-savdo tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro
kelishuv orqali kelib chiqadi. Ulgurji narxlar, eng avvalo, ishlab
chiqaruvchilar hamda ulgurji savdo-ta’minot korxonalarining
umumiy xarajatlarini qoplashi bilan bir qatorda ularning ma’lum
miqdorda foyda olishlarining ham ta’minlanishini o‘z ichiga oladi.
Ulgurji narxlar asosida savdo ko‘proq tovar birjalari va savdo
uylarida amalga oshiriladi.
Shartnomaviy narxlar. Shartnomaviy narxlar sotuvchi va xaridor
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida shakllanadi va u ma’lum
muddatga tuzilgan holda amal qiladi. Faqat taraflarning roziligi
bilangina o‘zgartirilishi mumkin. Bunday narxlar milliy va xalqaro
bozorlarda qo‘llaniladi. Xalqaro bozorda shartnomaviy narxlar
Tovar ishlab
chiqarishdagi
ijtimoiy zaruriy
sarflar (qiymat)
Turli xil to‘g‘ri
soliqlar
Talab va taklif
nisbatlar
NARX
Davlat iqtisodiy
siyosati
Tovar yoki xizmatning
nafliligi
Raqobat kurashlari
Xaridorlarning didi


182
tovar va xizmatlarning jahon bozorlaridagi narxlariga asoslangan
holda kelib chiqadi. Shartnomaviy narxlar deb sotuvchi va
xaridorning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadigan va tuzilgan
shartnomada qayd qilingan narxlarga aytiladi.
Chakana narxlar. Bu narxlardan keng xalq ommasi foydalanadi.
Bozorlarda tovar va xizmatlar shu narxlar asosida bevosita iste’-
molchilarga sotiladi. Chakana narxning shakllanishi bozorda
sotuvchi bilan xaridorning o‘zaro kelishuvi asosida tashkil topadi-
yu, lekin uning tarkibiga ulgurji narx, chakana savdo tashkilot-
larining xarajatlari hamda ularning oladigan foydasi kiradi. Cha-
kana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifga bevosita ta’sir
ko‘rsatib turadi.
Chegaralangan narx. Bunday narxlarning yuqori va quyi
chegarasi belgilangan bo‘lib, u davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Ularni ba’zilar limitlangan yoki imtiyozli narxlar deb yuritadilar.
Dotatsiyalangan narx. Bular davlat budjeti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narxlardir. Bu davlatning narxlarni tartibga solish
bo‘yicha faoliyatini amalga oshirishi natijasi sifatida vujudga keladi.
Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlash, kam
daromadli oilalar, ishsiz va nogironlarga iqtisodiy yordam berish
kabi tadbirlarni amalga oshirib, ularni nazorat qiladi.
Demping narx. Bu narxlardan, ko‘pincha, xalqaro savdolarda
foydalanish taqiqlab qo‘yilishiga qaramasdan, amalda uchrab
turadi. Bozorda ayrim firmalar o‘z mavqeyini mustahkamlash va
raqiblarini yengish uchun shu narxdan foydalanadilar. Demping
narxni ayrim iqtisodchilar bozorga kirib olish narxi deb ham
atashadi, chunki monopollashgan bozorlarga shu narxda, ya’ni
rasmiy narxdan anchagina arzonlashtirilgan, hatto olinadigan
foydaning bir qismidan kechib yuborish orqali kirib boriladi.
Nufuzli narx. Bu narxdan aholining yuqori daromad oluvchi
qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlarni sotishda foydalaniladi.
Shu bilan bir qatorda bozorda ayrim firmalar sotilayotgan
tovarlarining hajmini o‘zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish
uchun foydalanishadi. Bu narxdan raqobat cheklangan monopol
bozorlarda ko‘proq foydalanadilar. Monopoliya sharoitida talab
narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar
sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bunday narxlar rivojlangan
mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun
mashhur kurortlarda dam olish, yangi modeldagi avtomashinalar


183
sotib olish kabi tovar va xizmatlarni sotishda ko‘proq uchraydi.
Nufuzli narxlar odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi.
Erkin bozor narxlari. Bu narxlar talab va taklif asosida vujudga
keladigan bozor narxlaridir. Bu narxlar hozirgi zamonaviy, mada-
niylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda, bozor munosa-
batlarining barcha ishtirokchilari manfaatlarini eng maqbul tarzda
uyg‘unlashtirishga imkon beradigan narxlar hisoblanadi.
Hududiy, milliy va xalqaro narxlar. Hududiy narx deb faqat
ma’lum bir hududiy bozorga xos bo‘lgan bozor ko‘lamini hisobga
olgan holda shu hudud doirasidagi omillar ta’siri ostida shakllana-
digan narxlarga aytiladi.
Milliy bozor narxi. Bu ma’lum bir mamlakat xususiyatlarini
hisobga olgan holda shakllangan va faqat shu mamlakat doirasida
amal qiluvchi narxlarga aytiladi. Milliy narxlar shu mamlakat
doirasidagi ijtimoiy xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni,
tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga olgan holda
shakllanadi.
Jahon narxi. Bu muayyan tovarga ketgan baynalmilal
xarajatlarni, tovarning jahon andozasi talabiga mos kelish darajasini
hamda xalqaro bozordagi talab va taklifni hisobga olgan holda
shakllanadi.
Narx diapazoni. Bu narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi bo‘lib,
uning quyi, o‘rta va yuqori chegaralari mavjud bo‘ladi. Narx
diapazoni qanchalik katta bo‘lsa, tovar muomalasi shunchalik tez
yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro bog‘lanadi.
Narx pariteti. Bu tushuncha iqtisodiyot nazariyasida narxlar
nisbati deb ham yuritiladi. Iqtisodiy jarayonlar xilma-xil bo‘lsa-
da, ular bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq holda sodir bo‘ladi
va rivojlanadi. Bu jarayonlar va ularning oxir-oqibat natijalari
narxlar orqali yuzaga chiqadi. Masalan, ma’lum bir mahsulot ishlab
chiqarish uchun ketgan boshqa mahsulotlarning xarajatlari eng
so‘nggi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Shuning uchun barcha
ketgan mahsulotlar narxining o‘zgarishi butun narxlar nisbatini
o‘zgartirishi mumkin va buni aniqlashda narx pariteti tushuncha-
sidan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, narx turlari xilma-xil bo‘lsa-
da, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi
iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi.
Shuning uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani narxni iqtisodiy toifa
sifatida o‘rganadi.


184
Turli tovarlar o‘rtasidagi iqtisodiy jihatdan
asoslangan nisbatlar
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o‘z mav-
qeyini mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan
maxsus narx
Muvozanatli narx
Demping narx
Firma narx qo‘yganda tovar sotilishini qisqar-
tirmagan holda yuqori narx hisobiga foyda
olish
Mamlakat doirasidagi ijtimoiy xarajatlarni,
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar naf-
ligini va naqadar qadrliligini hisobga olgan
narx
Nufuzli narx
Milliy narx
Davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlash-
tirilgan narx
Dotatsiyalangan narx
Tovarga ketgan baynalmilal sarf-xarajatlarni,
tovarning jahon standarti talabiga mos kelishi
darajasini, talab va taklifni hisobga olgan narx
Jahon narxi
Xaridor imkoniyatini hisobga olib, ma’lum
davrgacha o‘zgarmaydigan narx
Standart narx
Har ikki tomonning roziligi bilan belgilangan
va ularning shartnomasida qayd etilgan narx
Shartnomaviy narx
O‘zgaruvchan narx
Xarajatlar va bozordagi talabning o‘zgarishini
hisobga oladigan narxlar
Iste’mol tovarlarini bevosita aholiga sotish
narxi
Chakana narx
Erkin narx
Limit narxi
Preyskurant narxi
Savdolashuv asosida vujudga keladigan narx
Yuqori va quyi chegarasi belgilangan narx
Sotuvchi uchun mo‘ljallangan narx, xaridor
uchun bildirish yoki ma’lumotnoma narxi

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish