O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020


O‘zbekistonning eng yangi tarixi deb nomlanadigan davr 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston respublikasini mustaqillikka erishuvi bilan boshlanadi



Download 3,35 Mb.
bet2/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

O‘zbekistonning eng yangi tarixi deb nomlanadigan davr 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston respublikasini mustaqillikka erishuvi bilan boshlanadi. Bu davrda o‘zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borib, qisqa fursatda asrlarga tatigulik yillar deb atalayotgan sharafli davrni bosib o‘tdi va O‘zbekiston jaqon miqyosida o‘z o‘rnini topdi. Mustaqillik tushunchasi azal-azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o‘zida mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji si­fatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jiqatdan o‘zini erkin xis qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash bo‘lgan hurriyatga intilish xodisalarini ko‘p ko‘rgan.

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko‘rilmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, kommunistik mafkura deb atalmish zo‘ravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Jaqonga, yer yuziga hokimi mutloqlikni da'vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham tarqab ketdi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma'nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar. Mustaqillikka erishish g`oyasi xalqimizga azaldan meros, shu maqsad xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qa'ridan bizgacha yetib kelmoqda.

Ma'lumki mustaqillik tenglik sari qo‘yilgan muhim qadam. Chunki, tenglik bo‘lmagan joyda kimdir kimgadir tobe bo‘ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o‘zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo‘ladi. Natijada xalqimiz so‘nggi bir yarim asr mobaynida boshidan o‘tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» so‘zining qudrati shundaki, u odamlarning o‘zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me'yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki ortiqcha ta'zim-tavozega chek qo‘yadi.

Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqozo etadigan to‘siqlar va zo‘ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jaqon taraqqiyotining ilg`or tajribalari asosida o‘z ravnaqining o‘ziga xos tamoyil­larini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o‘zaro hamkorlikning yangi, sifat jiqatidan yuqori bo‘lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o‘zaro hamjiqatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o‘z qobig`ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning ana shu hayot tajribasidan o‘tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo‘lib qolaveradi. Chunki, u doimiy ravishda rivojlanib, o‘z-o‘zini boyitib, takomillashtirib, ong va tafakkurni o‘stirib boradigan voqelikdir. Mustaqillik–tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini taqozo etadigan xodisa. Bu ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil mamlakatlar, xususan O‘zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish