4-mavzu: O‘zbekistonni o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
Reja:
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng kelajakda qanday yo‘ldan borishi masalasi kun tartibiga qo‘yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Uning dolzarb bo‘lib qolishining bir qator ob’yektiv va sub’yektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning ob’yektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo‘qligi va bo‘lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob’yektiv sababi - ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan har bir davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga kirishi uchun ma’lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo‘ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‘lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi.
Mamlakat Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne’mat bo‘lgan mustaqillik to‘g’risida so‘z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta’rifladi. Shunday ekan, u jamiyat a’zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo‘lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo‘l qo‘yish og’ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas’ullikni o‘z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg’amlikka yo‘l qo‘ya olmaydi, doimo uyg’oq va harakatda bo‘ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo‘lini erkin tanlashda ulkan mas’uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb hisoblasak bo‘ladi.
O‘tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo‘lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o‘ziga xos noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko‘plab mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
Ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston o‘zining milliy mustaqilligini, demokratiyaning uzviy bog’liqligini ta’minlash orqali hal etishi mumkin edi. Bu masalani hal etish jarayonida davlatimizning siyosiy rahbariyati ham ichki, ham tashqi qarshiliklarga duch keldi. Mamlakat tashqarisida, ayniqsa, sobiq markazdagi «siyosatchi karomotchilar» xalqimizning dunyoqarashini zaharlash maqsadida «Sizlar mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar!», «Sizlar mute, qaram millatsiz!», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar bajarasizlar, xolos»52 degan g’arazgo‘y fikrlari ommaviy axborot vositalaridan o‘rin olar edi. Mamlakat ichkarisidagi ayrim alamzada partokratlar «Endi xalq markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» deb xavotirlanishsa, «O‘zbekistonda qanday jamiyat quriladi» kabi savollarga esa har kim o‘zicha javob qilar edi. Prezident I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, «vaziyat shunday darajaga kelgan ediki, mustaqil O‘zbekiston qayta dunyoga kelgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur bo‘ldi...». Bunday sharoitda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, milliy mustaqillik va demokratiyaning umumbashariy tamoyillariga asoslangan o‘z andozasini ishlab chiqish g’oyat dolzarb va tarixiy ahamiyatga ega edi.
Ana shunday ulug’ mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan I.A.Karimov O‘zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o‘zlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi - O‘zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an’analariga tayanishdan iborat bo‘ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
O‘ta murakkab sharoit har bir millatdan ulkan intellektual va ruhiy qudratni talab qiladi. Ushbu vazifa - tarixiy bir amaliyotning uddasidan chiqishni, u ham bo‘lsa demokratiyani jamiyat taraqqiyotining muhim vositalaridan biriga aylantira olish salohiyati bilan bevosita o‘lchanadigan siyosiy faoliyat mezoniga aylanadi.
Qisqa bir tarzda ifodalash joiz bo‘lsa, demokratiyaning insoniyat taraqqiyotiga behisob hissa qo‘shganligi va o‘zining afzalligini har doim isbot qilib kelganligini bugun hech kim inkor qilmaydi. Lekin bu uni shunchaki qanday bo‘lsa, shunday O‘zbekistonga tatbiq etsa bo‘laveradi, degani emas. Aksincha, muammoni muvaffaqiyatli yechish uchun millatning ko‘p ming yillik siyosiy tajribasi, aql-zakovatidan foydalanish zarur. So‘z milliy davlatchiligimiz umrboqiylikka yo‘g’rilishi uchun aholi yoki turmush uchun boshqa qulayliklardan tashqari, o‘ziga xos va mos urf-odat, axloq, qonunlar majmuasi, bosh qomus, ya’ni Konstitutsiya hamda ularga tayanib tuzilgan milliy boshqaruv uslubini batamom yangi sharoitga o‘tkaza olish qobiliyati va amaliyoti haqida bormoqda. Bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, uning boshqa jihati, demokratiyaning yurtimizda ravnaqini ta’minlash uchun, hatto geografik joylashuvi, unga monand holda asrlar osha ajdodlar tomonidan shakllantirilgan xo‘jalik yuritish vositalari va ko‘nikmalari hamda insonlararo aloqalar ham hisobga olinishini taqozo etadi. Mustaqillikning demokratik asoslarini chuqurlashtirish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun O‘zbekiston aynan shu yo‘lni tutdi. Natijada demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan «O‘zbekiston modeli»ga aylandi.
Bu murakkab demokratik o‘tish jarayoni, ya’ni hokimiyatning xalq qo‘liga o‘tishi millatdan, eng avvalo batamom yangi g’oyani qurol qilgan siyosiy rahbariyatdan matonat, sabr-bardosh va qolaversa, siyosiy uddaburonlikni talab qilar edi. Shu nuqtai nazardan, 1990 yilning 20 iyun kuni xalqimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi qabul qilgan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» tarixda unutilmas bir sana bo‘lganligiga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi. Zero, aynan o‘sha kunlarda ko‘pchilik uchun kutilmaganda, milliy davlatchilikning barcha tatributlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda mustaqil O‘zbekistonning xalqaro siyosat sub’yekti sifatida dunyoga kelganligi tantanali ravishda jahon hamjamiyatiga e’lon qilingan edi. To‘g’ri, hududiy daxlsizligi tan olinib kelingan sobiq Ittifoq tarkibida boshqa bir mustaqil davlatning ya’ni O‘zbekistonning vujudga kelishiga nisbatan xalqaro huquq me’yorlari nuqtai nazaridan, o‘sha kezlarda ayrim fikrlar paydo bo‘lgandir. Lekin u boshqa muammo. Ammo ushbu go‘shada asrlar osha istiqomat qilib kelib, uning bir butunligi va mustaqilligi uchun qon to‘kkan son-sanoqsiz ajdodlar va avlodlarning demokratik xohish-irodasi nuqtai nazaridan xalqimizning mutloq hokimiyatni o‘z ixtiyoriga olishi barcha ichki resurslar va tarkibiy qismlarga nisbatan faqat o‘zbekistonliklar suverenitetining o‘rnatilishi to‘la qonuniy, yoki boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, siyosiy-axloqiy legitimlikka ega edi. Holbuki, u yoki bu qonuniy yoki huquqiy akt hech qachon o‘z-o‘zidan kelib chiqmagan. Balki u, ya’ni «Mustaqillik Deklaratsiyasi» birinchi navbatda, xalqning bir necha yuz, hatto ming yillik orzulari, maqsadlari va intilishlari hamda eng muhimi, mashaqqatli kurashining xalqaro siyosiy nuqtai nazardan voqelikka aylanganligini va uning aynan shu xalqqa xizmat qilishini dunyo hamjamiyatiga bildirishning xalqaro e’tirof etilgan ma’rifiy uslubidir.
Sobiq Ittifoq doirasida bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’iy nazar, aynan o‘sha kezlarda suveren O‘zbekistonning tashkil etilganligi milliy davlat qurilishidagi boy tajriba va an’analarga tayangan holda xalqning o‘z taqdiri va kelajagini belgilashdan iborat oliy burchi va huquqi va shuningdek, oliy rahbariyat tomonidan o‘z xalqi kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etganligining isboti edi. Sodir bo‘lgan ulkan demokratik burilishni dunyoning ayrim mintaqalarida ustuvor darajada u yoki bu etnos yoki konfessiya manfaatlariga asoslanib bir guruh siyosatdonlar, amalparastlar xohishi bilan noqonuniy, xavfsizlik nuqtai nazaridan pishib yetilmagan davlat suvereniteti e’lon qilinishi holatiga qiyoslash joiz bo‘lsa, ushbu siyosiy qaror xalqaro hamjamiyat va eng avvalo, O‘zbekiston xalqi tub xohish-irodasining ifodasi ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Ma’lumki, so‘nggi kunlarini boshidan kechirayotgan sobiq Ittifoqning markaziy rahbariyati albatta bunga tish tirnog’i bilan qarshi turdi. Chunki O‘zbekistonning mustaqil davlat, deb e’lon qilinishi aslida Sovet imperiyasining xalqaro huquq nazaridan noqonuniy va haqsizlikka asoslanganligi, ijtimoiy siyosiy va qolaversa, barcha jabhalar bo‘yicha uning keskin zaiflashganligi, imperiyaning janubiy mintaqasida ulkan siyosiy o‘pirilish sodir bo‘lganligidan darak edi. Shu boisdan ham metropoliyaning uni ma’qullashi o‘zining ustidan o‘zi o‘lim hukmini chiqarish bilan barobar edi.
Shu kunlardan e’tiboran O‘zbekistonning barcha masalalarda o‘zini ko‘p jabhalarda mutloq suveren deb his etish qobiliyati tobora ortib borayotgan edi. Islom Karimov boshliq milliy siyosiy rahbariyat davlat suvereniteti shunchaki bir qog’ozda emas, balki begumon amalga oshishi, avvalambor ko‘pmillatli o‘zbekistonliklarning xohish-irodasi ekanligini ro‘y-rost barchaga oshkora e’lon qildi. Va siyosiy amaliyotning ham ana shu asosda olib borila boshlaganligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Markaz tomonidan uyushtirilgan barcha darajalardagi forumlarda o‘zbekistonliklarning milliy mustaqillikka bo‘lgan haq-huquqlarini Islom Karimovning dunyo hamjamiyatiga ro‘y-rost aytganligi va uni qattiq turib himoya qilganligidan hamma xabardor.
«O‘zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o‘ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko‘plab siyosatshunos yetakchi olimlari o‘rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar53. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S. Gafarli, A.G. Kasayev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan.
«KPSS» deb atalmish aslida esa ulkan bir hududni o‘z qo‘lida ushlab turgan partiya-davlat mashinasining so‘nggi s’yezdida (1990 yil iyul) ham Prezidentning masalaga jiddiy e’tibor berganligi O‘zbekistonning mustaqillik e’lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to‘kib solish emas, balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin isboti hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, 1991 yilning 31 avgust kunida O‘zbekiston Respublikasi mutloq mustaqilligining e’lon qilinishini unga qadar amalga oshirilgan o‘ziga xos siyosiy tayyorgarlik, umumxalq safarbarlikning qonuniy natijasi va keng miqyosli demokratik o‘zgarishlar uchun sharoit yaratgan buyuk tarixiy voqea deb qarash to‘g’ri bo‘ladi. Aynan shundan e’tiboran, O‘zbekistonning mustaqilligi, hududimizdagi barcha tarkibiy qismlarda; ya’ni davlat hokimiyatining quyidan yuqorigacha barcha bo‘g’inlari, yer osti va yer usti resurslari, davlat boshqaruvi muassasalarining barcha tarmoqlari, millatning moddiy va intellektual salohiyati va tashqi aloqalarning barcha yo‘nalishlarida tanho hokimligi e’lon qilinganligi amalda to‘la milliy mustaqillikni bildirar edi. Uning xalqaro munosabatlarda sub’yektlar oladi. Endilikda O‘zbekistonga nisbatan dunyodagi barcha davlatlari to‘laqonli mustaqil sub’yekti sifatida va tub manfaatlarining birdan bir rasmiy ifodachisi ekanligini tan olgan o‘zaro samarali munosabatlar o‘rnatishga munosib xalqaro siyosatning mustaqil, daxlsiz sub’yekti sifatida munosabat bildirishlari uchun zarur huquqiy-siyosiy asos yaratildi. Mustaqil davlatimiz g’oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini yaratish hamda uning shakllanishida - sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy Sovetining birinchi sessiyasi) O‘zbekistonda Prezidentlik institutini ta’sis etish to‘g’risidagi qarori bo‘lgan edi. Ma’lumki, o‘sha sessiyada I.A.Karimov O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylangan edi. Mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz milliy g’oyasini, balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashning o‘ziga xos yo‘nalishining boshlanishi ham edi.
Prezidentlik institutining tashkil etilishi uzoq yillar mobaynida Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolarni hal etishning birdan-bir to‘g’ri yechimi edi.
Davlatchilik g’oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishi jarayonlarini prezidentlik institutining ta’sis etilishi haqida batafsil fikr yuritishimizning asosiy sababi - Prezidentlik hokimiyatining manbai xalq ekanligi to‘g’risidagi tarixiy tajribaning O‘zbekistonga mos va zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o‘z isbotini topayotganligi bilan belgilanadi. Shu o‘rinda, «Prezidentlik Respublikasining parlamentar respublikadan asosiy farqi nimadan iborat?» degan tabiiy savol tug’iladi. Birinchidan, Prezident xalq tomonidan muqobillik asosida saylanib, davlat boshlig’i hisoblanadi. Hukumat Prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa, parlament, ya’ni oliy vakillik qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o‘ziga itoat ettiradi.
Ikkinchidan, Prezidentlik hokimiyati siyosati demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etilgan tamoyili bo‘lgan xalqning xohish-irodasini amalga oshirishning kafolatidir. Prezidentlik boshqaruvi hokimiyati insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishni Konstitutsiyaviy qonunlar bilan kafolatlaydi.
Uchinchidan, Prezidentlik boshqaruvi barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonunchilik hamda Konstitutsiyaviy tuzum barpo etishning asosi bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini mamlakat oliy maqsadlari yo‘lida muvofiqlashtiradi55.
To‘rtinchidan, Prezidentlik boshqaruvining asosiy tamoyili o‘zi boshqarayotgan davlatning dunyo davlatlari orasida teng huquqliligini, milliy manfaatlar ustuvorligi, respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolatlangan Konstitutsiya normalari va qonunlarining to‘g’ri va qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi va boshqaradi.
Umuman, mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi milliy davlatchiligimizni shakllantirishdagi qarashlarimizning ma’no va mazmunini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Buning isbotini Prezidentimizning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy yetakchi bo‘lib qolayotganligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.
O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li bo‘lgan «O‘zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda.
Umuman, «O‘zbek modeli» O‘zbekistonning o‘ziga xos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li bo‘lib, bu yo‘l mamlakatimizning tarixiy - milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo‘naltirilgan, islohotlarning har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturi-amaldir.
Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fukarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor isloxotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustaxkamlash yo‘lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zining «Bizning bosh maksadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isox etishdir» deb nomlangan asarida quyidagi fikrlarni ifoda etgan, - «Mamlakatimizni rivojlantirish strategiasi xaqida gapirganda, shuni aloxida ta’kidlashni istardimki, «boshqariladigan iqtisod» yoki «boshqariladigan demokratiya» deb atalmish modellar bizga mutlaqo to‘g’ri kelmaydi. Albatta, biz, avvalgidek. Davlat va jamiyatni islox etish xamda modernizatsiya qilishda O‘zbek modelining muxim tarkibiy qismi bo‘lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan bnyon xam qat’iy amal qilamiz64.
«0‘zbek modeli»ning milliy, bektakror jihatlari ham borki, ular faqat bizning mamlakatimizdagi milliy-tarixiy rivojlanish va mustaqillik davridagi tajribalar asosida yuzaga keldi.
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida «0‘zbek modeli» asosida o‘z iqtisodiyotini hali hech bir MDH davlatlarida ro‘y bermagan yuksak taraqqiyotga erishishini ta’minlay oldi. Hattoki, Sharqiy Yevropa mamlakatlari ham O‘zbekistondagi islohotlar darajasidan ancha ortda qoldi. Qisqa davr ichida oldingi davrdagi paxta xomashyosiga bog'liq bo‘lib qolishga barham berildi, daromadlar taqsimoti yuksak darajadagi bab-baravarlikka erishdi, davlat budjeti hattoki inqirozlar davrida ham profitsitni saqlab qolish salohiyatiga erishdi75. 2012-yilga kelib yalpi ichki mahsulot (YalM) o‘tish davrigacha bo‘lgan — 1989-yilga nisbatan 200 foizni tashkil etdi. Bu MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari ichida eng yuksak ko‘rsatkich sifatida o‘zini namoyon qildi.
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi ham O‘zbekistonga salbiy ta’sir eta olmadi. Bu paytdan boshlab Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ishlab chiqarish 15—20 %, Armaniston, Vengriya, Moldova, Rossiya, Sloveniya, Ukraina kabi mamlakatlarda esa 8—15 %ga kamaygani holda yiliga 8—8,3 % o‘sish kuzatilmoqda.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston o‘z iqtisodiyoti tuzilmalarini tubdan o‘zgartirdi, paxta yakkahokimligiga barham berildi, oziq-ovqat va energetika mustaqilligiga erishdi, iqtisodiyotni diversifikatsiyalay oldi.
Hukumatning moliyaviy siyosati ham mustahkamligi bilan ajralib turadi. 2013-yil yakunlariga ko‘ra tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi76. 2000-yilda _YaIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2013-yilga kelib 24,2 foizga yetdi. Kichik biznes korxonalarining soni 190 mingtaga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimiz YalMning 55.8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarildi. Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi. Jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kela boshladi. Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foi/dan iborat bo‘ldi77.
Rivojlanishning «O‘zbek modeli»ning muhim jihatlaridan biri uning eksportga yo‘naltirilgan mollar ishlab chiqarishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganligidir. Shuning uchun ham eksportni rag'batlantirish yoiini tutish nafaqat mamlakatda xorijiy texnologiyalarni kirib kelishini ko‘paytirishga, balki iqtisodiyotni rivojlanishiga ham sezilarli ta’sir eta boshladi.
Shu borada Prezidentimiz vakolatlarni taqsimlanishiga ham alohida e’tibor qaratdi.
Prezident vakolatlarining bir qismini Parlamentning yuqori palatasi - Senatga va hukumatga o‘azish, professional, doimiy asosda ishlaydigan quyi - qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqularini kengaytirish;
Ikkinchidik, Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va shu bilan birga , mas’uliyatini kuchaytirish;
Uchinchidan, sud hokimiyatining mastaqilligi va erkinligini mustahkamlashga qaratilgan aniq, qonuniy chora-tadbirlarni amalga oshirish65.
80-yillarning oxirlariga kelib O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurash tarixida yangi davr boshlandi. Bu erda qayta qurish, oshkoralik, demokratiya uchun kurash jarayonida turli xil ommaviy tashkilotlar, xalq harakatlari, guruhlar vujudga keldi.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti 12-chaqiriq II – sessiyasi «Respublikaning Mustaqilligi to‘g’risida»gi Deklarasiyasini qabul qildi.
Davlat mustaqilligi asoslari to‘g’risidagi qonun qabul qilingandan keyin esa O‘zbekiston Respublikasi to‘g’ridan-to‘g’ri xalqaro munosabatlar miqyosiga chiqa boshladi.
1991 yil sentyabridan boshlab bir qancha davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha shartnoma va bitimlar imzolanadi. Turkiya, Pokiston, Islom Respublikasi, Vengriya, GFR, Fransiya, Polsha, AQSH, XXR, Koreya Respublikasi, MDH mamlakatlari, BMT, OBSE, ES va boshqa ko‘plab mamlakat, tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |