O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Aholi o‘sishining ishchi kuchi taklifiga ta’siri



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

14.3. Aholi o‘sishining ishchi kuchi taklifiga ta’siri
Yuqorida keltirgan ma’lumotlardan ko‘rinib
 turibdiki, O‘zbe-
kiston aholisi bir yilning o‘zida 1,7 % ga o‘sgan. Aholining bun-
day o‘sishi ishchi kuchining mehnat bozoridagi taklifining ham


257
tez o‘sib borayotganligini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishchi kuchini taqsimlash, qayta taqsimlash va ulardan foydalanish
mehnat bozori orqali amalga oshiriladi.
Ishchi kuchlaridan foydalanish, eng avvalo, ularning ish bilan
to‘la hamda samarali band bo‘lishiga bog‘liq. Odatda, hech qaysi
mamlakatda ishchi kuchlarining mutlaq to‘liq va samarali band
bo‘lishini ta’minlab bo‘lmaydi. Chunki mamlakatdagi mehnatga
layoqatli barcha kishilar, davlat va jamoat korxonalarida ishlab
chiqarishga jalb etilgan bo‘lishi shart emas. Ish bilan to‘la bandlik
umumlashgan ma’noda aytiladi. Ularning bir qismi, ko‘pincha,
o‘z oilasida bolalar tarbiyasi, shuningdek, xususiy korxonalar va
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mehnat qilishi, yakka tartibdagi
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Shuning uchun
ular ish bilan band deb hisoblanadilar.
Har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun ishsizlikning ma’lum
darajasi me’yordagi hol hisoblanadi. Chunki ayrim mehnatga
layoqatli odamlar o‘z ixtiyorlari bilan ham ishlamasliklari mumkin,
ular mulkiy yoki boshqa daromadlar hisobiga yashaydilar.
Iqtisodiy adabiyotlarda ish bilan to‘la bandlik, mehnat resurs-
laridan oqilona, samarali foydalanish kabi tushunchalar qo‘llaniladi.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanishning birinchi va muhim
ko‘rsatkichi to‘la bandlikni ta’minlashni nazarda tutadi. Bunga
erishish esa, eng avvalo, ish joylari bilan mavjud mehnat resurs-
larining miqdor va sifat jihatdan muvozanatlashgan bo‘lishini
ta’minlash zarur bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini
o‘stirish, yangi ish joylarini yaratishni, ish bilan bandlikning oqilona
darajada bo‘lishini hisobga olgan holda shart-sharoitlar bilan
ta’minlashni talab etadi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti texnik, texnologik o‘zgarishlar,
globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va ishlab chiqarishning
intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ishchi kuch-
larining o‘rniga dasturlashtirilgan boshqaruv asosiga qo‘yilgan
texnik vositalar qo‘llanilishi natijasida ishda band bo‘lgan ishchi-
lar bo‘shatilib, ishsizlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan ishchi kuchlarini qayta taqsimlash, qayta
o‘qitish va kasb tanlash tizimini yanada takomillashtirib borishni
va shu orqali ishchi kuchlarini ishga joylashtirishni samarali amalga
oshirish talab etilmoqda. Bozor iqtisodiyoti mehnat resurslaridan


258
samarali foydalanishga sharoit yaratadi, ularni kam samarali
sohalardan bo‘shatib, yuqori samarali tarmoqlar va korxonalarga
qayta taqsimlash mexanizmini doimo takomillashtirib borishni
taqozo etadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish