QISHLOQ XO’JALIGIDAGI TADBIRKORLIK VA INVESTITSIYALARNING YURTIMIZNING AGRAR SOHASINING TARAQQIYOTIDAGI O’RNI VA ISTIQBOLI
Muxammadali NABIYEV
Toshkent Davlat Agrar Universiteti
“Agrobiznes va investitsion faoliyat” yo’nalishi
1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar Ilyos KULDOSHEV
Toshkent Davlat Agrar Universiteti
“Agrologistika va biznes” kafedrasi asistenti
Annotatsiya
Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda qishloq xo’jaligidagi kichik tadbirkorlik va fermer xo’jaliklari va ularga investitsiyalar kiritishning zaruriyat, uning rivojlanishdagi muhim o’rni va ahamiyati hamda kelajagi haqida fikr yuritishga harakat qildik.
Аннотация
В текущий развивающийся период мы пытались объяснять о необходимости малых предприятий и фермерских хозяйств в сельском хозяйстве и необходимости инвестировать в них, их роли и важности в развитии, а также о будущее аграрного сектора.
Abstract
The given article provides data about how necessary the small businesses and farming in agriculture, the necessity to invest them and their role and importance in development of agroindustry.
Tayanch tushunchalar. Agrobiznes, agroiqtisodiyot, agroindustriya, agrosanoat, agrar munosabatlar.
Hammamizga ma’lumki, hozirgi davr doimo oldinga intilishni va har bir sohaning rivojlanishini talab qiladi. Chunki XXI asr axborot – texnologiyalar asridir. Bu degani, o’tgan asrlardan qilib bo’lmagan mushkul ishlarining yechimi bor. Ya’ni, og’ir ishlarni ortiqcha mehnat resurslarisiz, texnologiyalari yordamida sun’iy intelekt yordamida bajarsa bo’ladi. Misol qilib aytganda, yerning kultivatsiya qilinishi, MTZ - 82 traktori hamda KBM – 4,2 kultivatori bilan bu ish ancha optimallashdi. Mavzuning asil mohiyatiga qaytadigan bo’lsak, agrobiznes o’zi nima, agroiqdisodiyot va agrosanoatda uning o’rni qanday? Agrobiznes bu qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati. Uning maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli va barra qishloq xo’jalik mahsulotlari, agrosanoatni esa xom – ashyo bilan ta’minlashdir. Iqtisodiyotimizning va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 26-30% agrar munosabatlarga to’g’ri keladi. Bunda esa albatta kichik korxona va xo’jaliklarning o’rni kata. Respublika yer fondining asosiy qismi qishloq xo’jaligiga berilgan. Ammo, Respublikamizning barcha yerlaridan unumli foydalanilmoqda deya olmaymiz. Zero, qishloq xo’jaligidagi yerlarning 34,2 % foydananilmaydi. Agar, biz shu yerlarni ham ishlab chiqarishga moslashtirsak, yurtimizning agrar sohasining taraqqiyotida katta bir bosqichni bosib o’tgan bo’lamiz. Qishloq xo’jaligida erishilgan yutuqlarga qaramay, dunyo bo’ylab ko’plab odamlar hali ham och qolmoqda. O’zimizga “ Nega ?” degan savolni beraylik. Chunki, yuqorida aytib o’tganimizdek qishloq xo’jaligida yerlardan unumli foydalana olmayabsiz. O’zimizdan misol, O’zbekistondagi ishsizlar soni umumiy aholining 13% ni tashkil etadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotiga o’ta olmaslikka bir sabab bo’lishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa shu ishsiz aholini agrar sohasidagi tadbirkorlikka chaqirishimiz, yirik va davlat sherikligidagi korxonalarni esa shu kichik tadbirkorlikka investitsiyalar qilishga chaqirishimiz kerak. Shunda biz o’zimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarni va resurslardan oqilona foydalangan bo’lamiz. Nemis iqtisodchisi Ernst Shumaxer shunday deydi: “ Kim o’zning ustaxonasiga ega bo’lsa, o’sha odam o’z baxtining ustasidir”. Bu bilan Ernst “ Agar har kim o’zining sevimli mashg’uloti bilan shug’ullansa, dunyoda undan baxtli inson yo’q ” demoqchi. Bu yuqorida keltirgan fikrimizga yana bir qo’shimcha bo’ladi. Rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirishimiz uchun albatta agroindustriyamizni ham eng yuqori o’rinlarga olib chiqishimiz, buning uchun avvalo, quyi bo’g’inlardan boshlashimiz, “Har bir inson tadbirkor” tamoyili asnosida ish ko’rib chet el invistitsiyalarni yurtimizga jalb etishimiz kerak. Chunki, Jannatmakon O’zbekistonimizning har bir qarich yerini, har bir dona tuprog’ini yurtimiz ravnaqi yo’lida foyda keltirish uchun ishlatishimiz kerak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: " Umuman olganda, qishloq xoʻjaligini tubdan isloh qilish va sohada bozor iqtisodiyotini keng joriy etish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ularning ijrosi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga, eng asosiysi, xalqimizning kayfiyati va turmush tarziga taʼsir koʻrsatadigan juda muhim masala ".
Adabiyotlar
“Agrobiznes tushunchasi” O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
“Agrar masala” O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
“Agrar ta’lim tizimni yanada takomillashtirish”, PQ-4795 3,4 va 5 – bandlar; 30 – iyun 2020 – yil
“Agrar munosabatlar va agrobiznes” N.Pardabekova. Toshkent 2006 – yil
“Iqtisodiyot nazariyasi” Sh. Shodmonov, U.V.G’ofurov. Toshkent 2002 – yil
“Agrar islohotlar” O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
“Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” o’quv – uslubiy qo’llanma. Toshkent 2020 - yil
“Kichikina chiroyli” Ernst Fridrix Shumaxer, 1973-yil
“Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni” www.fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |