Neft va gaz sanoatining rivojlanishi. Mamlakat mustaqillik davriga kirishi bilan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida chuqur o‘zgarishlar davri boshlandi. Respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar neft va gaz sanoatini ham o‘ziga qamrab oldi. Chunki, neft sanoati respublika iqtisodiyotining ajralmas tarmog'i bo‘lganligi uchun ham iqtisodiy islohotlaming umumiy jarayonidan ajralib qololmas edi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov bu sohadagi eng asosiy maqsadni quyidagicha ifodalagan edi: «Yurtimizda yoqilg'i-energetika va g'alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi».
Bu sohada asosiy e’tibor har biri alohida tarqoq bo‘lgan neft, gaz, neflni qayta ishlash va u bilan bog'liq boshqa sohalarning faoliyatini uyg'un ravishda muvofiqlashtirish maqsadlarida quduqlarni qazishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan har bir jarayorming faoliyatini bog‘lab turuvchi uzluksiz halqalardan iborat bo‘lgan yagona ishlab chiqarish majmuyiga birlashtirishni talab qilayotgan edi. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari va tegishli qonunlar bilan muvaffaqiyatli hal qilindi.
Bu sohadagi institutsional o‘zgarishlarning asosiy maqsadi — mamlakat neft va gaz sanoatini bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashtirishdan iborat bo‘lib, mazkur tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratildi.
Mamlakat Prezidenti Islom Karimov — tashabbusi va sa’y-harakati bilan 1997-yilda ilg'or jahon andozalari talablariga javob bera oladigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi nafaqat yoqilg'i, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida neft va gaz sanoati tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va ularni o‘ziga xos usulda xususiylashtirish ishlari amalga oshirilishiga hamohang tarzda davlat hissadorlik jamiyatlari, hissadorlik kompaniyalari tashkil qilindi, bu sohada yangi mulkchilik shakllari — xususiy, jamoa va davlat mulklari shakllandi. Bu sohani rivojlanishiga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida demokratik tamoyillar asosidagi huquqiy asoslar ham takomillashtirib borildi. Hozirgi davrga kelib «O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi eng yirik ko‘p tarmoqli sanoat majmuasiga aylandi. Kompaniya keyingi yillarda yirik hajmdagi qidiruv ishlari, qazib olish, neft va gaz realizatsiyasi hamda ularni qayta ishlash mahsulotlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi barpo etadigan va boshqa shu kabi qator ijtimoiy rivojlanish obyektlarini qurishga erishdi173.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga doir islohotlar davrida «O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasining tashqi va xalqaro aloqalari kengaydi. Ayniqsa, uning rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligi yildan yilga oshib bormoqda. Rossiya, Ukraina, Tojikiston, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar bilan neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz eksporti bo‘yicha savdo aloqalari o‘sib bormoqda. Shuningdek, 2003 yildan boshlab, Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiyaga polietilen va oltingugurt eksport qilish aloqalari boshlandi. Shuningdek, kompaniyaning moliyaviy maslahatchi — «BNP-Pariba» (Fransiya) banki bilan hamkorligi ham o‘sib bormoqda. ISO-9001 mah- sulotlarining xalqaro andozalariga mos keladigan «O‘zneftegazmash» hissadorlik kompaniyasining eksport qilish quwati oshib bormoqda.
Uning xorijiy kompaniyalar - «Xarrikeyn oyl prodakt» (Kanada), «Axema» (Latviya), «Teknip» (Fransiya), «Bentek» (Germaniya) bilan o‘zaro aloqalari rivojlanib bormoqda. 1997 yildan boshlab «Dresser-Rend» agregat kompaniyasi, «Kellog» (AQSh) va «Nisho-Ivai» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlik hamda investitsiyalarini jalb etishga doir faoliyatlari boshlandi. Mamlakat aholisini qish mavsumida gaz bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 1999-yildan boshlab «VSI Indastriez» (AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda «Dresser- Rend» kompressorlarini qo’llash asosida Xo‘jaobod yerosti gaz zaxirasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Teknip» (Fransiya), «Marubeni», «Djey Dji-Si» (Yaponiya) kompaniyalari bilan qator hamkorlik faoliyatlari amalga oshirildi.
Mamlakatda neft mahsulotlari ishlab chiqarish sifatini yaxshilash borasida 2001-yilda Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi qayta qurilishining birinchi bosqichi «Mitsui» va «Toyo injiniring» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘z yakuniga yetdi. Bu loyihani moliyalashtirishda Yevropa Tiklanish va Rivojlanish Banki ham o‘z investitsiyalari bilan ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik hisoblangan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining qurilishi esa «ABB Lummuus Glabal» (AQSh) kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshdi. Konsorsium tarkibida «Mitsui», «Toyo injinering», «Nisho-Ivai» (Yaponiya) va «ABB Soimi» (Italiya) kabi kompaniya va boshqa tashkilotlar ishtirok etib, 2001. yil dekabrida mazkur majmuaning xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2004-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan «Lukoyl» OAJ o‘rtasida Kandim guruhi, Xauzak va Shodi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha MTK (mahsulot taqsimoti bo‘yicha kelishuv) hamda Ustyurt mintaqasida geologiya-razvedka ishlarini olib borish to‘g'risida kelishuv imzolandi. Loyiha bo‘yicha gaz qazib chiqarishning yillik hajmi 8,8 mlrd. kub. metrgacha yetkazish mo‘ljallangan. Loyihani amalga oshirish natijasida qo‘shimcha 7000 ta ishchi o‘rinlari barpo etilishi, ajratiladigan investitsiyalar miqdori taxminan 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etishi kelishildi. MTKning amal qilish muddati esa 35 yilga belgilandi. U 2004- yil 24-noyabridan boshlab kuchga kirdi.
0‘zbekiston energetikasining xomashyo bazasi 190 dan ortiq tabiiy gaz, neft, gaz kondensati, ko‘mir konlaridan iborat bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 2,1 — 5,7 mlrd. tonna (neft ekvivalenti bo‘yicha) hajmda baholanmoqda. Tabiiy gaz zaxirasi esa 1,8 — 2 trln. kubometr hajmda ekanligi hisoblangan. Mamlakat MDH davlatlari ichida tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.
Hozirgi davrga kelib O‘zbekistonda yoqilg'i-energetika kompleksi (YoEK) sohasida innovatsiyaviy texnologiyalarni rivojlantirishda va boshqa sohalardagi hamkorlik faoliyatida 12 ta xorijiy kompaniyalar ishtirok etgan. Ularning ichida eng yiriklari sifatida «Lukoyl» va «Gazprom» (Rossiya), Neft va gazni qidirish va qazish bo‘yicha Xitoy milliy korporatsiyasi (CNODC), Malayziya «Petronas Carigali Overseas Sdn. Bhd.» kompaniyasi, CNPC Silk Road Group LLC (XXR) va Janubiy Koreyaning neftgaz kompaniyasi (KNOC) kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bu kompaniyalarning faoliyati natijasida 43 ta izlash va qidirish quduqlari buig'ilandi, 12 ta yirik uglevodorod koni ochildi. Natijada zaxiralarni o‘sish hissasi 30 foizni tashkil eta boshladi. Albatta, bunday katta rivojlanishlarga asosan zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish natijasida erishildi.
Shuningdek, mamlakatda uglevodorodlar zaxiralari o‘sish sur’atlarini oshirish maqsadida «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sohasini 2020-yilgacha rivojlantirish» Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Kompaniya ma’lumotlariga binoan hozirgi davrda mamlakatimiz hududida 232 ta gaz va neft koni aniqlangan. Ulardan 103 tasida qazish ishlari ketmoqda, qolganlari esa kelgusi avlodlar uchun konservatsiya qilingan yoki o‘z qidiruv bosqichini davom ettirmoqda. Hozirgi davrgacha qidiruv natijasida o‘rganilgan uglevodorod zaxiralari respublikada tabiiy gaz qazib olishni 32 yil, neft va kondensatni esa 33 yil davom etishini ta’minlay oladi174.
Hozirgi davrda Surgil konlarida Ustyurt GXK qurish loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda. U ishga tushgach, Markaziy Osiyoda birinchi marta yiliga 100 ming tonna polipropilen mahsuloti, yana 400 ming tonna polietilen ishlab chiqara boshlaydi. Bu «O‘zbekneftgaz» MXK va Janubiy Koreya kompaniyalari Konsorsiumi bilan hamkorlikdagi loyiha asosida qurilmoqda.
Neft va gaz sanoati sohasida innovatsiyalarni keng qo‘llash najtijasida O‘zbekiston MDH va Yevropa hududida tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan birinchi mamlakat sifatida tanildi. «O‘zbekneftgaz» MXK Malayziyaning «PETRONAS» kompaniyasi va Janubiy Afrikaning «SASOL» Kompaniyasi hamkorlikdagi loyiha asosida GTL (gazni suyultirish) texnologiyasi litsenziyasini olishga erishdi. Bu loyiha asosida quriladigan zavod yiliga umumiy hajmda 1,4 mln tonna tabiiy gazni dizel yoqilg'isiga, aviakerosinga va suyultirilgan gazga aylantirib, qaytadan ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi davrga kelib O‘zbekiston hududida beshta neft va gaz ishlab chiqaruvchi (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxondaryo, Hisor va Farg'ona) hamda uchta istiqbolli (Xorazm, O‘rta Sirdaryo va Zarafshon) mintaqalar mavjuddir. Rasmiy ma’lumotlarga binoan 2013-yil holati bo‘yicha O‘zbekistonda 243 ta neft va gaz konlari ochilgan. Jumladan, 1991 —2012-yillarda 110 ta kon ochilgan. 243 ta uglevodorod xomashyosi konidan 194 tasi erkin gaz qatlamlari, 121 tasi neft va 157 tasi kondensat olinadigan konlar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda mustaqillikning o‘tgan 29 yili ichida zamonaviy yoqilg'i-energetika kompleksi shakllanib, u rivojlangan va yuz yillab neft hamda gaz ishlab chiqarayotgan mamlakatlar darajasidan ham oldinga o‘tib ketdi. Qisqa davr ichida mamlakatdagi boy energetika resurslari zamonaviy texnologiyalar asosida o‘zlashtirilib, ular mamlakat milliy boyligini asosiy qismi sifatida o‘zini namoyon qildi.
Mustaqillik bizga o‘z milliy davlatimizga ega bo‘lish, milliy erkinlik, millatni rivojlanish va yuksalish, milliy qadriyatlarimizga ega bo‘lish huquqlarimizni tiklab olishimizdan tashqari bizga yana o‘z milliy resurslarimiz va boyliklarimizga egalik qilish huquqini ham berdi. Mustaqillik davrida mamlakatning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy salohiyati ham mislsiz darajada yuksaldi, balki mamlakat rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida qo‘yilgan muhim vazifa — mamlakatda gaz va neft sanoatini rivojlangan mamlakatlar darajasida yuksaltirishga doir islohotlar o‘z natija va samaralarini bera boshladi. Albatta, bu ulkan muvaffaqiyatlar va yutuqlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojiga doir siyosatni to‘g'ri va adolat tamoyillari asosida amalga oshirganligimiz sharofatidir. Mashaqqatlarni bartaraf etib o‘tgan har bir yilimiz yuz yilliklarga teng ekanligini ana shu bir sohadagi yuksalishlarning o‘zi isbotlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |