O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

11.4. Ijara munosabatlari
O‘zaro kelishilgan muddatga yerdan foydalanganlik uchun haq
to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy aloqalar ijara munosabatlari
deyiladi. Bir tomonda yerning egasi, ikkinchi tomonda oluvchi turadi
va ular o‘rtasidagi munosabatlar ijara shartnomasi orqali qonun-
lashtiriladi. Yerni ma’lum muddatga ijaraga olish orqali ijarachi mus-
taqil xo‘jalik yuritish va yerdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-
da, lekin mulk egasi bo‘la olmaydi, ya’ni bunda mulk egasi o‘zgarmaydi.
Yerdan qanday foydalanish, nima va qancha yetishtirish, kimga
sotish, kimdan qarz olish, qayerdan resurslar olish kabi ishlarni
ijarachi yerning egasiga bog‘liq bo‘lmay, mustaqil xo‘jalik yuri-
tuvchi subyekt tariqasida o‘zi hal qiladi. Yer egasi bilan ijarachi
o‘rtasidagi munosabat faqat ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turish
bilan yakunlanadi. Ijarachi ham erkin xo‘jalik yurituvchi bo‘lib,
quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

yerga mablag‘ sarflaydi, tushgan daromadni mustaqil taqsim-
laydi va ishlatadi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladi;

amaldagi tartib-qoidalarga rioya qiladi;

tadbirkorlik faoliyatini yurgizib foyda oladi va undan o‘z
manfaati uchun foydalanadi.
O‘z navbatida, yer egasi ham o‘z mulki — yeri uchun ijara
haqi olib, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi.
11.5. Yer rentasi tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasida yer
rentasi to‘g‘risida shunday deyilgan: «Yer rentasi yer egaligini
iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning shaklidir». Shu tushuncha-
dan kelib chiqqan holda aytadigan bo‘lsak, yerning egasiga yerdan


216
foydalanganlik uchun ijarachi tomonidan to‘langan haq renta
deyiladi. Bundan renta — yer uchun to‘langan haq, agarda yer
uchun haq to‘lanmasa, ya’ni yer egasi yerni ijaraga bermay, o‘zi
xo‘jalik yuritsa, renta to‘lanmaydi, degan xulosa chiqadi. Shu
munosabat bilan iqtisodiy adabiyotlarda, renta yer egasi va ijarachi
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Renta agrar munosabatlarning
moddiy asosidir degan fikr yuradi.
Hozirgi davrda turli mamlakatlarda renta o‘zining kelib chiqish
sabablari va shart-sharoitlariga asoslanib quyidagi turlarga ajratiladi:
differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, mutlaq
yer rentasi, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan
olinadigan renta.
Yerlarning tabiiy unumdorligi va joylashgan joyi tufayli vujudga
keladigan qo‘shimcha daromaddagi farqlarning bir qismi renta
shaklini oladi va u differensial renta deb ataladi. Chunki biz
yuqorida aytib o‘tganimizdek, qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab
chiqarish vositasi — yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi
cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning
uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi faqat yaxshi unumdor
yerlardagina tashkil qilinmay, balki unumdorligi past bo‘lgan
joylarda ham tashkil qilinishiga majbur bo‘linadi.
Shuning uchun yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan
yomon sharoitda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narx
shakllanishi ijtimoiy normal sharoit sifatida qabul qilinadi. Natijada
o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruv-
chilar hosildorligi past, ya’ni yomon yerlardagi ishlab chiqaruv-
chilarga nisbatan qo‘shimcha mahsulot va undan foyda oladilar.
Mamlakatda barcha yerlar egallab bo‘lingan va bu yerlarda alohida
egalari mustaqil xo‘jalik yuritadilar. Bu hol differensial renta
vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytsak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy
sharti xo‘jalik yuritilayotgan yerlar unumdorligidagi farqlardan
iborat ekan. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan
yerlarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan yer egalarining xo‘jalik
yuritishidan iborat.
Differensial renta (daromad) kelib chiqish sharoitlarga qarab
ikkiga: differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq
holda kelib chiqadi. Quyida uning kelib chiqish sharoitini misol
bilan tushuntiramiz.


217

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish