O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Investitsiyalar tasnifi
13.7. Investitsiyaning o‘zgaruvchanligi, investitsion
faollik, investitsion muhit, investitsiyaning
xavf-xatarini hisobga olish
Investitsiya uchun mablag‘lar ajratish mamlakatning iqtisodiy
salohiyatiga qarab amalga oshiriladi. O‘z navbatida, iqtisodiyot
rivojlanishi investitsiyaning hissasiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiya
birligining iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi ortib borishi
uchun u iqtisodiyotning ilg‘or sohalariga, yangi texnologiyalarga,
Investitsiyalash maqsadlari
va ular bilan bog‘liq
risklar bo‘yicha

venchur;

bevosita;

portfel.
Kiritish obyektlari
bo‘yicha:

mol-mulkka;

investitsiya;

moliyaviy;

nomoddiy.
Investitsiyalash subyektlari
bo‘yicha:

davlat investitsiyalari;

korporativ investitsiyalar;

xususiy (yakka) investitsiyalar;

xorijiy investitsiyalar.
INVESTITSIYALAR
Takror ishlab chiqarish
bo‘yicha:

sof (asosiy kapitalni
ko‘paytiradigan);

eskirishni qoplaydigan;

yalpi.
Yo‘naltirish soha va
obyektlari bo‘yicha:

kapital;

innovatsion;

ijtimoiy.
Amaliy yo‘nalishlari
bo‘yicha:

yangi loyihalarga;

kengaytirishga, rekonstruksiyaga,
yangilashga;

reinvestitsiyalar.







245
novatsiyalarga, ya’ni yangilikni joriy etishga yuborilishi kerak.
Shundagina multiplikatsiya samarasi ortib boradi, ya’ni investitsiya
birligiga hisoblangan iqtisodiy o‘sish sodir bo‘ladi.
Investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni —
investitsiyaviy faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsni —
investor deyiladi.
Investitsiya manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

investorlarning o‘z shaxsiy mablag‘lari;

qarz olingan moliyaviy mablag‘lar;

jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar;

budjet mablag‘lari;

chet el mablag‘lari.
Investitsiya faoliyati obyektlari — bu moddiy va nomoddiy
boyliklarni ishlab chiqarish vositalaridir.
Investitsiya faoliyati subyektlari — bu:

jismoniy va yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi
subyektlari;

respublika va joylardagi davlat boshqaruvi organlari;

xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet el jismoniy va
yuridik shaxslari hamda fuqaroligi yo‘q va chet elda doimiy istiqo-
mat qiladigan shaxslardir.
Investorlar investitsiyalarni moliyalashtirishni quyidagi yo‘llar
bilan amalga oshirishlari mumkin:

yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg‘armalari
(kapitallari)da ulushli ishtirok etish, shu jumladan, mol-mulkni
yoki aksiyalarni olish;

qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlari tomonidan emissiya qilingan majburiyatlarini olish;

konsessiyalarni, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiya-
larni olish;

mulk huquqini, shu jumladan, ular joylashgan yer uchastkalari
bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga,
turar joylarga mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa
tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan,
ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq
olish;

investitsiyalarni moliyalashtirish qonun hujjatlariga zid bo‘l-
magan boshqa shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin.


246
Iqtisodiyotga investitsiyalar mamlakatdagi investitsion muhitga
bevosita bog‘liq bo‘ladi va u quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Siyosiy barqarorlik. Davlat tomonidan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar.
2. Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanib borayot-

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish