O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020


Foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati



Download 3,35 Mb.
bet8/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

Foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati

1. Mirziyoev SH.M. O`zbekiston yoshlar mamlakati//O`zbekiston Respublikasi prezidenti ma`ruzasi. 2019.24-iyul. www.google.uz. www.google.uz.

2. Mirziyoev SH.M. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqidan. www.google.uz. www.google.uz.

3. Murtazaeva R.H. O‘zbekiston tarixi. T. “Yangi asr avlodi” 2003.

4. Ergashev Q.va bosq. O‘zbekiston tarixi. T. “G`afur G`ulom” 2015.

2- mavzu: Mustaqilikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

Reja:


  1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat.

  2. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining osib borishi.

  3. I.Karimov – O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari.

XX asrning 70 - 80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-harajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chikilgan ijtimoiy, oziq - ovqat , agrar, energetika, eqologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.

Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan turg’unlik xolati sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy - texnikaviy yangiliklar sodir bo’ldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina - fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o’tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron - hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo’llanila boshlandi.

Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og’ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo’ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg’or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yo’liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko’rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo’lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida keng qo’llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og’ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo’lib, o’zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag’ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.

Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy - texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo’lga qo’yilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan - texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.

Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan edi. Ma’muriy -buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh, qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar edi. Ijtimoiy extiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq; printsipi va taqsimotda tekischilik xukmron edi. Bo’lar aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, giyoxvandlik, chayqovchilik, poraho’rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.

Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog’ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi.

“Qayta qurish” - XX asrning 80 - yillari o’rtalarida keng iste’molga kirgan tushuncha. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh, yo’li bilan o’zgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to’planib qolgan ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni “qayta qurish” yo’li bilan xal etishdan iborat bo’lgan. 1987 - 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo’lib, enlikda jamiyatning barcha jabxalarini kompleks tarzda isloh, qilishni kun tartibiga qo’ydi. Jumldan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtIrokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy xolat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chikilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar.

Xullas, M. S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, «sovuq urush»ning tugashi va x,k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama - qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 -yillarning oxiri - 90 - yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida buxronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to’planib qolgan muammolarni to’la xal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g’oyalariga to’g’ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning xalokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bo’ldi.

“Paxta ishi” va uning XX asrning 80 - 90 - yillarda sovet hokimiyati oqibatlari tomonidan mavjud turg’unlik xolatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf etish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o’yinlar» o’ylab chiqdilar.

1983 yilning oxirida O’zbekistonda juda og’ir vaziyat vujudga kelgan edi. Respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida SSSR Bosh prokurori xuzurida alohida muhim ishlar bo’yicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruxi tuzilib, O’zSSRga yuboriladi. Ular O’zSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog’liq jarayonlardagi «Ko’shib yozish», «o’g’irlik», «ko’zbuyamachilik», «poraho’rlik»ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qing’irliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qilish bilan shug’ullandilar. Buning natijasida «paxta ishi» paydo bo’ldi. Tergovlar jarayonida Moskvadan yuborilgan T.X Gdlyan va N.V. Ivanov guruxining faoliyati natijasida respublikadagi jamoa xo’jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%, qishloq xo’jaligi yetakchi mo’taxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, ko’plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xo’jalik rahbarlari o’z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi.

O’zSSRning ijtimoiy - siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi MK XVI - plenumi mash’um rol o’ynagan. Moskva tashabbusi va ko’rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qilingan hujjatlar O’zSSRda o’zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan O’zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 - 1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O’zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy - xo’jalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.

Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, «paxta ishi»ga ataylab siyosiy tus berildi va u keyinroq atay «O’zbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo’liga o’tildi. 1983 - 1990 yillarda O’zSSRda «paxta ishi» degan uydirma bo’yicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanktsiyasisiz o’tirdi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Aytish kerakki, 2011 yil avgust oyida O’zbekiston televideniesi orqali namoyish’ etilgan „Mustaqillik arafasida yoki sho’rolarning so’nggi talvasasi" filmidan o’rin olgan tarixiy lavhalar, taniqli olimlar, ekspert va taxlilchilarning 1989-1992 yillardagi suronli voqyealar haqidagi fikrlari „O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobida tilga olingan masalalarni tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan to’ldirib, ularning ahamiyatini yanada oshiradi, kitobxon tasavvurini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. O’z xalqining taqdiri va kelajagini, erkin va farovon hayotini o’ylagan inson, avvalo, uning tinch-osoyishta hayot kechirishi haqida bosh qotiradi. Umuman, jamiyatning tinchligi va barqarorligini ta’minlash yo’lida o’zining butun kuch-qudrati va salohiyatini safarbar etish - buyuk yo’lboshchilarga xos asosiy fazilatlardan biridir. Tarixga murojaat etadigan bo’lsak, Hindiston zaminida davlat barpo etgan ulug’ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning bu o’lkadagi turli qabila va elatlar o’rtasida tinchlik, o’zaro hamjihatlikni asrash yo’lida qanchalik tinimsiz kurash olib borganini eslash lozim. Aynan ana shunday izchil siyosat hind zaminida yashayo’tlangan o’zaro do’stlik, hamjihatlik, milliy birlik an’analariga asos bo’lganligi shubhasiz.

Prezidentimiz Islom Karimovning respublika rahbari sifatidagi faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash masalalari eng muhim ustuvor yo’nalishlarga aylangani va bu g’oya mustaqillik g’oyasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida „O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi ma’ruzalarda har tomonlama o’z ifodasini topganini ta’kidlash lozim.

Ma’lumki, XX asrning 80-yillari oxirlarida sobiq SSSRda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betayinlik avj olib ketdi. O’z navbatida, necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to’ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi.

Bunday salbiy holatlar, afsuski, O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. 1989 yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun Farg’ona viloyati janjal va to’polonlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may quni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so’ng esa Marg’ilon va Qo’qon shahar-lariga o’tdi.

Aytish mumkinki, bunday fojialar, yurtimiz tarixida ilgari hech qachon yuz bermagan. Qadimdan o’zining bag’rikenglik, mexmondo’stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuxrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovat-da bo’lmagan, qo’l ko’tarmagan. Biroq, sobiq Iggifoqidagi buzg’unchi kuchlar ta’sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar halok bo’ldi. Mingga yaqin kishi jarohatlandi. Sakkiz yuzdan ortiq uyga o’t qo’yil-di. Davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon yetkazildi. Ommaviy chiqish-lar va to’polonlarda o’ttiz mingga yaqin odam ishtirok etdi. Yetkazilgan ziyon bir necha million so’mdan iborat bo’ldi.

Keyinchalik aniq tarixiy dalillar asosida ma’lum bo’ldiki, ana shu tartib-sizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutlaqo zid bo’lgan harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga mansub bo’lgan, maxsus tayyorgarlik bilan ko’chaga chiqarilgan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qo’zg’ab, janjal chiqarishga da’vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi ig’vo va bo’hton gaplarni tarqatib, soda olamonni g’alayonga chiqarishga uringan va ba’zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga oshirishga erishgan ham.

Sobiq SSSRning markaziy matbuoti jahondagi ko’pgina OAV bor haqiqatni aytib, jahon axlini ogoh etish, bunday to’polonlarning oldini olish o’rniga, bamisoli olovga yog’ sepgatsdek, Farg’ona voqyealarini bir yoqlama yoritishga harakat qilar edi. Asosiy aybdorlar bir chetda qolib, ular jabr ko’rgan, qancha-qancha qurbonlar bergan jabrdiyda xalqimiz sha’niga malomat yog’dirishga urinardi. Xuddi „paxta ishi"da bo’lgani kabi, bu safar ham xalqimiz yo’q joydan aybdor bo’lib qolayotgan edi.

Sovet rahbarlari, jumladan, SSSR Ministrlar Soveti raisi N.Rijkov voqyea sodir bo’lgan joyda bo’lib, hech narsani hal qilmasdan, nomiga kelib-ketadi. Fojia ildizlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini qidirish, haqiqiy jinoyatchilarni topish hech kimning xayoliga ham kelmas edi. O’sha paytda SSSR davlatining oliy hokimiyat organida-SSSR Oliy Sovetining Millat-lar Kengashi raisi lavozimida ishlagan R.Nishonovning bu boradag’i pozitsiyasi haqida avvalgi bobda fikr yuritilgan edi. Ana shunday mas’uliyatsiz odamni shunday yuqori vazifaga qo’ygan SSSR Prezidenti M.Gorbachevning bu masaladagi yondashuvi ham unikidan farq qilmas edi. Ular uchun butun bir xalq, butun bir respublikaning taqdiri muhim emasdi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bi-lan O’zbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, oxir-oqibatda esa butun O’rta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni ko’zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo’lsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarg’a yo’l ochib beradi.

Bo’larning barchasi respublikaning yangi rahbari Islom Karimov zimmasiga o’sha paytda qanchalar og’ir vazifalar tushganini ko’rsatadi. Atoqli adabiyot-shunos olim Ozod Sharafiddinov o’zining “Prezident” nomli risolasida o’sha paytda yurtimizda hukm surgan vaziyatni qaynab yotgan qozonga qiyoslagani bejiz emas edi. Bu qaynoq qozonning ichiga tushish u yoqsa tursin, uning oldiga yaqinroq borishning o’zi tasavvur etib bo’lmaydigan jasorat edi.

Islom Karimov shunday taxlikali vaziyatda respublikadagi boshqa ko’plab muammolarni qo’ya turaylik -faqat Farg’ona voqyealari masalasida bir necha jabhada, ya’ni ham siyosiy-nazariy, ham tashkiliy-amaliy, ham mafkuraviy sohada faoliyat olib borishiga to’g’ri keldi. Boshqacha aytganda, u avvalo o’lkan siyosiy-nazariy tafakkur asosida bu voqyealar nima uchun sodir bo’lganiga, uning ildiz-lariga baho berish; ikkinchidan haqiqiy jinoyatchilar va ularning ortida turgan qabih kuchlarni aniqlash; Farg’ona voqyealari yaqqol namoyon etgan ijtimoiy-so-sial muammolarni tashkiliy-amaliy jihatdan hal etib, odamlarning haqiqatga, ertangi kunga bo’lgan ishonchini tiklash; uchinchidan, SSSRning katta minbarlari orqali Farg’ona voqyealari haqidagi asl haqiqatni dunyoga yetkazish, xalqimizning sha’ni va g’ururini himoya qilishi zarur edi. Bunday vazifalarni ado etish, in-sonning jismoniy va intellektual imkoniyatlari nuqtai nazaridan qaraganda, ayniqsa, sobiq mustabid tuzum sharoitida, har tomondan bosim, tazyiq va ta’-qiblar kuchaygan paytda nihoyatda og’ir ekanini tasavvur etish albatga qiyin emas. Lekin Islom Karimov o’lkan jasorat bilan, haqiqiy holatga real ko’z bilan qarab, shiddatli kurash maydoniga mardona bel bog’lab chiqadi. U Farg’ona voqyea-lariga keng nazar bilan qaraydi. Ya’ni bu voqyealar, ularning’ negizidagi sabablar faqat bitta viloyatga xos emas, budday fojialar O’zbekistonning xohlagan joyida yuz berishi mumkin, deb hisoblaydi. Chunki ularni yuzaga chiqargan sabablar, muammolar O’zbekistonning boshqa joylarida ham keskin bo’lib. turganini aniq dalillar bilan isbotlab beradi. Shu maqsadda, kechagina respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Kari-mov ishga kirishgan kunning ertasigayoq, ya’ni 24 iyun kuni O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o’tkazadi va unda no’tq so’zlaydi. O’zining kes-kin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur no’tqda respublika rahbari O’zbekistonda vujudga kelgan o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi, Islom Karimov voqyeaga baho berish, uning ildizlarini qidirish va bunday g’ayriinsoniy xatti-harakatlarga chek qo’yish uchun butun imkoniyatini ishga solgani O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining eng dramatik sahifalarini tashkil etadi.

O’zbekiston rahbari yurtimizdagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifasini KPSS Markaziy komiteti, xususan, Bosh kotib M.Gorbachev oldiga keskin qilib qo’yadi. KPSS Markaziy komiteti plenumida so’zga chiqar ekan, Islom Karimov O’zbekistondagi, jumladan, Farg’ona viloyatidaga so’nggi voqyealar to’g’risida ay-rim OAV e’lon qilgan maqolalarni tushunish qiyinligi haqida gapiradi. Kon-kret sharoitimizni, ko’p asrlik tariximiz, madaniyatimiz, an’analarimiz, urf-odatlarimiz va marosigmlarimizni bilmagan, shuningdek, o’sha voqyealarning sa-babchisi bo’lmish murakkab muammolardan bexabar qiziqqon, ba’zi hollarda esa kimlarningdir buyurtmasini bajargan mualliflar butun bir xalqning nomini badnom etib, uning yuziga loy chaplamokda va o’zini oliy hakam deb hisoblamoqda, deb OAVning soxta shov-shuvlari asossiz ekanini dadil ochib tashlaydi.

1989 yilning 25 iyunida respublika rahbar etib saylanganining uchinchi kuni Islom Karimov janjal-to’polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg’onaga yo’l oladi. Lovullab yonayotgan uylar, taqlika va sarosimaga tushgan shahar va qish-loqlar, qaxrg’azabga to’lgan odamlarning ichiga bir o’zi hech qanday qo’riqchilarsiz kirib boradi. Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu g’golalarini tinglab. o’zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so’zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qo’ygandek bo’ladi, ko’ngildarda so’ngan umid uch-qunlarini uyg’otadi.Tartib-intizomni tiklash, qon to’kilishining oldini olish bo’yicha butun mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar ko’radi. Voqyea sabablarini qidiradi. Masala mohiyatini ochiq-oydin ko’rsatadi. Jumladan, u “ana shu fojianing aybdorlarini himoya qilishga urinishlar ham asossizdir. Kim bo’lishidan, qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar, vahshiylik va odam o’ldi-rishda, o’t qo’yish va to’s-to’polon chiqarishda aybdor bo’lgan shaxslar jazoga tortili-shi zarur va jazoga tortiladilar, toki o’zbek xalqining pok nomiga dog’ tushirili-shiga yo’l qo’yilmasin”, deb takidlab o’tgan’.

Respublika rahbarining bunday qatiyati asossiz ta’na va bo’htonlardan ezil-gan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko’tarib yubor-di. Islom Karimov qonli voqyealar haqidagi haqqoniy fikrlari bklan xalqimiz sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bo’hton ekanligini isbotlaydi. Ayni ggaygda vahshiylik qilgan, odam o’ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqar-gan, umlarga o’t qo’ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o’zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini yuqori sovet minbaridan turib jasurlik bilan aytdi.

Respublikada mavjud ijtimoiy vaziyatni nazarda to’tgan O’zbekiston rahbari sodir bo’lgan voqyealar yuzasidan o’zining pozitsiyasini ochiq-oydin bayon etadi.

Albatta, Islom Karimov respublika rahbari sifatida Farg’ona voqyealari-ning sabab va oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan o’z kabinetida o’tirib ham tanishishi, kerakli qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo kabinetdan chiqmay ish yuritish prinsipi Islom Karimov uchun mutlaqo begona edi. U hayot-ning qaynoq nafasini bevosita his qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga bo’lish, el-yurtning dardu quvonchiga doimo sherik bo’lishni o’zining hayotiy maslagi, oliy insoniy burchi deb bildi.

Agar o’sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, Farg’ona voqyealari haqida shov-shuv ko’targanlar, shuvday qonli fojia hisobidan obro’topish, o’zining g’arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar ko’p bo’lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jaso-rat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimla-rini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. Jumladan, Yurtboshimiz Toshkent-da va Moskvada bo’lib o’tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqish-larida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “O’zbek xalqining vijdoni pok. Farg’ona voqyealari o’zbek xalqining irodasi bilan sodir bo’lmadi. Bu voqyealarga to’turuqsiz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, kim qanday bo’yoq bermasin, tarix, albatta, o’zining adolatli hukmini chiqa-radi. Baynalmilalchilik, mehmondo’stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o’zbek xalqiga xos fazilat bo’lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko’pgina misollar bilan isbot qilingan”. Bunday haqqoniy va haroratli so’zlar el-yurtimizning dardiga darmon bo’dsi, uning tuhmat va malomatlardan egilgan ruhini ko’tardi.

Ana shunday tarixiy misollar asosida aytish mumkinki, Islom Karimovning barcha muammolar haqida - ular qanchalik og’ir va noxush bo’lmasin - ochiq gapiri-shi, hamisha haqiqatning ko’ziga tik qarashi unga nisbatan xalqimizning e’tirofi va ehtiromini uyg’otdi.

O’zidan ilgari respublika rahbari bo’lib ishlagan, siyosiy kaltabinligi va jur’atsizligi bilan el-yurt o’rtasida obro’sini yo’qotgan I.Usmonxo’jaev va R.Ni-shonov kabi o’tmishdoshlaridan farkdi ravishda, Islom Karimov O’zbekiston yetak-chisi sifatida uzoq vaqtlar davomida yechilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o’tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashladi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo’yicha Markaz rahbariyati oldiga qat’iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qo’yishdan cho’chimadi. Ushbu kitobdan o’rin olgan ko’plab chiqishlarda buni yaqqol ko’rish mumkin.

Mavjud siyosiy beqarorlik, boshboshdoqlik va bedodlik sharoitida, naqadar og’ir va qaltis bo’lmasin, o’sha mash’um kunlarda sobiq Markazdagi kuchlar va ularning o’zimizdagi malaylari yurtimiz rahbariga har qadamda millatchilik yorlig’ini yopishtirish, uning shaxsiga nisbatan tuhmat va malomatlar yog’dirishg’a qanchalik urinmasin, qanday keskin siyosiy va ma’naviy-ruhiy bosim ta’siri ostida ish olib borishga to’g’ri kelmasin, Islom Karimov el-yurtning tinchligi-ni asrash, xalqimizni omon saqlashni o’zi uchun eng buyuk maqsad deb bilganini kitobdan o’rin olgan har bir hujjat isbotlab, tasdiqlab beradi.

Farg’ona fojialari tagida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqyealar, aytish mumkinki, 1986 Yili Qozog’iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan „Metel" operatsiyasining davomi edi. Albatta, ssenariylar shakli, tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil bo’lishi mumkin. Biroqmaqsad bitta edi. Shu tariqa mavjud siyosiy tizimni turli alg’ov-dalg’ovlar, to’s-to’polonlar, mil-liy respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saq-lab qolishga harakat qilindi. Ayniqsa, „rashidovchilik", „O’zbeklar ishi", „Paxta ishi" kabi siyosiy kampaniyalar bilan gangitilgan resggublikamizning o’sha payt-dagi rahbarlari iltimoslariga ko’ra Rossiyadan yuzlab chalasavod rahbarlar „de-santi" O’zbekistonga tashlandi. „Desantchi"lar siyosati fosh bo’la boshlagach, xalqimizni millatchilikda ayblash kerak bo’lib qoldi. Yarim yillik tayyorgarlik-dan so’ng, 45 yil davomida SSSR hukumatidan Mesxetiyaga qaytarishni talab qilaverib charchagan, may oyida nima qilib bo’lsa ham ketishni rejalashtirgan turklarning faollashuvidan, xuddi shu oyda ishsizlik jonlariga tegib, namoy-ishlarga hozirlanayotgan Farg’ona yoshlarining soddaligidan foydalanildi. Nati-jada sho’rpeshana turklar Rossiyaning kimsasiz bo’lib yotgan qishloqlariga ko’chi-rildi. Boshqacha qilib aytganda, ular yangi sharoitda yangicha surgunga giriftor etildi.

Farg’onaning maxalliy aholisi esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchun Qo’qonda o’qqa to’tildi. Bu ikki harakatda ham ruslarga qarshi kayfiyat bor, degan sun’iy da’volar o’ylab topildi. Bunday fitna O’shda 1989 yil 20 mayda bo’lib o’tgan voqyeadan keyin paydo bo’lgan edi.

Prezidentimiz Islom Karimov o’z kitobida Farg’ona voqyealarining tub sa-bablarini quyidagi masalalar bilan bog’liq holda talqin etadi:


  1. Farg’ona vodiysida yashayotgan aholining og’ir ijtimoiy-iqgisodiy ahvoli.

  2. Odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat O’zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo’lishi mumkinligi.

  1. Ishsizlik, ishchi o’rinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining ko’pa-yib borishi.

  2. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o’ylab ko’rilmagani kabi sabablar.

1991 yilning 9 dekabrida Namangan shaxrida bir guruh qo’poruvchi kuchlar ziloyat ijroiya qo’mitasi binosini egallab olib, O’zbekistonni islom davlatiga zylantirishni da’vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni galab qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida ertasi kuni tongda Namanganga yetib keladi va ongi akddatparastlik g’oyalari bilan zaharlan-gan, jazavaga tushib, qora kuchga aylangan johil olomon orasiga soqchi va hamroh-larsiz, bir o’zi hech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib bordi. Bu o’ta keskin, dramatik holat videotasmasida tasodifan muxrlanib qolgan. Ana shu ja-.oratga to’la, har qanday odamni ham hayajonga soladigan tarixiy lahzalar ”Mus-taqillik arafasida yoki sho’rolarning so’nggi talvasasi” filmida aks ettirilgan. Shiddat bilan kirib kelgan respublika rahbarini ko’rishgach, aqidaparastlar bir oz dovdirab qolishadi. Yurtboshimiz vazminlik bilan so’z boshlaydi va ularning barcha da’volarini aniq faktlar bilan rad etadi.

Bu harakat a’zolari 1991 yilning dekabrida Namanganda viloyat ijroiya qo’mi-tasi binosini egallab olib, hukumat vakillariga quyidagi talablarni qo’yadi:



  1. Dunyoviy tuzumdan voz kechish va O’zbekistonni islomiy davlat deb e’lon qilish.

  2. Dunyoviy qonunlarni bekor qilish va mamlakatda shariat arkonlarini joriy etish.

  3. Dunyoviy maktablarni yopish va o’g’il bolalar hamda qiz bolalar alohida o’qitiladigan maktablar ochish.

  4. Islomiy kiyinishga o’tish, ayollarning hijobda yurishlarini joriy etish.

  5. Namangandagi sobiq siyosiy ta’lim muassasalari binolarini islom radi-kallari ixtiyoriga berish kabilar edi.

  6. Ular jami 15 ta talab asosida hokimiyatni miyasi diniy radikalizm bilan zaharlangan kuchlarning qo’liga berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Hoki-miyatning ularga berilishi ularning nazarida jihod qilinishi lozim bo’lgan barcha insonlarning — o’zga dindagilarni, o’zgacha fikrlovchilarni, dunyoviy ta-raqqiyot tarafdorlarining, qisqasi, ko’ngillariga yoqmaganlarning istisnosiz tarzda qirib tashlanishiga olib kelgan bo’lar edi.

Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning qat’iyati va jasorati binoni boshiga ko’tarib g’alayon qilib yotgan minglab eng ashaddiy ekstremistlarni ham sarosimaga solib qo’yadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular ta-lab qilayotgan yo’l qonunga mutlaqo zid ekani va hech qachon yaxshilikka olib kel-masligini uqtiradi, o’zining salobati va irodasi bilan guvullab yotgan olomon-ning shashtini so’ndirishga, behuda qon to’kilishining oldini olishga muvaffaq bo’ladi. Mustaqillik arafasida talonchilik, bosqinchilik, garovga olish, ta’magir-lik, o’g’irlik, tovlamachilik, odam o’ldirish bilan bog’liq jinoyatlar Namanganda ham avj oladi. 1990 yilgoshg o’n oyida viloyatda 3189 ta jinoyat yuz bergan bo’lsa, 1991 yilning may oyiga (besh oy ichida) kelib bu ko’rsatkich 3213 tani tashkil etadi2. O’ziga to’q oilalarning bolalarini o’g’irlab ketib, evaziga katta pul so’rash holatlari kuchayadi.

Terroristik usullarni keng qo’llagan, mamlakat hayotini izdan chiqarish va shu orqali davlatni kuchsizlantirish yo’lini tanlagan radikallar 1992 yil bahorida o’zlarining yovuz basharasini yana bir bor namoyish qilib, rasmiy hokimiyatning bir necha vakillarini garovga olishadi. Keyinchalik Tojikiston va Afg’oniston hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan bu kuchlar mazkur mamlakatlardagi harbiy lagerlarda tayyorgarlikdan o’tib, O’zbekiston hududida ham bir qator ter-roristik jinoyatlarni sodir etdi.

Yuqorida zikr etilganidek, dunyodagi bebaho boylik bo’lgan tinchlik va oso-yishtalikni saqlash, uni ko’z qorachig’idek asrash masalasi mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning faoliyatida doimo eng muhim, eng ustuvor yo’nalish bo’lib kelmoqsa. Buni har xil buzg’unchi kuchlar, diniy va dunyoviy niqobdagi radikal oqimlar bosh ko’targan o’sha notinch davrda, Islom Karimovning chuqur iztirob bilan o’rtanib, 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning 9-sessiyasi minbaridan turib xalqqa qilgan murojaatidagi bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan ushbu so’zlari yaqqol tasdiqladi. Yillar davomida mustaqillik sari intilib yashagan xalqimiz qalbining o’zi-ga xos ifodasi bo’lgan ushbu no’tq va ma’ruzalar o’sha davrda faoliyat yuritgan aksariyat rahbarlarning chiqishlarida kuzatiladigan kommunistik ritorika va demagogiyadan, aravani quruq olib qochishlardan mutlaqo xoli ekani, otashin ruhi va samimiyati bilan keskin ajralib turadi. Bugungi kunda tarixnint noyob hujjatiga aylangan bu chiqishlar oradan 20 yildan ziyod vaqt o’tsa-da, beixtiyor odamni hayratga soladi.

Islom Karimovning vaziyatga real baho berish, nostandart qarorlar qabul qilish borasidagi qobiliyati, xalqimizning azmu shijoatg, qat’iy irodasi, bag’rikengligi, bunyodkorlik kuchiga bo’lgan cheksiz ishonchi uning har bir no’tq va ma’ruzasida aniq-ravshan sezilib turadi. Ular bilan tanishar ekanmiz, bir payt-ning o’zida chuqur tahliliy va xarizmatik2 qobiliyatga ega bo’lgan mana shunday shaxslargina tarix taqozo etganda butun mas’uliyat va javobgarlikning zalvarli yukini o’z zimmasiga olishga qodir bo’lishi, har tomonlama teran o’ylab, uzoqni ko’zlab ish ko’rgan holda, davlat va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan strategik qarorlar qabul qila olishiga amin bo’lamiz. O’zbekistonning butun tarixi xalqning mustaqillik uchun doimiy va tinimsiz intilishidan guvohlik beradi. Milliy-ozodlik harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha bo’lib o’tgan qo’zg’olonlar buning yaqqol ko’rinishla-ri deyish mumkin. Ular xalqimizning ozodlik yo’lidagi kurashlari hech qachon to’xtab qolmaganini ko’rsatadi.

Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish har qanday ko’p millatli jamiyatda o’tish davrining hal qiluvchi masalasi, mamlakatda tinchlik va osoyish-talikni mustahkamlashning eng muhim omili sifatida kun tartibiga chiqadi. Bun-day paytda davlat faqat adolat kuchig’a tayanib, milliy, irqiy, diniy mansubli-gidan qat’i nazar, mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini birdek himoya qila olgandagina bu masala ijobiy hal etiladi. Buni O’zbekiston misolida yaqqol ko’rish mumkin. O’zbekistonda milliy va millatlararo munosabatlarga ana shunday oqilona yondashildi. Natijada mustaqillikning dastlabki yillarida og’ir siyosiy buxronlar, iqtisodiy tangliklar, ma’naviy-ruxdy parokandalik-ning, keskin ijtimoiy-siyosiy larzalarning oldi olindi.

O’tish davrida barcha ziddiyatlarni, qiyinchiliklarni ichki iroda va ichki madaniyat bilan yenga olishga qodir bo’lgan fuqarolarni shakllantirish, ularning g’oyaviy-mafkuraviy birligini ta’minlashga erishish taqozo etiladi. Shuning uchun O’zbekistonda millatlararo munosabatlar davlat siyosatining muhim bo’g’iniga aylandi.

Turli siyosiy buhronlar va iqgisodiy tangliklar mavjud bo’lgan bir paytda char xil qarashdagi odamlarning, diniy munosabatlari va milliy xususiyatlari-dan qat’i nazar, mamlakat fuqarosi sifatidagi yaxlitligini, kundalik turmush ehtiyojlarini ijtimoiy adolat yuzasidan teng ravishda qondirib turish muhim l.hamiyat kasb etadi. Bu, o’z navbatida, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy nslohotlarning butun mohiyat-mazmunini, samarasi va miqyosini belgilaydi. Ayni ana shu jihatlar hisobga olingan taqsirdagina u o’z samarasini beradi. Millat-larni ularning milliy xususiyatlaridan qati nazar, umumiy taqdir va umumiy istiqbol tushunchasi yaqinlashtiradi, birlashtiradi.

Millatlararo munosabatlar - bu ijtimoiy hodisa. Chunki har qaysi millat vakili ijtimoiy barqarorlikdan, ijtimoiy ta’minotdan haqpi ravishda man-faatdor bo’lishga doimiy intiladi. Millatidan qati nazar, har qaysi inson fuqaro sifatida o’z mamlakatidagi barcha imkoniyatlardan, ne’matlardan foyda-lanishga haqli. Ijtimoiy munosabatlar jamiyat yangilanayotgan bir paytda eskicha qarashlar iskanjasidan xalos bo’lishi lozim. Olamni yangicha idrok qilish orqa-li uning mohiyatini anglash jarayonida dunyoqarashlar yaqinligiga, aniqrog’i, dunyo-qarashlar uyg’unligiga erishish o’lkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan hodisadir.

Millatlararo munosabatlar bu ma’naviy-axloqiy hodisa. Chunki millat o’zini anglash, o’zini tiklash jarayonida milliy xudbinlikka yo’l qo’ymasligi kerak. Millat uyg’onish jarayonini boshidan kechirayotgan bir paytda o’z milliy qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’liq holda his qilishi lozim. Ayni ana shu qadriyatlar millatning millat sifatida o’zini anglashidan oldin insonning inson sifatida o’zini anglashini ustun qo’yishiga olib keladi.

Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatiga xos bo’lgan g’oyat e’ti-oorli va ibratli bir fazilat borki, u ham bo’lsa, millatlararo hamkorlik va hamjihatlik masalasiga doimo ustuvor ahamiyat berib kelayotganidir. Bu, o’z navba-tvda, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimiz hayotida o’zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Bunday siyosat Yurtboshimiz uchun faoliyatining dastlabki davridan boshlab xos bo’lganini „O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobidagi hujjatlar tasdiqlaydi.

Davlatning kuch qudrati avvalo, demokratik instito’tlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o’lchanadi fikrlarining mohiyatini ochib berishdir.

Hozirgi kunda jahonda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga bir nazar tashlasak, jamiki davlatlarning oldida bir masala ko’ndalang bo’lib turibdi- mazkur davlatning jo’g’rofiy, siyosiy joylashuvi, yaqin chegaradosh davlatlardagi iqtisodiy, siyosiy holat, iqtisodiy imkoniyatlari, ma’naviy-aqliy imkoniyatlari, milliy mentaliteti, erkinligi-yu ozodligi, xalqning onglilik darajasi va rahbariga, ya’ni yurtboshiga bog’liq omillar.

Endi nazarimizni sobiq ittifoq tarkibidagi hozirgi kunda mustaqillikka erishgan davlatlarning taraqqiyotiga qarataylik. Har qaysisining rivojlanish darajasi, rivojlanish yo’li o’zgacha -bu tabiiy hol. Lekin bu rivojlanishning natijasi-chi? Masalaning mohiyati ham xuddi mana shundadir. Ma’lumki, sobiq ittifoq tarkibidagi barcha davlatlarga bir xil meros qolgan - totalitar tuzum! Totalitar tuzumdan-huquqiy davlatga o’tish - bir zumda amalga oshadigan ish emas, biz o’ylagandan ancha murakkabroq, insondan anchalar aql talab etadigan jarayondir, ya’ni:


  1. Juda murakkab, ko’p qirrali, ayni paytda izchillikni taqozo etadigan ijtimoiy xodisa.

  2. Eng avvalo millat ravnaqini ta’minlash, xurfikrlilik, sog’lom tushunchalar, yuksak siyosiy madaniyat taqozo etadigan jarayon.

  3. Eng muhimi, xalq demokratiyani chuqur tushunishi, uning butun mazmun - mohiyatini anglashi zarur.

Yuqoridagi uch eng muhim vazifalarni jamlab xulosa chiqaradigan bo’lsak, O’zbekistonning bu boradagi siyosati – “yangisini qurmay, eskisini buzmaslik”, islohotlarni “bosqichma- bosqich” amalga oshirish shiori ostida olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I. A. Karimov ushbu masalaga mamlakat va xalq manfaatidan kelib chiqib yondashgan. Bu yo’lda u ma’lum darajada qatiqqo’llik va talabchanlik ham qilgan. Buni “Komsomolskaya Pravda” gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida ochiq-oydin aytgan: “Muholiflarim meni diktator qilib ko’rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman: ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda. Ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligini va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo’lishi zarur. Bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman”.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining ming yillardagi an’analari mustamlakachilik yillarida batamom inkor etilgan edi. O’zbekiston rahbariyati tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning milliy -tarixiy rivojlanishiga, uning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi.

Bu jarayonda ikki vazifa:



  1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;

  2. Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari.

Huquqiy davlatga o’tishning ilk bosqichi - davlat qurilishining kafolati - O’zbekiston Konstitusiyasidir.

O’zbekiston Konstitusiyasida davlat hokimiyatini taqsimlanishida jahondagi ilg’or boshqaruv tajribalari o’rganib chiqildi. Hamda eng asosiysi - milliy davlatchiligimiz an’analariga sodiq qolindi.

Jahondagi turli davlatlarda davlat boshqaruvi shakli turlicha. Masalan, AQShda boshqaruvning prezidentlik - respublika shakli, Buyuk Britaniyada parlamentar-monarxiya, Germaniyada parlamentar -respublika, Fransiyada dualistik -respublika shakllari mavjud.

Nega bunday? Sababi: milliy davlatchilik asoslari, milliy madaniyat, tarixiy qadriyatlar har bir davlat demokratiyasiga, davlat boshqaruviga zamin bo’lishi kerak. Misol uchun, Buyuk Britaniyada monarxiya boshqaruv tizimi saqlab qolingan, hozirgi davrda Kirolicha davlat rahbari, lordlar palatasi milliy davlatchilik an’analaridan meros tarzda saqlab qolingan, yagona sistemalashtirilgan konstitusiya yo’q. AQShda atiga 6 ta moddadan iborat bo’lgan 1787 yilda qabul qilingan Konstitusiya milliy davlatchilik asoslariga sadoqat ramzi sifatida saqlanib qolingan. 26 ta qo’shimcha va o’zgartishlar bilan hozirgi kunda ham amal qilib kelmoqda. Boshqa demokratik davlatlar uchun xos bo’lgan maxsus konstitusion organi yuq. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlatlar ichida faqat AQShdagina Prezident bevosita saylovchilar tomonidan saylab qo’yilmasdan, balki saylovchilarning maxsus qollegiyasi orqali saylanadi. Yaponiyada imperatorga xalqning sadoqati juda kuchli. Imperator hokimiyati daxlsiz va muqaddas deb tan olingan.

O’zbekistonda ham davlat boshqaruvi shakli, hokimiyat vaqolatlarini taqsimlashda xuddi mana shunday milliy an’analarga katta e’tibor berildi.

Endi O’zbekistonda davlat boshqaruvi masalasiga to’xtalsak. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11 moddasi: “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanadi” (O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-Toshkent: O’zbekiston,1992 yil.),-deyiladi. Konstitusiya mazmunidan ko’rinib turibdiki, davlat hokimiyatida vaqolatlar turli davlat organlariga, chunonchi, qonunchilik vaqolatlari Oliy Majlisga, ijro vaqolatlari Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga, sudlov vaqolatlari esa Sud organlariga taqsimlanib berilgan. Davlat boshqaruvida yana islohotlar o’tkazilib, Sud sistemasi yanada isloh qilinmoqda.

Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini isloh qilishning boshlanishi bo’ldi. Prezident davlat hokimiyatining boshlig’i bo’lib, bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini bajaradigan bo’ldi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat, xo’jalik jamiyatning barcha sohalaridan tortib, intizom o’rnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak, Prezident suveren Respublika boshlig’i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat yurgizadi. Bu ayrim g’alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni o’rnatilishi emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli ijroiya hokimiyati bo’lishi kerakligidandir. Aks holda, jilov qo’ldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz to’tishi hech gap emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy islohotlar yoki o’tish davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi.

Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi, hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlanadi va Xalq Depo’tatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Bu organlarga yildan-yilga juda katta imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda. Fuqarolar yig’ini, oqsoqollar kengashi kabi o’z-o’zini boshqarish organlari qadimdan o’zbek milliy davlatchiligining asoslari hisoblanadi.

Huquqiy davlat qurishda har tomonlama kamol topgan kadrlar muhim o’rin to’tadi. Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to’la darajada ta’minlaydigan, qonun ustivor bo’lgan ijtimoiy jamiyatdir. Buning ma’nosi - boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o’zini-o’zi boshqarish organlari rivojlanib boradi.

O’zbekiston Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolar jamiyati sari” siyosiy shiori ostida rivojlanib bormoqda. Fuqarolar jamiyati – bu jamiyatning bir qismi, hokimiyatning davlat organlari va boshqaruvidan tashqari qismi rivojlanib bormoqda deganidir.

Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy yetukligi, ularning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, ularning aktiv faoliyati bilan belgilanadi.

Mamlakatimizning fuqarolik jamiyati qurilishi yo’lidan borayotganligi hozirgi davrda vujudga kelgan siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarining tashkil topganligi va ularning faoliyatida yakqol ko’zga tashlanmoqda.

“Fuqarolik jamiyati, - deb yozadi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, ijtimoiy makon. Bu makonda Qonun ustivor bo’lib, u insonning o’zini-o’zi kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi”.

Keyingi paytlarda Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning aksariyati mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Misol, Sud sistemasini isloh qilish to’g’risidagi qonun loyihasini olib ko’rishimiz mumkin.

Xullas, hokimiyat vaqolatlarini jamoat va nodavlat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o’tkazib borish, ularning haq huquqlari va erkinliklarini kengaytirish fuqarolik jamiyatining ilk qadamlari hisoblanadi.

Ayni shu masalaga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning II-chaqiriq, IX-sessiyasida ham alohida e’tibor qaratib, shunday dedi: “Aynan mustaqillik davrida har tomonlama o’zini oqlagan, tobora hayotimizda ahamiyati kuchayib borayotgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari-mahalla instito’ti, turli jamoat birlashmalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi bizning doimiy e’tiborimizda turishi lozim” (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning II-chaqiriq, IX-sessiyasi materiallari O’zbekiston ovozi.2002 yil 31 avgust.).

Demokratiyani asosiy xususiyatlaridan biri ko’p partiyaviylikdir. Biroq davlat, jamiyatning rivojini mavjud partiyalarning soni bilan belgilash noto’g’ri. Ko’p partiyaviylik tizimini muvaffaqiyati siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda partiyalarning ishtiroki bilan belgilanadi.

Mustaqillik yillari mamlakatimizda bir qator siyosiy partiyalar tashkil topdi:


  1. O’zbekiston XDP (1991yil)

  2. “Adolat” sosial demokratik partiyasi (1995 yil)

  3. O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi (1995yil.)

  4. O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi (2003 yil)

  5. O’zbekiston ekologik harakati partiyasi (2019 yil)

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining Konstitusiyaning 14 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasida so’zlagan ma’ruzasida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o’rniga baho berib jumladan shunday degan edi: “...partiyalar o’zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida qancha +jonlantirib, kengaytirib borsa, xalqimiz va saylovchilarimizning siyosiy ongi va faolligi shuncha yuksalib, ularning islohot va o’zgarishlarga o’tkazadigan ta’siri tobora ortib boraveradi”.

Bu partiya va harakatlarning har biri jamiyatda ma’lum qatlamlarning siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy qarashlarini ifodalab, parlamentda o’z o’rni va ovozlariga egalar.

Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin Kasaba, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar kabi ijtimoiy uyushmalar ham mavjud. Bo’lar orasidan eng ommaviysi kasaba uyushma tarkibida 7,5 mln. a’zosi bor. O’zbekiston hayotida yoshlarning roli beqiyosdir. 1991 yili O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar Farmoni bilan iqtidorli yoshlarni xorijdagi ilg’or oliygohlarda bilim olishlarini ta’minlash va tashkil etish uchun “Umid” jamg’armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Hozir O’zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydilar. Millatlarning huquqlarini amalda tengligini ta’minlash maqsadida 80 dan ortiq milliy markazlar tashkil etilgan. Bo’larning faoliyatini 1993 yili tashkil etilgan Respublika Baynalminal madaniy markazi boshqarib boradi.

Yuqoridagi fikrlarimizni jamlab, O’zbekistonda davlatimiz kunma-kun, bosqichma-bosqich o’z funksiyalarini ana shunday jamoat birlashmalariga o’tkazib bermoqda va fuqarolik jamiyati zaminini shakllantirib bormoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan “Jamoat tashkilotlari to’g’risida” (1991 yil 15 fev.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” (1998 yil 28 apr.), “Kasaba uyushmalari ular faoliyatini huquq va kafolotlari to’g’risida” (1992 yil 2 iyul.), “Siyosiy partiyalar to’g’risida” (1996 yil dek.)gi qonunlar shular jumlasidandir.

Bunday boylikni ahamiyatini anglash uchun Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasidagi general -gubernatori M.Skobelevning:

Hamma yerda - bolalar bog’chalaridan tortib to Oliy o’quv yurtlarigacha, mehnat qollektivlarida, har kuni ommaviy axborot vositalarida ma’naviyat masalasi keng yoritilmoqda?

Bundan rosa bir asr oldin - XX asr boshlarida ham jadidlar ma’naviyat, ma’rifat masalasini kechiktirib bo’lmaydigan eng asosiy vazifa sifatida olg’a surgan edilar.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajagi yo’q” kitobida yuqoridagi fikrlarini rivojlantirib, yana shunday deb yozadi: “Biz xalqning nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”(Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-Toshkent: Sharq, 1998.-B.18).

Demak, biz tariximizdan bexabar bo’lsak, buyuk ajdodlarimiz madaniy merosidan baxramand bo’la olmasak, ma’naviy qadriyatlarimiz bilan tanish bo’lmasak, mustamlaka davridagidek manqurtlarga aylanib qolamiz.

Mashhur rus tarixshunosi V.V. Bartold (1869-1930) bu to’g’rida shunday deb yozgan: “Sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki, biz ularni ular o’zlarining bilishlaridan (bilganlaridan) ko’ra yaxshiroq bilishimizga tan bersinlar.

Haqiqatan ham mustamlakchilik itibdodi, so’ng sho’rolar zamonida qariyib 130 yil davomida biz o’tmishimizdan ayrildik.

E’tibor bering, Qadimgi Rus davlati» IX asrda shakllanganligidan kelib chiqib, imperiyaning boshqa biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur ko’rsatgichdan (IX asr) qadimroq bo’lmasligi kerak edi. Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik tarixi va etnogenezi masalasida ham ko’rish mumkin. Ya’ni, o’zbeklar, ozarbayjonlar, ukrainlar, turkmanlar va boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX-XII asr) ertaroq asrlarga borib taqalishi mumkin emasdi.

Mustaqilligimizni bizga bergan buyuk ne’matlaridan biri - bu qadriyatlarimiz, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma’rosini o’rganish huquqidir.

Bunday huquq sho’rolar davrida yo’q edi (A.Temurni “zolim” dedik, Leninni shaahsi ulug’kashtirildi).

Mana endi bu sohada keng yo’llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.

1991 yil buyuk alloma, g’azal mulkining sultoni A. Navoiy yubileyini o’tkazish katta voqea bo’ldi.

1994 yili M.Ulug’bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzusida yirik anjuman bo’lib o’tdi.

“Biz o’zbeklarni ulug’ bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday, -deb yozadi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov,YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning-to’ylarini o’tkazishdan maqsad nima? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo’lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shganini olam ahliga bildirish edi. Bu zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”.

Ma’naviy merosimizni bir bo’lagi - diniy qadriyatlarga ham alohida e’tibor berildi. 1992 yili Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayiti kunlarini umumxalq bayrami deb e’lon qilindi, “Haj” safarlari tiklandi.

Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri – “Navro’z” - umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.

Mustaqillik yillarida quyidagi yubileylar o’tkazilgi: Imomal-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi. (1998 yil 24 oktabr.), Burhoniddin al-Marg’iloniy tavalludining 910 yilligi, Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi, Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariy tavalludining 920 yilligi, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi. (1999 yil 5 noyabr. Xorazm), Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligi, Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 520 yilligi, Amir Temur tavalludining 660 yilligi. (1996 yil.), Boborahim Mashrab tavalludi. (1992 yil.), Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy tavalludining 190 yilligi. (1997 yil 17 dekabr. Xorazm.), Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li tavalludining 175 yilligi. (1999 yil 18 dekabr. Nukus.), Xorazmda 2001 yili Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ning 2700 yilligi, Fayzulla Xo’jayev tavalludining 100 yilligi, “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi 2005 yil dekabrda nishonlandi.

Respublikamizda har yili A.Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag’ishlanib kechalar o’tkazilmoqda. “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bag’ishlangan kechalar, bahslar tashkil qilindi.

1994 yil ma’naviy qadriyatlarni o’rganish va takomillashtirish borasida «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezident farmoni chiqdi.

1994 yilni “Mirzo Ulug’bek yili”, 1996 yilni “Amir Temur yili”, 1997 yilni “Inson manfaatlari yili”, 1998 yilni “Oila yili”, 1999 yilni “Ayollar yili”, 2000 yilni “Sog’lom avlod yili”, 2001 yilni “Onalar va bolalar yili”, 2002 yilni “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003 yilni “Obod ahalla yili”, 2004 yilni “Mehr-muruvvat yili”, 2005 yilni “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yilni “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 yilni “Ijtimoiy himoya” yili deb e’lon qilinishi yoki 2018-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda inson qadri ulug’lanishini yana bir misoli desak bo’ladi.



Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish