O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020



Download 3,35 Mb.
bet7/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

Birinchidan, jismonan soqlom, ruqan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik isloqotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

Ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-qunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

Uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida soqlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018 yil 27 iyunda imzolangan «Yoshlar–kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g`risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim xujjat bo‘ldi. Farmon bilan «Yoshlar–kelajagimiz» jamg`armasi tashkil etildi va ushbu jamg`arma yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, qoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi belgilab qo‘yildi. Ushbu hujjatga e'tibor qaratilsa, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuskorligini kompleks rivojlantirish vazifalari aniq va tizimli belgilanganini ko‘rish mumkin.

O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimida ham tub islohatlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta'lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining yarmidan ko‘proqini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og`ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablaq va resurslar izlab topilmoqda.

O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta'lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta'kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog`li javob bera olishiga bog`liq.

Shu maqsadda mamlakatda “Maktabgacha ta'lim vazirligi” tashkil etildi, maktab ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim qayta joriy etildi. Viloyatlarda yangi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta'lim shakllari tiklandi. Keyingi ikki yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.

Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.

Umuman, yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg`ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg`or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk, jismonan sog`lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e'tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e'tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta'minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat'iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti.

Ma’naviyat, ma’naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay mehnat qilish orqali yetishish mumkin. Bu xayrli ishda O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning o‘rni beqiyosdir. Milliy qadriyat, ma’naviyat, madaniyat umumbashariy qadriyat, ma’naviyat va madaniyatining sarchashmasidir. Ana shu sarchashma ma’lum makonda, ya’ni Vatanda vujudga keladi. Shunday ekan, milliy qadriyat va ma`naviyat bevosita vatanparvarlik bilan uzviy aloqadorlikdadir.



Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish