O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Agrar tarmoqdagi xo‘jaliklar




222
o‘z oila a’zolarining mehnatidan tashqari yollanma mehnatdan
foydalanishi qonun bilan kafolatlangan.
Bozor islohotlari davrida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini fermer-
lashtirishga katta e’tibor berilib, davlat mulki bo‘lib kelgan yerlarda
fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Davlat siyosati agrar xo‘jalikning
bu shaklini istiqbolli deb qaraydi, ularning muttasil ko‘payishi va
rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda.
Dehqon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi xo‘jalik yurituvchi mustaqil
huquqiy subyekt bo‘lib, boshqa korxonalar bilan huquqiy maqomi
tenglashtirildi. Mulk, garchi xususiy bo‘lsa-da, davlat himoyasiga
olingan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda fermer
xo‘jaliklarining ulushi tobora ko‘payib borishi tabiiy jarayondir.
11.8. Fermer xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashning
davlat dasturlari
Mamlakatimizda fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatlarining
huquqiy bazasini yaratish maqsadida maxsus qonunlar qabul
qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi Qonunida fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari,
tartibi, yer berish, unga egalik qilish, yer va suvdan foydalanish,
fermer xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari, mol-mulki,
ular faoliyatining asoslari har tomonlama to‘la ravishda o‘z ifodasini
topgan.
Shuningdek, Qonunda «Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli
ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi
a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik huquq va
majburiyatlarga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir» deb
ko‘rsatilgan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, fermer
xo‘jaliklari agrobiznesning boshqa shakllariga nisbatan ancha
samarali bo‘lib, sharoitga tez moslashuvchanlik kabi bir qancha
afzalliklarga ega. Chunonchi:

fermer xo‘jaligi, eng avvalo, mustaqil bo‘lib, u bozor qonunlari
bilan boshqariladi;

fermer xo‘jaligi o‘zining mehnati bilan mulkini harakatga
keltirib, zarur bo‘lganda yollanma mehnatdan ham foydalanib
o‘zi uchun ishlaydi;


223

fermerlik faoliyatida tadbirkorlik, mehnat qilish va ularning
natijasi bo‘lgan iqtisodiy manfaat mujassamlashgan bo‘ladi;

fermer xo‘jaligini yurgizishda doimo davlat tomonidan qo‘l-
lab-quvvatlanib turgani uchun ba’zan ozgina daromad olib ham
normal yashashi mumkin;

fermer xo‘jaligi u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar,
uning oilasi yashash joyi bo‘lgani uchun bu joyga mehr qo‘yadi,
tayanadi va u joyning madaniy-maishiy sharoitini yaxshilaydi;

fermer va uning oila a’zolarining mehnati yollanma mehnatga
qaraganda ancha samarali bo‘ladi va shu jihatdan u ko‘p daromad
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dunyodagi qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarda fer-
mer xo‘jaligini yuritish ustuvorlikka ega ekanligi allaqachonlar
isbotlanganligini ko‘ramiz. AQSHda 1987-yilda fermer xo‘jalik-
larida hammasi bo‘lib 2 mln 636 ming kishi ishlagan, shundan
faqat 888 ming kishi yoki 33,5 % yollanma ishchilar, qolgan 66,5 %
ini fermerlarning oila a’zolari tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida bozor tizimining xo‘jalik yurituvchi
subyektlarining muhim tarkibiy qismi tashkiliy-huquqiy shaklini
agrofirmalar tashkil etadi. Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larini ishlab chiqarish, qayta ishlash va iste’molchilarga sifatli
mahsulot yetkazib beruvchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarini o‘z ichiga oladi. Agrofirmalarning asosiy maqsadi foyda
olishdir.
Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta
ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchilar bo‘lib, ular bozor muno-
sabatlarining faol ishtirokchilaridir. Agrofirmalar bozor ishtirok-
chilari sifatida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni
esa xomashyo bilan ta’minlaydi. Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi
sohasida mukammal texnologiyalarni qo‘llash hisobiga rivojlanadi
va buning uchun yetarli investitsiyalarni jalb etadi.
Agrobiznes shakllaridan qaysi birining rivojlanishi har bir mam-
lakatning sharoitidan kelib chiqadi. Agar mamlakatda fermer xo‘ja-
liklarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar
yaratilgan bo‘lsa, mehnat unumdorligini oshirish hisobiga kam
sonli fermerlar bilan ko‘p mahsulot yetishtirish mumkin bo‘ladi.
AQSHda 1910-yilda jami ishlovchilarning 35 % qishloq xo‘jaligida
band bo‘lgan edi, 1997-yilga kelib faqat 2 % bo‘ldi, 2 % ishlov-


224

absolut renta;

monopol renta;

undirma sanoatda renta;

agrosanoat majmuasi;

agrosanoat infratuzilmasi;

qishloq ijtimoiy infratuzilmasi;

agrobiznes.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish