Nazoratsavollari Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyatini tavsiflang.
Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadini qanday izohlaysiz?
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalarini sanab va har birini tavsiflang.
Korporativ boshqaruv ishtirokchilarini guruhlang.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejmentning umumiy va farqli jihatlarini izohlang.
Turli xalqaro tashkilotlar tomonidan keltirilgan korporativ boshqaruv prinsiplarining umumiy va farqli jihatlarini izohlang.
Sizningcha, O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning qaysi prinsiplariga mukammal darajada amal qilinadi?
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari qaysi qonunchilik hujjatlarida belgilangan?
Rivojlangan mamlakatlarda korporativ boshqaruv kodeksining qo‘llanish xususiyatlari.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv kodeksining qo‘llanish xususiyatlari.
Testlar
Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
amaldagi huquqiy me’yorlarga asoslanib, boshqaruvning ma’lum bir prinsiplari asosida korporativ tuzilmalarda muntazam foydaga erishish uchun amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyati;
kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borish orqali aksiyadorlar daromadligini aniqlash;
aksiyadorlar mulki ustidan nazoratni amalga oshirib, kapital tarkii teng taqsimlanishiga qaratilgan boshqaruv faoliyati;
aksiyadorlik jamiyatlaridan erishilgan foydani mulkdorlar va menejerlar o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan faoliyat.
Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi qaysi javobda keltirilgan?
kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borish orqali aksiyadorlar daromadligini ta’minlash;
korporativ tuzilmada xarajatlarning maqsadli yo‘naltirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
boshqaruvning xalqaro talab va standartlariga muvofiqligini ta’minlash;
aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda davlat tomonidan boshqaruv sifatini oshirish.
Qaysi javobda korporativ boshqaruv ob’ekti to‘g‘ri berilgan?
korporativ munosabatlar;
korporativ prinsiplar;
korporativ ishtirokchilar;
aksiyadorlik jamiyati zararlarini taqsimlash.
Korporativ boshqaruv sub’ektlari qaysi javobda keltirilgan?
aksiyadorlik jamiyatlari, aksiyadorlar, menejerlar, davlat, kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar;
qimmatli qog‘ozlar bozori, fond bozori, qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;
barcha korporativ munosabatlarga nisbatan korporativ boshqaruv sub’ektlari sifatida qaraladi;
korporativ boshqaruv amaliyotida alohida sub’ektlar mavjud emas;
Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishni kimlarning zimmasiga yuklaydi?
shartnoma asosida menejerlarga;
imtiyozli aksiyalar egalariga;
ichki nazorat organlariga;
ish yurituvchilarga.
Aksiyadorlik jamiyati va xodim-aksiyador o‘rtasidagi korporativ munosabatlar ko‘lami qaysi javobda to‘liq berilgan?
mehnat shartnomasi asosidagi hamda mulkdorlik nuqtai nazaridan munosabatlar;
mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan majburiyatlar yuzasidan munosabatlar;
aksiyadorlik jamiyati va xodim-aksiyador o‘rtasida alohida korporativ munosabatlar tizimi yuzaga kelmaydi;
egalik qilib turgan ulushi asosida yuzaga keladigan munosabatlar.
Aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatida professional menejmentga qachondan boshlab alohida e’tibor qaratila boshlangan?
XX asrdan;
xalqaro amaliyotda korporativ boshqaruv prinsiplari qabul qilinmagan, O‘zbekistonda mustaqillik va liberallik prinsiplari mavjud.
Korporativ boshqaruvning qaysi prinsipi aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorning ulushidan qat’iy nazar, bir xil munosabatda bo‘lish, minoritar aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash lozimligini nazarda tutadi?
adolatlilik prinsipi;
hisobdorlik prinsipi;
shaffoflik prinsipi;
oshkoralik prinsipi.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblangan eng asosiy qonunchilik hujjatini ko‘rsating.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun;
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun;
Korporativ boshqaruv kodeksi;
Soliq kodeksi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun.
Rivojlangan davlatlarda qo‘llaniladigan Korporativ boshqaruv kodeksi qanday hujjat hisoblanadi?
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinib, aksiyadorlik jamiyatida rioya qilinishi majburiy hisoblangan hujjat;
davlat qonun chiqaruvchi hokimiyati tomonidan qabul qilinib, barcha rioya qilishi majburiy bo‘lgan hujjat;
jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinib, barcha rioya qilishi majburiy bo‘lgan hujjat;
Jahon banki tomonidan qabul qilinib, barcha davlatlardagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan rioya qilinishi majburiy hujjat.
O‘zbekistonda Korporativ boshqaruv kodeksi qaysi holatda majburiy hujjat hisoblanadi?
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangach, tegishli aksiyadorlik jamiyatida;
korporativ boshqaruv kodeksi har qanday holatda majburiy amal qilinishi lozim bo‘lgan hujjat hisoblanadi;
aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangach, ijroiya organi amal qilishi majburiy hisoblanadi;
ijroiya organi tomonidan tasdiqlangach, barcha xodimlar tomonidan rioya qilinishi majburiy hisoblanadi.