O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Yer — mulk va xo‘jalik yuritish obyekti sifatida



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

11.3. Yer — mulk va xo‘jalik yuritish obyekti sifatida
Yerga egalik yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lum yer
uchastkalari tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjat-
larida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi.
Yerga egalik deganda, avvalo, yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi
ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ko‘rsatilganidek, «Yer
uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik
qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».
Yerdan foydalanish huquqi — bu tarixan shakllangan urf-
odatlar yoki o‘rnatilgan qonuniy tartibda undan foydalanishni
bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real
xo‘jalik hayotida yerdan foydalanishni, ko‘pincha, har xil jismoniy
va yuridik shaxslar, xususan, hozir bizda dehqon, fermer va shirkat
xo‘jaliklari amalga oshiradi.
O‘zbekistonda amal qilayotgan Yer kodeksida yer bilan bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik munosabatlarining
istiqboli aniq belgilab berilgan. Yer kodeksining 3-bob 16-modda-


214
sida ko‘rsatib o‘tiladiki, yer davlat mulki — umummilliy boylikdir,
undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza
etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, O‘zbekiston Respublikasining
qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno deyilgan. Qonun-
da yer fondi va uning toifalari, yer uchastkasi va uni ijaraga berish
kabi ko‘plab muammolar o‘zining qonuniy yechimini topgan.
Yer to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak
avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda
oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishdan, tuproq unumdor-
ligini tiklash va oshirishdan, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashdan,
xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida
rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan, yuridik va jismoniy shaxs-
larning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan va
bu sohada qonun talablarini mustahkamlashdan iborat. Shuning-
dek, kodeksda yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara
shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va
foydalanishdan iborat bo‘lishi ham belgilab berilgan.
Yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar. Yerning, birinchidan, mulk
obyekti va ikkinchidan esa xo‘jalik yuritish obyekti bo‘lishi yerga
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning ikki tomonini bildiradi. Yerning
mulk ekanligi, uning hech qachon egasiz bo‘lmasligi, yer egasining
o‘z mulkidan naf ko‘rishini ko‘zlab mablag‘ sarflashga majbur
etadi. Egasiz yer bo‘lmagani sababli, har qanday yer ham tekinga
berilmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yer egasiga
yerdan kimdir foydalangani uchun haq to‘lashni shart qilib qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov
aytganidek, «Hozirgi paytda qishloqda xo‘jalik yuritishning asosiy
uch shakli qaror topmoqda. Bular — qishloq xo‘jaligi mahsu-
lotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
kooperativlari, fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Xo‘jalik yuritish-
ning mana shu shakllarini amaliyotga yanada kengroq joriy etishdan
asosiy maqsad — qishloqda, avvalo, chinakam mulkdorlarni yerga,
mulkka hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan haqiqiy
egalik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat».
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar — shirkatmi, fermer yoki deh-
qon xo‘jaligi egasi bo‘ladimi, pudratchimi o‘zining qancha mehnat
qilgani, qancha mablag‘ sarflaganini, ijaraga olingan maydondagi
haqiqiy hosildorlik darajasi qancha bo‘lganini, shunga yarasha


215
daromad yoki sof foyda olganini, o‘z mehnatini qanchalik to‘g‘ri
hisob-kitob qilganini bilmasa, qishloqda o‘tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlar yaxshi samara bermaydi. Xo‘jalik yuritish obyekti sifatida
yer jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan egallab olinib, ularning
roziligisiz yerni ishlatish, undan foydalanish mumkin emas. Bunday
sharoitda yer o‘z egasining mulki bo‘lib qolganidan vaqtincha
foydalangani uchun haq to‘lash sharti bilan boshqa tadbirkor tomo-
nidan ishlatilishi mumkin.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish