229
Shuni aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda milliy
mahsulotning tarkibiy qismlarini har xil talqin qiladilar, jumladan,
butun ishlab chiqarishning bir yil ichidagi natijasi, ya’ni yaratilgan
mahsulotlar yig‘indisi
yalpi ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy
ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan barcha xodimlarning mehnat
mahsulidir. Shakliga ko‘ra, u iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish
vositalaridan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning yana bir miqdoriy ko‘rsatkichi
yalpi milliy
mahsulotdir. U milliy iqtisodiyotning bir yil mobaynidagi ishlab
chiqarish faoliyatini to‘laligicha ifodalaydi. Yalpi milliy mahsulot
nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasining, balki noishlab chiqarish
sohasi, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidan iborat bo‘ladi.
Sof mahsulot ko‘rsatkichi yalpi milliy mahsulotning bir qismi
bo‘lib, u milliy iqtisodiyotda ma’lum bir vaqt mobaynida butunlay,
yangitdan yaratilgan mahsulotdir. U sarf qilingan jonli mahsulot-
ning moddiylashgan ifodasi yoki yangitdan yaratilgan mahsulot
hisoblanadi.
Yalpi milliy mahsulot bir yil davomida ma’lum
bir mamlakatda
yaratilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor qiymatida
hisoblangan miqdoridir.
Sof milliy mahsulot (
SMM) — miqdoran yalpi milliy mahsulotdan
(
YMM) amortizatsiya ajratmalari (
AA)ni chegirib olingandan so‘ng
qolgan qismidir:
SMM =
YMM—
AA
Zaruriy
Mahsulot
Qo‘shimcha
SMMni yaratishda o‘z
mehnati bilan ishtirok
etganlarning, ishchi-dehqon
va
xizmatchilarning
ishlash qobiliyatini
tiklash,
oilasini
ta’minlash uchun
ketadigan mahsulot
Zaruriy
mahsulotdan
ortiqcha bo‘lgan
mahsulot
SMMning jamiyat a’zolariga ularning daromadi
sifatida tekkan qismi milliy daromad
(
MD) deb yuritiladi.
230
Milliy iqtisodiyotning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida
milliy daromad ko‘rsatkichi e’tiborga loyiqdir.
Milliy daromad
milliy iqtisodiyotni batafsil tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Milliy daromadni yaratilgan sof mahsulotlarning pul yoki qiymat
ko‘rinishidagi ifodasi deb aytish mumkin. Milliy daromad ko‘rsat-
kichini yanada kengaytirib sharhlasak, uning mamlakatlardagi aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori juda muhimdir. Dunyo
mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad
turlicha bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori, ya’ni u
20 ming AQSH dollaridan 40 ming AQSH dollarigacha to‘g‘ri
keladi. Rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich taraqqiy etgan
davlatlarga nisbatan ancha pastroq.
Milliy iqtisodiyotning sifat ko‘rsatkichlari ancha murakkab
tushuncha bo‘lib, ular mehnat unumdorligi, eksport va mamlakat
tashqi savdo almashuvining
valuta samaradorligi, tarmoq va
korxonalar mahsulotining raqobatbardoshligini ifodalaydi. Asosiy
o‘lchov bo‘lib esa, mamlakatda ishlab chiqarilgan eksport mahsu-
lotlari evaziga qancha miqdordagi importni sotib olish imkoniyati
hisoblanadi. Eksportning valuta samaradorligi eksportdan tusha-
digan sof valuta tushumini, uni ishlab chiqarish va tashish uchun
ketgan transport xarajatlarini ifodalaydi.
Mamlakat tashqi savdo almashuvining
valuta samaradorligi
bir mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashish xarajatlarini hamda
uni chetdan sotib olish va tashib keltirish xarajatlari o‘rtasidagi
nisbatni ifodalaydi. Òarmoq va korxonalar mahsulotining raqobat-
bardoshliligi uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari, o‘xshash tovarlarga
nisbatan iste’mol afzalliklari farqini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: