O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi optimal nisbat



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

13.4. Jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi optimal nisbat
Jahon tajribasiga ko‘ra, YIM turli mamlakatlarda turlicha
ishlatiladi. Bir mamlakatda iste’mol fondiga ko‘proq ajratilsa,
boshqa yerda jamg‘arishga ko‘proq ajratiladi. Agar bir mamlakatda
davlat iste’moli ko‘proq bo‘lsa, boshqasida kamroq bo‘lishi mum-
kin. Agar bir mamlakatda iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori
bo‘lsa, jamg‘arish fondi hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Agar
jamg‘arish fondiga ajratma ko‘p bo‘lsa, bu mablag‘lar investi-
tsiyalarga yo‘naltiriladi. Natijada iste’mol bilan jamg‘arish o‘rta-
sidagi nisbatning o‘zgarishi sodir bo‘lib, bu holat bir qator, ba’zan
qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Masalan, daromadlarning kattaroq qismini jamg‘arishga ajratish
oqibatida bozorlarda iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab kamayadi,
natijada iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar bundan zarar ko‘rish-
lari mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan jamg‘arish va iste’-
mol o‘rtasidagi nisbatning mutanosib ravishda bo‘lishini ta’min-
lashga e’tibor beriladi.
13.5. Iste’mol qilish va jamg‘arma qilishga bo‘lgan
o‘rtacha va maksimal moyillik
Odatda, aholi daromadlarining ortib borishi ularning jamg‘a-
rishga ko‘proq sarf qilishiga moyilligini o‘stiradi. Iqtisodiy


241
adabiyotlarda aholining iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M)
darajasini aniqlash formulasi yaratilgan va u quyidagicha:







100

100.
iste mol
jamg arma
IO M
va JO M
daromad
daromad
Bu yerda iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M), aholi daromadi-
ning jamg‘armaga ketadigan ulushi jamg‘armaga o‘rtacha moyillik
(JO‘M)ni bildiradi.
Formulada keltirilgan daromad darajasi bo‘yicha IO‘M va
JO‘Mni hisoblab ko‘rsak, daromad ko‘payib borishi bilan IO‘M
tushadi, JO‘Mning esa o‘sishini ko‘rish mumkin. Haqiqatda soliq-
lar to‘langandan keyin qolgan daromad yoxud iste’mol qilinadi
yoki jamg‘armaga ketadi. Shu sababli, daromadning iste’mol
qilinadigan va jamg‘armaga ketadigan qismlari daromadning har
qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi, ya’ni
IO‘M+JO‘M=1,0 yoki 100 % bo‘ladi.
Daromad o‘sishining iste’mol qilinadigan qismi yoki hissasi
iste’molga qo‘shilgan moyillik deyiladi (IQM), ya’ni:
Daromad har qanday o‘sishning jamg‘armaga ketadigan his-
sasi, jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni JQM
jamg‘armadagi o‘zgarish daromaddagi o‘zgarishni bildiradi.
Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro nisbiy bog‘liqlikka
boshqa bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular quyidagilar:

soliq stavkalarining o‘zgarishi;

bozorda talab va taklifning o‘zgarishi;

narxlar darajasi;

uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik darajasi va boshqalar.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish