O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
2020-2021 O’QUV YILI UCHUN
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
FANIDAN
M A ‘ R U Z A M A T N I
BARCHA YO’NALISHLAR UCHUN
Namangan - 2020
1-Mavzu : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Reja
1. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
2. Yuksak intellektual salohiyatli, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘qrisidagi fikrlari.
4. XXI globallashuv asrida ta'lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-kontseptual yondashuv va ilg`or innovatsiyalar.
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi tarixiy yodgorlik va obidalarini e'zozlab ko‘z qorachiqidek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Chunki tarix yunon olimi Sitseron fikriga ko‘ra “...bu davrning shoqidi, haqiqatning shu'lasi, xotiraning umrboqiyligi, o‘tmishning elchisi demakdir”. Nega deganda, insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalam-bor, uni qurolsizlantirishga, ya`ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma`naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig’ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki, har qaysi millat yoki xalqning ma`naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ma`naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta`minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Farg`ona harbiy gubernatori Skobelev: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoi tamom bo‘ladi”-deydi. Sovet davrida faoliyat olib borgan Kommunistlar partiyasining mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borgan siyosatini Davlat xavfsizlik qo‘mitasining mutlaqo maxfiy saqlangan 1947 yildagi ko‘rsatmasiga muvofiq “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urinishgani haqida gapirish mumkin emas, e'tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim”,-deyiladi. Chunki, milliy o‘zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi. Bundan 1600 yil oldin yashab o‘tgan xristian faylaso‘fi Avgustin tarixni xalq va millatning taqdirida tutgan o‘rnini ko‘rsatib: “qaflatda yotgan xalqni uyqotish uchun, avvalo uni tarixini uyqot”,-deb yozadi.
Jadidlar tarixda birinchi bo‘lib, Vatan tarixini xalq ta'limi tizimiga kiritadilar. Jumladan, mana shunday insonlardan biri Abdulla Avloniy millatni tarbiyalash, o‘yg`otish uchun tarixiy tarbiya masalasini “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”-deydi. Maqmudxo‘ja Beqbudiy “Turkiston tarixi kerak” nomli maqolasida “Tarixning foydalilaridan ba'zisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq, yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri tugab ketganligini bilmoq va bundan xulosa qilmoq ham mumkindir”-deydi. No‘shiravon Yovushov esa “O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan...bolaga o‘xshaydur... Tarix millatning joni, ruhi, moddiy va ma'naviy hayotidir”- deydi.
Umuman, tarixni o‘qitish xozirgi mustaqillik davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy, ma'naviy-mafkuraviy uyqonish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh me'zoni hisoblanadi. Demak, tarixga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi taraqqiyot va milliy uyqonishning asosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov: “qachon lo‘nda, asosli qilib haqqoniy tariximizni farzandlarimizga yetkazasizlar... Millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki u xalqimizga ma'naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g`ururini uyqotsin”.
O‘zbekiston tarixini yoritish va o‘rganishda uni to‘qri davrlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotlarda O`zbekiston tarixi bo‘yicha turli tipdagi davrlashtirishlar qo‘llaniladi. O‘zoq davr mobaynida tarixni o‘zlari bilganlaricha davrlashtirishlar tarixni yoritish va o‘rganish borasida buzilishlarga olib keldi. Sobiq ittifoq tarkibidagi xalqlar tarixi, jumladan yurtimiz va xalqimiz tarixi sinfiy kurash inqilobiy harakatlarga asoslangan markscha qarashlarga mos holda davrlashtirildi. Shu bois fanda ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm kabi davrlashtirish paydo bo‘ldi. 1991 yilgacha tarixni davrlashtirish masalasida boshqa yondoshuvlar ham mavjud edi. Arxeolog olimlar davrlashtirishda insonlar tomonidan foydalanilgan meqnat qurollari yasalgan materiallarni e'tiborga olgan bo‘lsalar, xorij olimlari L. Morgan va F. Engels tarixni uch davrga yovvoyilik, vahshiylik va svilizatsiya davrlariga bo‘ladilar. Bunday davrlashtirish nomukammal ekanligini tarixning o‘zi isbotladi va rad etdi. Bunday davrlashtirishlardan bugungi kunda tarixchilar quyidagi davrlashtirishni maqul ko`radilar. Qadimgi davr (insoniyat paydo bo`lganidan, milodiy IV asrga qadar), O`rta asrlar davri (milodiy IVasrdan XIX asr o`rtalariga qadar), Rossiya mustamlakachiligi davri (XIX-asr o`rtalaridan – 1917 yilga qadar), Sovet davri (1917 yildan-1991 yilga qadar), O‘zbekistonning eng yangi tarixi davri (1991 yildan boshlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |