Assalomu alaykum hurmatli tadbir qatnashchilari, aziz mehmonlar!
Mana bugun yurtimizda Hurmatli Yurtboshimiz tomonidan juda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday sohalardan eng muhimlaridan biri bu ta’lim sohasidir! Muhtaram prezidentimiz ham ta’lim sohasi, qolaversa ushbu tizimda mehnat qiladigan fidoiy kasb egalari, ya’ni siz aziz ustozlarni ko’p bor e’trof etmoqdalar. Bunga “– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak” – degan so’zlari ham yaqqol misol bo’la oladi.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari, ustozlar biz Olmazor tuman hokimligi bilan hamkorlikda boshlagan ushbu loyihamiz jamiyatda avallo o’qituvchilarning o’rnini oshirish, maktablarda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash hamda, yoshlarning bilimli, ilmli bo’lishini ta’minlashdek ezgu maqsadlarimiz sari qo’yilgan ilk qadamlar desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Bu gapimning tasdig’I sifatida quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratishingizni so’ragan bo’lar edim.
Dastlabki, 3 kunlik testlarga tumandagi jami maktablardan 2409 nafar maktab o’quvchilarining qatnashganligi test jarayonlariga avval maktabni bitirib ketgan o’quvchilar ham qiziqish bildirganlarining guvohi bo’ldik. Dastlabki kunlarda test jarayonlariga jalb qilingan o’quvchilar o’rtacha 105 % ya’ni kutilganidan ham ko’p o’quvchilar qiziqish bildirib kelganining o’ziyoq, boshlagan loyihamizning naqadar muhum ekanligini ko’rsatmoqda.
O’ylaymanki bu ishlarimiz yana ham jadallik bilan, hamjihat bo’lgan holatda olib boramiz. Bunda biz NTMA jamoasi va shaxsan rahbari sifatida qanday amaliy ishlar bo’lsa barjasini bajarib borishga va’da beramiz. Hamda ushbu jarayonda siz aziz ustozlar, hokimlik vakillaridan ham amaliy ko’mak kutib qolamiz!
Maqsadimiz oliy va biz unga albatta birgalikda erishamiz!
Shu fursatdan foydalanib ushbu loyihani qo’llab-quvvatlagan va barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratib berishda amaliy ko’mak bo’lib kelayotgan hurmatli tumanimiz hokimi Azizxon Sharipxonovich Umarxonovga o’z minnatdrochiligimni bildiraman!
Albatta bu jarayonda hokimiyat vakillari hamda ustozlarimizga ham o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildirgan holda NTMA tomonidan tayyorlangan ushbu sovg’alarni minnatdorchiligimiz ifodasi sifatida qabul qilasiz degan umiddaman!
Barchangizga sog’lik-salomatlik tilab keyingi ishlarimizga ham Alloh barokatlar berishini so’rab qolaman. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |