Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish pirovard maqsad sifatida e'lon qilinishi, unga doir ulug‘vor konsepsiyalar amalga oshirilishi natijasida mamlakat qiyofasining tubdan o‘zgarishi, rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan rivojlanish odimlarining ro‘y berishi, fuqarolar dunyoqarashida demokratik qadriyatlarning joy ola boshlashi, yangidan yangi fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi, milliy parlament va ijroiya hokimiyatining demokratik prinsiplar asosida faoliyat yurita boshlashi O‘zbekistonda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum qaror topganligini ifodalay boshladi. Davlatimiz Prezidentlik Respublikasiga aylandi. «Kuchli davlatdan—kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida «O‘zbek modeli»ga muvofiq ro‘y bergan bu o‘zgarishlarning nazariy va amaliy jihatlarini ikkinchi bir omil sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |