O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020



Download 3,35 Mb.
bet28/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

Uchinchidan, sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari etib belgilandi. Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashhari) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida yagona soliq to‘lovidan ozod etildi.

4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:

Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxt­­li yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.

2017-2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turar joy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 ming­­ga yaqin kvartirali, arzon, ko‘p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-yilda xuddi shunday ko‘p kvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat ­metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlarning ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi.

Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suv bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus “Toza suv” fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.

Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi. Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir yo‘l liniyalari qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish