O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Ishchi kuchining miqdori va sifat jihatlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

14.2. Ishchi kuchining miqdori va sifat jihatlari
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning eng muhim asosini
aholining tabiiy ko‘payishi, miqdoriy va sifat jihatlari tashkil etadi.
Ishchi kuchining miqdor jihati ko‘proq demografik jarayon bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayon ham iqtisodiy, ham ijtimoiy xarakterga
ega bo‘lib, davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi.
Aholining tabiiy o‘sishi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraq-
qiyoti darajasi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, urbanizatsiya
darajasi, tarixiy, madaniy-ma’naviy urf-odat, turmush an’analari
va boshqa shart-sharoitlar hamda boshqa bir qator omillar bilan
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda, ayniqsa, demografik omil, ya’ni
aholining tabiiy o‘sishi, ularning uy-joy hamda bolalar muassasalari
bilan ta’minlanganlik darajasi, homiladorlik, bola tug‘ilgandan
keyingi ta’tillar va bolalarga nafaqalar berish kabi bir qator masala-
larning yechilganligiga bog‘liqdir.
Ishchi kuchining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, u mamlakat aholisining soni bilangina emas,
balki jinsi va yoshi, turli kasbga, zamonaviy bilimlarga egaligi kabi
tarkibiy jihatidan ham muhimdir. Bu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida,
aholining tabiiy o‘sishi bilan bir qatorda mehnat resurslari tarkibida
iqtisodiy faol yoki nofaol, malakali va malakasiz, ayollar va erkak
ishchi kuchlari kabi miqdor va sifat jihatdan ma’lumotlar bilan
ifodalanadi. Shuning uchun O‘zbekistonda yosh avlodni kelajakka
tayyorlashga muhim ahamiyat berilmoqda. Quyida O‘zbekiston
aholisining o‘sishi to‘g‘risida ma’lumotlarni keltiramiz.
O‘zbekiston aholisi 2017-yil 1-yanvar holatiga 32 mln 121 ming
kishini tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 545,8 ming kishiga, ya’ni
1,7 % ga o‘sgan. Shundan 50,6 % i, ya’ni 16,238 ming kishi
shahar aholisi, 49,4 %, ya’ni 16,882 ming kishi qishloq aholisidan
iborat bo‘lgan
1
.
1
M a n b a : O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi. 2017-y. 13-b.


256
Ishchi kuchi miqdor jihatidan ishga yaroqli mehnat resurs-
laridan, sifat jihatdan esa ishlovchilarning zamonaviy kasblarga
ega bo‘lishi, bilimi, ish tajribasi, kasbiy mahorati, madaniyati,
ma’naviy qiyofasi kabi bir qator ko‘rsatkichlardan iboratdir.
Ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlari, odatda, ishlab chiqarish-
ning natijasi, ya’ni mahsulot miqdori va sifatida namoyon bo‘ladi.
Umuman, ishchi kuchining sifat darajasi undan foydalanish
jarayonida uning mehnat unumdorligi kategoriyasi orqali bilib
olinadi. Mehnat unumdorligi mahsulot va xizmatlar hajmining
ularni ishlab chiqarish uchun sarflagan vaqtiga nisbatan
aniqlanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish jamiyat uchun juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki mehnat unumdorligini o‘stirish orqali
iqtisodiy mo‘l-ko‘llik, farovonlik, ijtimoiy barqarorlikka erishish
mumkin. Mehnat unumdorligi alohida iqtisodiy kategoriya hisob-
lanadi. Mehnat unumdorligini o‘sishiga bir qator omillar ta’sir
qiladi. Ana shu omillarning eng muhimi, bizningcha, jamiyatda
unumli mehnatni taqdirlash, rag‘batlantirish, ishlash uchun yaxshi
qulay sharoitlar yaratib berishdir. Bozor iqtisodiyoti xuddi ana
shunday muhitni yaratadi, har bir ishlovchi iqtisodiy-ijtimoiy hayoti
uning unumdorligiga bog‘liq qilib qo‘yiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining sifat ko‘rsatkich-
laridan biri, bu uning tadbirkorlik qobiliyati hisoblanadi. Bu alo-
hida, o‘ziga xos sifat jihati ishchining ishlab chiqarishdagi tashab-
buskorligi, izlanuvchanligi, innovatsion fikrlashi, yangilik yaratishi,
o‘z ishiga fidoyi bo‘lishi, kezi kelganda tavakkalchilik qilishi kabi-
larda ifodalanadi. Ishchi kuchining bu sifatlari ishlab chiqarishning
boshqa barcha omillaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Shuning uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega ishchi kuchlarini
yetishtirishning davlat va boshqa barcha iqtisodiy subyektlar tomo-
nidan qo‘llab-quvvatlanishi, e’zozlanishi, rag‘batlantirilishi muhim
hisoblanadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish