Uchinchidan, Mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar, ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tish, tarixda birinchi marta xususiy mulkchilikning qonunlashtirilishi, jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lgan—kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, o‘rta mulkdorlar ijtimoiy qatlamining shakllanishi, qisqa davr ichida-fermerlar va tadbirkorlar sinfini shakllantirish, mamlakatni jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozidan olib chiqish, obodonchilik, sanoatni yuqori bosqichga ko‘tarish, xalqimizning milliy, madaniy-ma’naviy tiklanishi, yangilanish talablariga javob beradigan aqloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, O‘zbekistonning jahon integratsiyasiga kirib borishi, davlatimizning milliy manfaatlariga va teng huquqli munosabatlarga asoslangan tashqi siyosatini rivojlantirishni yana bir omil sifatida ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini maqsadlari ham ana shu maqsad va omillardan kelib chiqadi.
O‘zbekistonning yangi tarixi fanining asosiy vazifasi mustaqillik davrida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy jarayonlarni kompleks taqlil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, tarbiyaviy bilimlarni shakllantirish, zamonaviy tarixiy jarayonlarni oldindan ko‘ra bilishdan iborat.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanida ham tarixiy voqealarni o‘rganish qanday ilmiy-nazariy metodologik asoslarga tayanishining ahamiyati juda katta. Jumladan tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir. Inson hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‘ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog’lanishda , uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakatda yuz beradigan voqelikni jahonda yuz berayotgan voqeliklar bilan bog’liq holda o‘rganishni taqozo etadi. Negaki har qanday xalq tarixda milliylik, o‘ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon mamlakatlari xalqlari, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir.
O‘zbekiston ham avvalo, O‘rta Osiyo mamlakatlari, qolaversa, bashariyat bilan chambarchas bog’langan. Shu sababli O‘zbekistonning eng yangi tarixini qo‘shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o‘rganish taqozo etiladi. Boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O‘zbekistonning eng yangi tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o‘rganishga imkon yaratiladi, ko‘maklashadi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil etish va yoritishda xolisona, haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog’liq bo‘lgan barcha faktlarning, hech bir istisnosiz, butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘zaro aloqada va munosabatda, deb tekshirish lozim.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o‘z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o‘rganishni taqozo etadi.
Voqea, hodisalarni o‘rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab o‘rgangandagina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‘rnini to‘g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo‘lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo‘lganligini, bu hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o‘tganligini, keyinchalik u qanday bo‘lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Tarixiylik metodologiyasi xalqning o‘tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, o‘tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo‘ldan borar ekan, istiqbolda porloq hayot qurmoqchi bo‘lgan avlod O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani orqali hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunadi, kelajakni to‘g’ri tasavvur eta oladi.
Tarixiy jarayonni o‘rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo‘lib, u tarixni soxtalashtiradi, to‘g’ri xulosaga olib kelmaydi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalarning tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatni u yoki bu yo‘ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytganda, dialektik ilmiylik, xolislik, tarixiylik ijtimoiy yondashuv metodlari O‘zbekistonning eng yangi tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi.
Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rni kattadir. Komil inson tushunchasiga yurtboshimiz shunday ta’rif beradilar: “Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi, u har bir narsani aql-mantiq tarozisiga solib ko‘radi, o‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq, asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi”. Mamlakatda komil insonni tarbiyalashda yoshlarning huquq va manfaatlarini qimoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun xujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy qujjatlar ratifikatsiya qilingan. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatdagi yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog`liq. Shu ma'noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi1. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog`liq. Bizning asosiy vazifamiz–yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat2. Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida yoshlar huquqlari to‘qrisidagi BMT konventsiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati–2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘qrisida»gi qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog`i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat'iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohatlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg`ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
Alohida ta'kidlash joiz, «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi»da ham bu masala aloqida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini qimoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |