Internet saytlari:
www.ziyonet.uz.
www.edu.uz.
www.google.uz.
www.gov.uz.
3- mavzu: Mustaqil O’ zbekiston Respublikasining tashkil topishi va
uning tarixiy ahamiyati.
Reja:
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
2. Siyosiy tizimdagi o’ zgarishlar. Mustaqillikning e'lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’ lidagi sa'y-harakatlar.
3.Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
Davlatchilik g’oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishini O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 20 iyun) kunida qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi»siz tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki, aynan ushbu Deklaratsiyasining birinchi moddasida: « O’zbekiston SSR- ning davlat mustaqilligi O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir» deb belgilab qo’yilishi davlatchiligimiz g’oyalarining huquqiy asoslarini tashkil etgan edi. «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo’lidagi yana bir muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan qadami edi. Aynan ushbu Deklaratsiya e’lon qilinishidan boshlab, mamlakatimizning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalarni mustaqil tarzda hal qilishga kirishildi.
Davlatchilik g’oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini shakllantirishda O’zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan56 Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat Xavfsizligi Qo’mitasining qonuniy ravishda
O’zbekiston tasarrufiga o’tishi alohida o’ringa ega bo’ldi. Ushbu Farmonga binoan Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki Ishlar Vazirligining ichki qo’shinlari ham bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Ayniqsa, Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat xavfsizligi q o’mitasi, prokuraturasi, Adliya organlari, ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’- shilmalari siyosiy partiyadan butunlay holi qilinganligi milliy davlatchiligimiz shakllanishidagi yangi bosqichning boshlanishi edi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an`ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir.
Shu boisdan ham, o’z haq-huquqini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyat–lariga tayanadigan, yon-atrofida sodir b o’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda k o’ radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi.
Ta`kidlash joizki, bu jarayon yurtimizda o’ta murakkab sharoitda — mustabid sho’ro tuzumi barbod bo’lgan va yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan keskin bir vaziyatda yuz berdi. Mana shunday o’ ta qaltis va murakkab bir davrda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrab qolish, Markazdan bo’layotgan turli zararli ta`sirlardan xalqimizni himoya qilish, O’z mustaqil siyosatimizni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida 1990 yilning 24 mart kuni respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida prezidentlik boshqaruvi joriy etildi.
Birinchi Prezident I.Karimov ushbu holat to’grisida quyidagilarni qytgan edi: “Ta`kidlash joizki, o’shanda SSSR hududidagi respublikalar orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda mana shunday yuksak lavozim joriy etilgan va shu tariqa biz yurtimizni mustaqillik yo’liga boshlagan dastlabki qadamni qo’ygan edik”.
O’sha sessiya majlisida respublikamizda vujudga kelgan og’ir vaziyat va uni tuzatish bo’yicha oldimizda turgan eng asosiy vazifalar haqida so’z borganda, bir-biridan dolzarb, bir-biridan muhim muammolarni yechish borasida aynan ma`naviyat masalasiga alohida to’xtalib, xalq noiblari, butun xalqimizga qarata men quyidagi fikrlarni bildirgan edim:
«Bugungi kunda oddimizda turgan eng muxim vazifalarni ko’z o’ngimizdan o’ tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita daxldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an`analar, umuminsoniy ma`naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak.
Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim.
Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma`naviy boyligining ildizlariga e`tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damlarda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz — shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish.
S o’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e`tiqod erkinligini ta`minashimiz kerak. Biz odamlarning ma`naviy tarbiyasini o’ylab, tinchlik va xayrli ishlarni ko’zlab harakat qilayotgan har bir kishini qo’llab-quvvatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz.
Masalaning boshqa tomoni — ma`rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning t o’laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo’l-gan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o’choqlarini ko’paytirish, ularning sharoitini yaxshilash.
Biz ko’p yillar davomida ma`rifat va madaniyatga noto’g’ri munosabatda bo’ldik. Unga sarflanayotgan mablag’lar doim boshqa sohalardan kam bo’ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik.
Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma`rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim.
Va nihoyat, shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi. O’qituvchilar va shifokorlar, madaniy-oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko’plab mutaxassislar — chinakam ziyolilardir.
Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e`tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma`naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g’amxo’rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur Moddiy-ma`naviy sharoitlarni yaratib berish kerak. Davlat hokimiyati va xo’jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas`uliyatli vazifasidir.Yana bir dolzarb vazifa — o’sib kelayotgan avlodga, uning ma`naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi nihoyatda muhim. Nega deganda, yoshlar xalq ma`naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o’g’il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo’lishi kerak. Iste`dodli yoshlarimizning, yigit-qizlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk insonlar bo’lib yetishishi uchun tegishli shart-sharoitlar hali to’ la yaratilgani yo’q.
Agarki biz o’zimizning ma`naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g’amxo’rlik qilishimiz kerak. Ana shu maqsadda biz ularning mamlakatimiz va chet ellardagi nufuzli ilmiy markazlarda ta`lim olishi uchun mablag’lar ajratdik. Bu ishlar uchun hech narsani, shu jumladan, valyutani ham ayamaymiz-“ deb yozgan edi O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida. Dunyodagi xalqlar va millatlarning ozodlik yo’lidagi kurashlari tarixi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotidagi tub burilishlar davrida ijtimoiy siyosiy vaziyatning o’zi buyuk yo’lboshchilarni maydonga chiqaradi. Hindiston tarixida Maxatma Gandi, Amerika Qo’shma Shtatlari tarixida Jorj Vashington, Frantsiya tarixida Sharl de-Goll, Turkiya tarixida Mustafo Kamol Otaturk ana shunday tarixiy missiyani o’z zimmasiga olib, ona xalqining milliy-ozodlik kurashiga boshchilik qilganini yaxshi bilamiz.
Bizning yurtimiz tarixida ham ana shunday ulug’ yo’lboshchilar tarixiy vaziyat tahozosi bilan maydonga chiqib, xalqimizni yovuz bosqinchilar zulmidan ozod etgan, uning sha'ni va g’ururi, insoniy huquqlarini qayta tiklagan. Bu hahda gapirganda, Sohibhiron Amir Temur bobomiz o’n to’rtinchi asrda Turkiston zaminini mo’g’ullar zulmidan ozod etib, ana shunday buyuk missiyani ado etganini hamisha g’urur-iftixor bilan esga olamiz. XX asrning 90-yillariga kelib esa Prezidentimiz Islom Karimov ana shunday o’ta og’ir va mas'uliyatli vazifani o’z zimmasiga oldi. Buni „O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi har bir nutq va ma'ruza, tarixiy hujjat tasdiqlaydi.
Kitobdagi birinchi material — 1989 yil 24 iyunda, respublika rahbari sifatida ish boshlaganining ikkinchi kuni O’zbekiston Ministrlar Sovetida bo’lib o’tgan Farg’ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish masalalariga bag’ishlangan kengashda so’zlagan nutqidayoq Islom Karimovdagi haqiqiy yo’lboshchilarga xos fazilatlar yorqin namoyon bo’ladi. Avvalo, yangi rahbar boshqalar kabi yonib turgan o’tkir masalalarga, respublikadagi o’ta tang ahvolga beparvo qarolmaydi. Chunki uning qalbi, yuragi xalq dardi bilan, O’zbekiston dardi bilan yonadi. Uning respublikaning yangi rahbari sifatida aytgan quyidagi dastlabki so’zlari shunchaki so’z emas, balki qat'iy talab bo’ lib yangraydi. U faqat va faqat respublika manfaatini, mavjud ahvolni ijobiy tomonga o’zgartirishni rahbar faoliyatidagi bosh mezon deb biladi va boshqalardan ham shuni talab qiladi: „Ishga bo’lgan, o’zimizga topshirilgan vazifaga nisbatan munosabatni, dunyoqarashimizni va umuman, mas'uliyatimizni o’ zgartira olsakkina ishlarimiz yo’lga tushib ketadi. Aks holda, vaziyatni izdan chiqarishga intiladigan kuchlar yo meni chetga surib qo’yadi yoki juda ko’p rahbarlarni o’zgartirishga to’g’ri keladi".
Holbuki, Islom Karimovga qadar respublikamizni boshqargan rahbarlar faoliyatida o’ z xalqining emas, balki faqat mustabid Markazning irodasi, uning manfaatlari bosh mezon bo’lib kelgan edi. Shuning uchun ham ular o’zicha mustaqil hech qanday ish qilolmas, Boshqalardan ham ishni talab qilishga ularda qat’iyat yetishmas edi. Buni kitobdan o’rin olgan quyidagi fakt va dalillar isbotlaydi: „KPSS Markaziy Komitetining mensimasligi va buyruqbozligi shu darajaga borib yetdiki, Markaziy Komitet kotibi yoki viloyat komitetining birinchi kotibi haqida gapirmay qo’ ya qolaylik, hatto, obkom kotibini tavsiya qilish uchun kelishib olishga yaqin-yaqingacha majbur b o’lib keldik. Kim bilan kelishardik deng qandaydir sektor mudiri yoki y o’riqchi bilan, uning xonasi oldida qabul qilishini kutib navbatda turardik. Barcha darajadagi partiya xodimlarining taqdiri shu kishilarga, KPSS Markaziy Komiteti apparatining oddiy amaldorlariga bo’- g’liq bo’lib qolgandi.
Mogilnichenko, Bessarabov hamda ularning eng faoli Ponamarevni bir eslang. Ularning bu yerga kelishi qanday ta'riflangan edik. Bu butun bir voqea bo’lgan edi. Lekin ular o’zlaridan yaxshi xotira qoldirishmadi. Ular birinchi kotib xonasi eshigini chap oyog’i bilan ochib kirishardi. o’shanda plenumlarda qilingan barcha ma'ruzalarni, men shuni ochiq aytishim kerakki, avvaliga Ponamarev, Anishchev, Ogarok va ularning to’dasi tahrir qilardi, so’ng Usmonxo’jaev minbarga chiqib, ana shu tayyor narsalarni o’qishga tushardi. U ko’pincha ma'ruzada gap nima haqda borayotganini bilmagan holda o’ qirdi.
Ana shu kishilarning xohish-irodasi bilan qanchadan-qancha odamlarning, shu jumladan, kommunistlarning, qanchadan-qancha rahbarlar va ularning oilalari taqdiri buzildi. O’zbekistonni hech qachon bilmagan, uning tili, madaniyati, bugungi kuni va o’ tmishini bilmagan, umrida O’zbekistonni ko’rmagan bu odamlar uning faqat qullarcha ta'zim qilishini xohlashardi. Shunday kishilar siyosat yurgizishardi. Yuqorida o’tirganlarning hammasi ularning amaldorlari tayyorlagan qarorlargagina imzo chekishardi".
Boshqa bir o’rinda bunday holatning sabablari shunday bayon qilinadi: „Bo’sh-bayov, siyosiy irodadan mahrum, o’z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo’lmagan kishilarning O’zbekiston kompartiyasi va respublika rahbariyatiga kelib qolishi avvalo shunga yordam berdi. Ularning aksariyati o’zlarining omon qolishlarini o’ylab, huquq muhofazasi organlari, jumladan, Gdlyan va Ivanov guruhi yo’l qo’ygan qonunsizlik va qonun buzilishlarini payqamaslikka obdan urindilar".
Ana shunday rahbarlarning bo’sh-bayovligidan foydalanib, sobiq Markaz, O’z-bekistonning o’zida ko’plab malakali va salohiyatli kadrlar bo’lishiga qaramasdan, SSSRning turli mintaqalaridan yurtimizga ishni bilmaydigan, faqat bu yerdagi imkoniyatlardan foydalanib, davru davron surishni o’ylaydigan odamlarni yubora boshladi. Ular xalqimiz o’rtasida „desantchi"lar deb nom oldi. Boshqa mintaqalardan yuborilgan kadrlarning ba'zilari respublika ehtiyojlari va kulfatlariga hamdard bo’lish u yoqda tursin, balki partiya, sovet va huquqni muhofaza etish organlari va boshqa organlarda o’zlarining rahbar lavozimlariga tayinlanishlarini o’zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq, deb bildilar.
1991 yil 18 avgust. SSSR poytaxti hisoblanmish Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar amaldagi prezident M.Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, favqulodda holat davlat komitetini tuzadi. Tarixda bu „GKChP voqeasi" degan nom bilan eslanadi. GKChP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. Shu maqsadda ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmoqchi, milliy respublikalarning o’z xalqi manfaatlarini o’ylab qabul qilgan qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo’ladi.
Prezidentimiz Islom Karimov bu paytda Hindistonda safarda edi. Respublika rahbarining yo’qligidan foydalanib, O’zbekiston SSR vitse-prezidenti Sh. Mirsaidov va O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo’mitasining ikkinchi kotibi A.Efimovning imzosi bilan O’zbekiston SSRning barcha viloyatlari va Qoraqalpog’iston ASSRga O’zbekiston SSR hududida SSSRda Favqulodda holat davlat qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida ko’rsatma yuboriladi.
Prezident Islom Karimov GKChP e'lon qilinganini Agrada eshitib, zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi Bosh qo’mondoni hamda Markazdan kelgan uch nafar general kutib oladi. Bu o’sha paytdagi mavjud siyosiy protokol qoidalariga mutlaqo zid bo’lib, tagdor siyosiy ma'noga ega edi. Ya'ni O’zbekiston GKChPni qo’llab-quvvatlamaydigan bo’lsa, xuddi o’sha paytda Moskvada bo’lganidek, Toshkent ko’chalariga ham harbiy texnika va qo’shin kiritib, kuch bilan GKChPga bo’ysundirishga majbur qilamiz, degan po’pisa ana shu generallarning basharasidan sezilib turar edi.
Lekin Yurtboshimiz bunga parvo ham qilmasdan — buni „Mustaqillik arafasida yoki sho’rolarning so’ nggi talvasasi" filmida barchamiz ko’rib guvohi bo’lganmiz — aeroportdan to’g’ri hukumat binosiga kelib, kechqurun hukumat a'zolari bilan uchrashadi hamda O’zbekiston SSR hududida GKChPning honunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko’rsatma beradi. Shu tariqa GKChP gumashtalari O’ zbekiston hukumati nomidan qabul qilgan barcha hujjatlarni bekor qildi. 1991 yil 20 avgust kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati, Vazirlar Mahkamasi, Qorahalpohiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlis o’tkazildi. Majlisda so’zga chiqqan Prezident Islom Karimov SSSRda yuzaga kelgan vaziyatga, favqulodda holat davlat qo’mitasi va uning rahbarlari qabul qilgan qarorlarga O’zbekiston rahba–riyatining munosabatini aniq-ravshan bayon qildi. O’sha kuniyoq O’zbekiston SSR Prezidentining respublika aholisiga murojaati e'lon qilindi. Unda, jumladan, shunday so’zlar alohida ta'kidlanadi: „har birimiz og’ir va vazmin bo’lishimiz kerak. Boshimizga tushgan bu sinovlar, noaniq davr va sharoitdan, avvalambor, aql va idrokimizni bir joyga yiq’ishtirib, insof va vijdonni yo’qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishimiz kerak...
O’zbek xalqi 130 yilcha mustamlakacqilik istibdodi ostida yashadi. Bu davr mobaynida uning milliy-ma'naviy merosi paymol etildi, tarixi soxtalashtirildi, ilmiy, madaniy binobarin ma'naviy merosga niglistik qarash cheklab qo’yildi. Xalqimizning ongi sal bo’lmasa ijtimoiy adolatsizlik, ma'naviyatsizlik, nopoklik va yovuzlikka qarshilik ko’rsata olmay yuvvosh yashayverishga ko’nikib qolayozgan edi. Uzoh yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z tarixiy-ma'naviy merosidan to’laqonli, erkin-emin foydalanish imkoniyatidan mahrum bo’lib keldi.
Mustaqillikka erishishimizdan avval: kim Imom al-Buxoriy, X o’ja Ahmad Yassaviy, Imom at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Marg’inoniy, Fazzoliy, Naqshband kabi allomalarimizning nomini tilga olar, ular qoldirgan boy ma'naviy merosni o’rganish imkoniyatiga ega edik; Kim Qur'oni Karimni, hadislarni, dinu-islomni erkin o’qiy va o’rgana olardik;
Kim Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo singari ma'naviy madaniyatimizning yulduzlari bo’lgan buyuk zotlar nomini erkin-emin tilga olar edik;
Kim Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Fitrat, Behbudiy kabi ma'rifatparvar, millatparvar bo’lgan ulug’ zotlarni eslay olardik; Bu kabi savollarning son-sanog’i yo’q. Mana shularning o’zi ham milliy ma'naviyatimiz–ning naqadar toptalganligini ta'kidlovchi misollardir. Faqat mustaqillikni qo’lga olishimiz sharofati tufayligina ma'naviy merosimizni, ko’hna va navqiron tariximizni o’rganish, jahon sivilizatsiyasidagi munosib o’rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo’ldik.
Bunday imkoniyatlarni qo’lga kiritishimizda xalqimizning sevimli farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar inson Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o’ynadi.
Mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarda katta muvaffaqqiyatlar qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o’tib bormoqdamiz, milliy ma'naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmohdamiz. Birinchi Prezident I.Karimovning milliy-ma'naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritganda, ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta'kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amx o’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma'naviy merosimiz rahnamolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi va etilmoqda. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi; Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda Imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilliklari, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi, A.Qahhorning 100 yilligi nishonlanishida bosh-qosh bo’lganliklarini ta'kidlash. lozim
Mustaqillik yillari Qur'oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to’rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to’plami chop etildi.
Ko’plab Qur'oni Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand b o’layotganligining guvohi bo’lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayram sifatida nishonlanmoqda. Navro’z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko’plab masjid va madrasalar ta'mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi.
Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta'minlash y o’lida qurbon bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar hiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma'naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’ylari 1997 yilda katta tantanalar bilan nishonlandi.
Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan xalqimizning milliy qahramoni buyuk vatanparvar Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalqimizning buyuk merosi hisoblangan «Alpomish» dostonining 1000 yilligi, milliy-ma'naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk davlat arbobi, fan homiysi Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning 190 yilliklari 1999 yilda keng nishonlandi.
O’zbek tilining davlat tili darajasiga aylanishi borasida bir qator ijodiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlat idoralarida ish yuritish, shaharlarda ko’chalar va joylarni nomlashda tarixiy haqiqat tiklanmohda. Ma'naviy merosimiz sanalgan ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Xullas, mustaqillik yillari biz uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi, maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarning o’rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Mustaqillik yillari ma'naviyatimizning muhim elementi hisoblangan ta'lim va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida «Ta'lim to’g’risida qonun», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Sog’lom avlod dastur»ining qabul qilinishi milliy ma'naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, millatimizning obro’-e'tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ ldi.
Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli 2000 dan ortiq yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ta'lim olmoqdalar. «Mahalla», «Kamolot», «Soqlom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug’bek», «Umid», «Ustoz» kabi jamg’armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga keldi. Ular bugungi kunda ta'lim, tarbiya va milliy ma'naviyatimizni rivojlantirish ishlariga katta yordam bermoqda. Eng muhimi bugungi kunda mustaqilligimiz ta'minlandi, millatimiz qadrini, g’ururini, or-nomusini, milliy-ma'naviy merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Prezidentimiz rahnamoligida haqiqatga aylandi.
Bu haqiqat. Bundan hech kim, xatto muxoliflarimiz ham ko’z yumolmaydi. Bu muvaffahiyatlarimiz o’ tmishda faqat orzu edi, xolos. qilingan ishlar, ma'naviy merosimizni o’zlashtirish, milliy o’zligimizni anglash va boshqa ko’plab ma'naviy hayotimizda sodir etilgan o’zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.
Shuning bilan bir qatorda milliy-ma'naviy tiklanish borasida k o’lami jihati–dan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o’rganishimiz lozim bo’ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma'naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»[21].
Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimizni xalqimiz adolatli ravishda Prezidentimiz nomi bilan bog’laydi. Milliy-ma'naviy tiklanishimiz borasida Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlar qatoriga yana quyidagilarni qo’shish lozim b o’ladi:
a) milliy-ma'naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy kontseptsiyasini ishlab chiqhanligi va istiqbolda ma'naviy taraqqiyotimizning XXI asrdagi vazifalarini belgilab berganligi;
b) milliy-ma'naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatga o’tish sharoitidagi o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berganligi va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma'naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalish boshlab berganligini ham ta'kidlash lozim b o’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |